7–BOB
Sulaymonning saroyi
1 Sulaymon oʻziga ham saroy qurdi. U oʻz saroyini oʻn uch yilda qurib bitkazdi.
2 U dastlab saroydagi “Lubnon oʻrmoni” degan uyni qurdi. Uyning uzunligi 100 tirsak , kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak boʻlib, sadr yogʻochidan toʻrt qator ustun oʻrnatilgan, ustunlar tepasiga sadr yogʻochidan qilingan toʻsinlar tashlangan edi. 3 Uyning tomi sadr yogʻochi bilan qoplangan edi. Toʻsinlar qirq beshta boʻlib, har qatorda oʻn beshtadan edi. 4 Yon devorlardagi derazalar uch qator boʻlib, bir–biriga roʻparama–roʻpara edi. 5 Hamma eshiklar va eshiklar kesakisi toʻrt burchakli qilib yasalgan, yon devorlarda uchtadan eshik boʻlib, bir–biriga roʻparama–roʻpara edi.
6 Sulaymon saroyning “Ustunli koshona”sini ham qurdi. Koshonaning boʻyi 50 tirsak, eni 30 tirsak edi. Koshonaning old tomonida ayvon qurdirib, ustun bilan tiradi. Ayvonning tomi yopilgan edi. 7 Yana saroyning taxt turadigan koshonasini qurdirib, tepasidan pastiga qadar sadr yogʻochi bilan qoplatdi. Sulaymon bu koshonada oʻtirib, hukm chiqarardi.
8 Bu koshonaning orqa tomonidagi hovlida Sulaymon yashaydigan uy bor edi. Bu uy ham ayni shu tarzda qurilgan edi. Sulaymon xotini — firʼavnning qizi uchun ham xuddi shu koshona kabi bir uy qurib berdi.
9 Binolar poydevoridan tomigacha marmar toshlardan qilingan edi. Marmar toshlarning old va orqa tomoni arralab taroshlangan, belgilangan oʻlchovga koʻra tayyorlangan edi. Hovlining devorlari ham shu tarzda qurilgan edi. 10 Poydevorning marmar toshlari yirik, 8 tirsakli, 10 tirsakli edi. 11 Devori ham marmar toshlardan qurilgan edi. Toshlar belgilangan oʻlchovga koʻra, tayyorlanib, taroshlangan edi. Devor qurilishida sadr yogʻochidan ham foydalanildi. 12 Katta hovlining chor atrofi devor bilan oʻralgan boʻlib, uch qator taroshlangan tosh va bir qator sadr yogʻochidan qilingan edi. Egamiz uyining ichki hovlisi bilan ayvonining devorlari ham shunday qilingan edi.
Usta Xurom
13 Shoh Sulaymon Tir shahridan Xurom degan bir odamni chaqirtirib keldi. 14 U Naftali qabilasidan bir beva ayolning oʻgʻli edi. Otasi Tir shahridan boʻlib, misgar oʻtgan edi. Xurom bor isteʼdodi, mahorati va aqlini ishga solib, bronzadan turli buyumlar yasashni oʻrganib olgan edi. U Sulaymon huzuriga kelgach, hamma ishlarni bajarib berdi.
Bronzadan yasalgan ikkita ustun
15 Xurom bronzadan ikkita ustun yasadi, har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak chiqardi. 16 Bronzani eritib yana ikkita ustunqosh yasadi, bu ustunqoshlar ustunlarning tepasiga qoʻyish uchun kerak edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsak edi. 17 Ustunqoshlarning har biri yettita toʻrsimon bezaklaru toʻqilgan zanjirlar bilan bezatilgan edi. 18 Ustunqoshlarni qoplash uchun har bir toʻrsimon naqsh atrofidan aylanasiga ikki qator qilib anor tasviri solingan edi.
19 Har bir ustunning ikkinchi ustunqoshi ham bor edi. Ularning balandligi 4 tirsak boʻlib, lolagul shaklida edi. 20 Ustunqoshning boʻrtiq joylariga toʻrsimon bezaklar solingan boʻlib, bezaklarning tepasi va pastiga aylantirib, 200 ta anor tasviri solingan edi. 21 Xurom ustunlarni uyning ayvoniga oʻrnatdi: janub tomoniga oʻrnatilgan ustunga Yoxin deb, shimol tomoniga oʻrnatilgan ustunga Boʻaz deb nom berdi. 22 Ustunlarning tepasi lolagul shaklida edi. Shunday qilib, ustunlar tayyor boʻldi.
Bronzadan yasalgan hovuz
23 Keyin Xurom bronzani eritib dumaloq shaklda hovuz yasadi. Hovuzning bir qirgʻogʻidan narigi qirgʻogʻigacha 10 tirsak, balandligi esa 5 tirsak edi. Aylanasi 30 tirsak edi. 24 Hovuzning tashqi tomonida, qirgʻogʻi ostida aylanasiga ikki qator qovoqsimon boʻrtiq bor edi. Har bir tirsak masofada oʻntadan shunday shakl qilingan edi. Bronza eritilib, hovuz yasalayotgan paytda, bu qovoqsimon boʻrtiqlar ham qilingan edi. 25 Hovuz bronzadan yasalgan oʻn ikkita buqa ustiga oʻrnashtirilgan edi. Buqalarning uchtasi shimolga, uchtasi gʻarbga, uchtasi janubga va uchtasi sharqqa qaratilgan edi. Buqalarning orqa tomoni hovuzning ichkarisiga qaratilgan edi. 26 Hovuzning qalinligi toʻrt enli boʻlib, chetlari kosaning chetlariga oʻxshar, shakli lolagulga oʻxshardi. Unga 4000 koʻza suv sigʻardi.
Bronzadan yasalgan aravalar
27 Soʻng Xurom bronzadan oʻnta arava yasadi. Har bir aravaning uzunligi ham, kengligi ham 4 tirsak, balandligi esa 3 tirsak edi. 28 Aravalarning tuzilishi quyidagicha edi: aravalarning toʻrtala tomonida bronzadan yasalgan toʻsiqlar boʻlib, 29 bu toʻsiqlarga arslon, buqa va karublarning surati solingan edi. Har bir toʻsiqning toʻrt tomoniga boʻrtiq shaklda gulchambarlar ishlangan edi. 30 Har bir aravaning toʻrtta bronza gʻildiragi va oʻqlari bor edi. Aravaning har toʻrtala burchagida ham togʻorani ushlab turadigan tirgovuchlar bor edi. Har bir quyma tirgovuchning yonboshida gulchambarlar yasalgan edi. 31 Aravaning tepasida dumaloq shaklda chambarak boʻlib, aravadan bir tirsak yuqori chiqib turardi. Chambarak koʻndalangiga bir yarim tirsak edi. Chambarak ogʻzi ham aylanasiga suratlar bilan bezatilgan edi. Aravalarning toʻsiqlari esa toʻrtburchak shaklda edi. 32 Aravalarning toʻrtala gʻildiragi yon toʻsiqlarning ostida edi. Gʻildiraklarning oʻqlari aravaga mahkamlangan, har bir gʻildirakning balandligi bir yarim tirsak edi. 33 Gʻildiraklarning tuzilishi jang aravasi gʻildiragining tuzilishiga oʻxshardi: gʻildiraklarning oʻqlari, toʻgʻini, kegaylari, gupchaklari quyma edi. 34 Har bir aravaning toʻrt burchagida toʻrtta kashak bor edi. Kashaklar aravaga mahkamlangan edi. 35 Aravaning yuqorisidan yarim tirsak balandlikda dumaloq halqa bor edi. Aravaning yuqorisidan tirgovuch va yon toʻsiqlari birga qoʻyilgan edi. 36 Shunday qilib, Xurom har bir tirgovuchning va yon toʻsiqlarning yuzasiga karublar, arslonlar, palma daraxtlari va gulchambarlar suratini oʻydi. 37 U oʻnta aravaning hammasini bir xil shakl va hajmda yasadi.
38 Xurom oʻnta aravaning ustiga qoʻyish uchun bronzadan oʻnta togʻora yasadi. Har bir togʻoraga 80 koʻza suv sigʻar edi. Har bir togʻora koʻndalangiga 4 tirsak chiqardi. Har bir aravaga bittadan togʻora edi. 39 Xurom aravaning beshtasini Egamiz uyining janub tomoniga, beshtasini shimol tomoniga qoʻydi. Hovuz shaklini esa uyning janubi–sharq tomoniga oʻrnashtirdi. 40 U qozonlar, kurakchalar va togʻorachalar ham yasadi.
Egamiz uyi bezaklarining roʻyxati
Shunday qilib, Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid quyidagi ashyolarni yasab berdi:

