22–BOB
Yahudo shohi Yoʻshiyo
1 Yoʻshiyo sakkiz yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻttiz bir yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yodido boʻlib, Bozxatlik Odayoning qizi edi. 2 Yoʻshiyo Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. Oʻngga ham, chapga ham ogʻmasdan, bobosi Dovudning yoʻlidan yurdi.
Qonun kitobi
3 Yoʻshiyoning Shofon degan kotibi bor edi. Shofon Mashullom degan odamning nabirasi, Ozaliyo deganning oʻgʻli edi. Yoʻshiyo oʻz hukmronligining oʻn sakkizinchi yilida Shofonni Egamizning uyiga yuborayotib, unga shu gaplarni aytdi: 4 “Oliy ruhoniy Xilqiyoning huzuriga bor. Darvozabonlar xalqdan toʻplab, Egamizning uyiga keltirgan kumushlarni u hisoblab chiqsin. 5-6 Soʻngra kumushlarni Egamizning uyida mehnat qilayotgan ishboshilarga bersin. Ishboshilar esa kumushlarni olib, Egamizning uyidagi buzilgan joylarni taʼmirlayotgan ustalarga — duradgorlarga, binokorlarga va tosh teruvchilarga bersinlar. Uyning tuzatilishi uchun lozim boʻlgan yogʻochni, yoʻnilgan toshni ham oʻsha kumushga sotib olishsin. 7 Ularga berilgan kumushning hisobi soʻralmasin, chunki ular halol ishlashyapti.”
8 Oliy ruhoniy Xilqiyo kotib Shofonga: “Egamizning uyidan Tavrot kitobini topib oldim”, deb kitobni Shofonga berdi. Shofon kitobni oʻqidi. 9 Keyin shohning huzuriga borib: “Xizmatkorlaringiz Egamizning uyidagi bor kumushni oʻsha yerdagi ishboshilarga berdilar”, deb hisobot berdi. 10 Keyin u shohga: “Ruhoniy Xilqiyo menga kitob berdi”, dedi–da, ovoz chiqarib shohga kitobni oʻqib berdi.
11 Shoh Tavrotda yozilgan soʻzlarni eshitgach, qaygʻudan liboslarini yirtib tashladi. 12 Keyin ruhoniy Xilqiyoga, Shofon oʻgʻli Oxixamga, Mixiyo oʻgʻli Axborga, kotib Shofonga va oʻzining mulozimi Osoyohga shunday farmon berdi: 13 “Boringlar, topilgan bu kitobdagi soʻzlarga muvofiq, men toʻgʻrimda ham, butun Yahudo xalqi toʻgʻrisida ham Egamizning xohish–irodasini bilinglar. Otalarimiz bu kitobdagi soʻzlarga quloq solmaganlari, hammamiz uchun yozilgan bu soʻzlarga rioya qilmaganlari uchun, Egamizning dahshatli gʻazabi bizga qarshi gʻoyatda alanga olgan.”
14 Ruhoniy Xilqiyo, Oxixam, Axbor, Shofon va Osoyoh Xulda ismli paygʻambar ayol huzuriga borib, unga maslahat soldilar. Xulda paygʻambar Egamizning uyidagi muqaddas liboslar posboni Shallumning xotini edi. Shallum Tixvoning oʻgʻli, Xarxasning nabirasi edi. Xulda Quddusning Yangi dahasida yashardi. 15 Xulda ularga shunday dedi:
“Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: sizlarni Mening huzurimga yuborgan odamga shu gaplarimni aytinglar: 16 «Yahudo shohi oʻqigan kitobda yozilganday, bu yurtga ham, bu yurtda yashayotgan xalqqa ham falokat keltiraman. 17 Ular Mendan yuz oʻgirganlari uchun, boshqa xudolarga qurbonliklar keltirib, oʻz qoʻllari bilan yasagan butlari tufayli qahrimni keltirganlari uchun, bu yurtga qarshi gʻazabim alangalanadi va aslo bosilmaydi.»
18 Egamizning xohish–irodasini bilish uchun sizlarni yuborgan Yahudo shohiga shu xabarni beringlar: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz sen eshitgan soʻzlaring toʻgʻrisida shuni aytmoqda: 19 bu yurt vayron boʻlib, bu yurtda yashaganlar laʼnati boʻlsin degan soʻzlarimni eshitganingdan keyin, yuraging yumshadi, Menga boʻyin egding. Sen Menga boʻyin egganing uchun, qaygʻudan liboslaringni yirtib, huzurimda yigʻlaganing uchun Men iltijolaringni eshitdim. 20 Shunga koʻra, sen ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan, oʻz qabringga dafn etilasan. Bu yurtga Men keltiradigan jamiki falokatlarni sen koʻrmaysan.”
Xilqiyo va uning hamrohlari bu xabarni shohga yetkazdilar.