13–BOB
1-2 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Oʻsha kuni Dovud avlodi va Quddus aholisi uchun bir buloq ochiladi. Bu buloq ularning barcha gunohlari va nopokliklarini yuvadi.
Oʻsha kuni Men bu yurtdan barcha butlarni yoʻq qilaman. Hatto ularning nomlari ham unutiladi. Men bu yurtdan yana soxta paygʻambarlarni va ularni ilhomlantiradigan yovuz ruhni olib tashlayman. 3 Agar yana soxta paygʻambar chiqsa, oʻz ota–onasi unga shunday deydi:
— Sen endi yashamaysan, chunki sen Egamiz nomidan yolgʻon gaplarni gapiryapsan.
Oʻsha paygʻambar yana bashorat qilganda oʻz tuqqan ota–onasi uni nayza sanchib oʻldiradi. 4 Oʻsha kuni soxta paygʻambarlarning har biri oʻzlarining bashoratlaridan uyatga qoladilar. Ular endi xalqni aldamaydilar, paygʻambarlarning jundan toʻqilgan kiyimlarini kiymaydilar. 5 Endi ular:
— Men paygʻambar emasman, men yerga ishlov beraman. Yoshligimdan bir kishining xizmatidaman, — deydilar. 6 Agar birortasi ulardan:
— Badaningizdagi yara izlari qayerdan paydo boʻlgan? — deb soʻrasa, ularning javobi quyidagicha boʻladi:
— Men bu yaralarni doʻstlarimning uyida orttirganman.”
Xudoning choʻponini oʻldirish haqidagi amr
7 Sarvari Olam shunday demoqda:
“Qani, qoʻzgʻalgin, ey qilich!
Menga yaqin boʻlganga,
Oʻzimga xizmat qilgan choʻponga qarshi chiq.
Choʻponga hamla qilgin,
Shunda qoʻylar har yoqqa tarqalib ketadi,
Men qoʻzichoqlarga qarshi qoʻlimni koʻtaraman.
8 Butun yurt xalqining uchdan ikki qismi halok boʻladi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Uchdan bir qismi esa tirik qoladi.
9 Men mana shu qolgan uchdan bir qismini
Olovdan oʻtkazib poklaganday poklayman.
Ularni kumushni toblaganday toblayman,
Oltinni sinaganday sinayman.
Ular Menga iltijo qiladilar,
Men esa ularga javob beraman.
«Ular Mening xalqimdir», deyman Men.
Ular esa: «Egamiz bizning Xudoyimizdir», deb aytishadi.”