41 ikkita ustun,
ustunlarning tepasidagi ikkita doira shaklidagi ustunqosh,
ustunqoshni oʻrab turgan ikkita toʻrsimon bezak,
42 ikkala bezakning yonlarida toʻrt yuzta anor tasviri, yaʼni ustunlar tepasida doira shaklidagi ikkita ustunqoshni qoplab turish uchun har bir toʻrsimon bezakning ikkala chekkasidagi anor suratlari,
43 oʻnta arava, aravaning ustidagi oʻnta togʻora,
44 bitta hovuz, hovuz ostidagi oʻn ikki buqa shakli,
45 qozonlar, kuraklar, togʻorachalar.

Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid ana shu ashyolarni sayqallangan bronzadan yasab berdi. 46 Shoh bu narsalarni Iordan vodiysi atroflarida — Suxot va Zoraton orasida loydan yasalgan qoliplarda quydirdi. 47 Buyumlar gʻoyat koʻpligidan Sulaymon bronzani oʻlchamasdan ishlataverdi. Shuning uchun ishlatilgan bronzaning hisobi aniqlanmadi.
48 Sulaymon Egamizning uyi uchun quyidagi hamma buyumlarni ham yasattirdi:

oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi,
ustida muqaddas nonlar turadigan oltin xontaxta,
49 oʻnta toza oltindan ishlangan chiroqpoyalar (bu chiroqpoyalar Eng muqaddas xonaning oldida boʻlib, beshtasi janub tomonda, beshtasi shimol tomonda turardi),
yana oltindan gullar, moychiroqlar, qisqichlar,
50 toza oltindan togʻoralar, qaychilar, togʻorachalar, kurakchalar va olovkuraklar,
Eng muqaddas xona eshigining oshiq–moshigʻi, asosiy xonaning eshiklari oshiq–moshigʻi.

51 Shunday qilib, shoh Sulaymon Egamizning uyiga oid hamma ishlarni bitirdi. Sulaymon otasi Dovud nazr qilgan narsalarni olib kelib, kumush, oltin va turli buyumlarni Egamizning uyi xazinasiga qoʻydi.