8–BOB
Shoh Sulaymonning erishgan yutuqlari
1 Sulaymon Egamizning uyini va oʻz saroyini yigirma yilda bitirgan edi. 2 Soʻngra u shoh Xiram bergan shaharlarni qaytadan qurib, Isroil xalqini oʻsha shaharlarga joylashtirdi.
3 Sulaymon Xomat–Zoʻvoga yurish qilib, u joyni qoʻlga kiritdi. 4 U sahrodagi Tadmoʻr shahrini va Xomatdagi ombor shaharlarni tuzatib mustahkamladi. 5 U yana Tepadagi Bayt–Xoʻronni va Pastki Bayt–Xoʻronni qaytadan qurdi, bu shaharlarni devor bilan oʻradi, tambalanadigan darvozalar oʻrnatdi. 6 Baalat shahrini, oʻzining hamma ombor shaharlarini, hamma jang aravalari saqlanadigan shaharlarni, otliqlari turadigan shaharlarini qaytadan tuzatib mustahkamladi. Bundan tashqari, Quddusda, Lubnonda, shohlikning hamma burchaklarida nima istasa, barpo qildi. 7 Kanʼonda qolib ketgan Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlari Isroil xalqidan emasdi. 8 Isroil xalqi ularning bu yurtda qolib ketgan avlodlarini qirib bitirmagan edi. Sulaymon oʻsha qolib ketganlarini qarol qilib oldi. Ular bugungacha bor. 9 Lekin Sulaymon Isroil xalqidan birortasini qarollik uchun qul qilmadi. Aksincha, ularni shohning sipohlari, aʼyonlari, jang aravalarining qoʻmondonlari va suvorilarining qoʻmondonlari lavozimiga tayinladi. 10 Sulaymonning ishboshilari 250 kishi boʻlib, ular odamlar ustidan nazoratchi edilar.
11 Sulaymon firʼavnning qizini Dovud qalʼasidan unga atab barpo qilgan yangi saroyga koʻchirtirdi. U shunday degan edi: “Mening xotinim Dovud qalʼasida ortiq yashay olmaydi, chunki Egamizning Sandigʻi saqlangan har qanday joy muqaddasdir.”
12 Sulaymon Maʼbad ayvonining qarshisida qurgan qurbongoh ustida Egamizga qurbonliklar kuydira boshladi. 13 Bu qurbonliklarni u Musoning talablariga rioya qilgan holda, Shabbat kunlarida, yangi oy shodiyonalarida va yilda bir martadan nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramida, Hosil bayramida va Chayla bayramida keltirar edi. 14 Sulaymon, otasi Dovud joriy qilgan qoidaga koʻra, ruhoniylar va levilarning xizmatlarini taqsimlab berdi. Levilar Egamizni madh qilishda va kundalik ishlarda ruhoniylarga yordam berardilar. Sulaymon Maʼbad darvozabonlarini ham guruhlarga boʻlib, har bir darvozada ularning har kuni qiladigan ishlarini taqsimlab berdi. U bularning hammasini Xudoning odami Dovudning farmoniga muvofiq qildi. 15 Shoh Dovudning ruhoniylarga, levilarga, xazinalarga va boshqa narsalarga oid birorta koʻrsatmasi eʼtibordan chetda qolmadi.
16 Shunday qilib, Sulaymon hamma ishni oʻz nihoyasiga yetkazdi. Egamiz uyining poydevori qoʻyilgandan boshlab, to uy tamomila qurilib boʻlguncha bajarilgan hamma ish muvaffaqiyatli boʻldi. 17 Shundan soʻng Sulaymon Edom yurtidagi Qizil dengiz qirgʻogʻida joylashgan Ezyoʻn–Geber va Elet shaharlariga ketdi. 18 Shoh Xiram oʻz kemachilari va tajribali dengizchilari boshchiligida kemalarni Sulaymonga joʻnatdi. Ular Sulaymonning odamlari bilan birga Ofir yurtiga suzib borib, u yerdan Sulaymonga 960 pud oltin keltirib berdilar.