22–BOB
Elifaz uchinchi marta gapiradi: u Ayubni oʻta gunohkorlikda ayblaydi
1 Temonlik Elifaz shunday dedi:

2 “Inson Xudoga qanday foyda keltiradi?!
Dono inson U uchun biror foydali ish qila oladimi?!
3 Solih boʻlsang bu Qodir Xudoga qanday zavq keltiradi?!
Yurgan yoʻllaring pok boʻlsa, Unga qanday foyda?!
4 U senga xudojoʻyliging uchun tanbeh beradimi?!
Buning uchun seni hukm qiladimi?!
5 Axir, fosiqliging qanchalar ogʻir?!
Gunohingning cheki yoʻq–ku!
6 Yaqinlaringdan hech bir sababsiz garov olding,
Kambagʻallardan kiyimini yechib olib , yalangʻoch qoldirding.
7 Chanqaganlarga suv bermading.
Qorni ochlardan noningni qizgʻanding.
8 Ha, qudratlilar yurtga egalik qiladilar,
Obroʻlilar u yerda yashaydilar.
9 Bevalarni quruq qoʻl bilan orqaga qaytarding,
Yetimlarga yordam qoʻlini choʻzmading.
10 Shuning uchun atrofing tuzoqlar bilan oʻralgan.
Toʻsatdan seni vahima bosgan.
11 Atrofingni zulmat qamrab olgan,
Koʻzlaring hech narsani koʻrmayapti,
Suv toshqinlari seni koʻmib ketgan.

12 Yuksakdagi baland yulduzlarga qara.
Ammo Xudo samo choʻqqisida–ku!
13 Shunda ham sen: «Xudo nimani bilardi,
Zulmat orasidan U qanday hukm qila olardi», deysan.
14 «Quyuq bulutlar Uni yashirgan, U bizni koʻrmaydi,
Xudo osmon gumbazi uzra aylanib yuribdi–ku», deb aytasan.
15 Sen fosiqlar yurgan
Azaliy yoʻldan yuraverasanmi?
16 Ular hayotdan bevaqt mahrum boʻldilar,
Umr poydevorlarini sel yuvib ketdi.
17 Fosiqlar Xudoga shunday dedilar:
«Bizni tinch qoʻygin.
Ey Qodir Xudo, bizga nima qila olarding?»
18 Ammo ularga baraka berib, uylarini toʻldirgan Xudo–ku!
Fosiqlarning oʻy–xayollaridan men jirkanaman.
19 Solihlar fosiqlarning ahvolini koʻrib, xursand boʻladilar,
Aybsizlar fosiqlarni mazax qilib kuladilar.
20 Ular: «Dushmanlarimiz yoʻq qilindi,
Bitta qolmay olovda yonib ketdilar », deb aytadilar.

21 Xudo bilan tortishaverma!
U bilan yarashgin,
Shunda farogʻatda yashaysan.
22 Xudoning ogʻzidan chiqqan oʻgitlariga quloq tut,
Soʻzlarini yuragingda saqla.
23 Qodir Xudoga yuz bursang, sogʻligu boyliging qayta tiklanadi.
Chodiringni fosiqlikdan tozalasang,
24 Oltinni chang deb bilib,
Ofir tillasini daryoga otsang,
25 Qodir Xudoning Oʻzi sening xazinang boʻladi.
U sening qimmatbaho kumushing boʻladi.
26 Shunda Qodir Xudodan zavq topasan,
Xudoga yuz burasan.
27 Sen Unga iltijo qilasan, U esa senga quloq tutadi.
Unga bergan vaʼdalaringni bajarasan.
28 Nima niyat qilsang, hammasi amalga oshadi,
Hayot soʻqmoqlaring nurga toʻladi.
29 Agar sharmanda boʻlgan odam uchun Xudoga iltijo qilsang,
Xudo oʻsha odamni sharmandalikdan qutqaradi.
30 Sening pok qoʻllaring tufayli
Hatto aybdorlar ham najot topadi.”