52–BOB
Xudo Quddusni qutqaradi
1 Uygʻon, uygʻon, ey Quddus,
Kuch–qudratga toʻlgin.
Ajoyib kiyimlaringni kiygin,
Ey Sion, muqaddas shahar!
Mana endi sunnatsizlar, nopoklar
Darvozalaringdan ichkari kirmaydi!
2 Qani, tur, tuproqni qoqib tashla!
Ey Quddus, oʻz taxtingga oʻtir!
Boʻyningdagi zanjirni uzib tashla,
Ey asira qiz Sion!
3 Mana Egamiz shunday demoqda: “Sizlar bepul sotilgan edingiz, endi pulsiz qutqarilasiz.” 4 Ha, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Oldin xalqim Misrga bordi. U yerda musofir boʻldi. Keyin Ossuriyaliklar sababsiz ularga zulm oʻtkazdi. 5 Bu nimasi? — demoqda Egamiz. — Xalqim behudaga bosib olindi. Hukmdorlari faryod qilmoqda, — demoqda Egamiz. — Mening nomim doimo, kun boʻyi haqorat qilinmoqda. 6 Shu bois xalqim nomimni bilib oladi. Ha, Men gapirayotganimni oʻsha kuni ular bilib oladi. Mana, Men Oʻshaman.”
7 Togʻlar osha tinchlikni eʼlon qilgan
Xabarchining qadamlari naqadar goʻzal!
U xushxabar olib kelmoqda,
U najotni eʼlon qilmoqda,
U Quddusga : “Xudoying hukmrondir”, demoqda.
8 Quloq soling! Soqchilaringiz ovozini koʻtarmoqda,
Birgalikda ular shodlikdan kuylamoqda!
Axir, Egamizning Quddusga qaytib kelishini
Ular oʻz koʻzlari bilan koʻradi.
9 Ey Quddus vayronalari!
Birgalikda sevinch ila hayqiring.
Egamiz Oʻz xalqiga tasalli berdi,
Quddusni qutqarib, Oʻziga oldi!
10 Hamma xalqlarning koʻz oʻngida
Egamiz muqaddas qoʻlini koʻrsatdi.
Xudoyimizning najotini
Yerning toʻrt burchi koʻradi.
11 Keting, u yerdan chiqib keting!
Harom boʻlganlarga tegib ketmang!
Ey Egamizning muqaddas ashyolarini koʻtaradiganlar ,
U yerdan chiqinglar, poklaninglar!
12 Mana, siz shoshilmay yoʻlga chiqasiz,
Qochishingizga aslo hojat qolmaydi.
Axir, Egamiz oldingizda bormoqda,
Isroil xalqining Xudosi ortingizdan
Sizni qoʻriqlamoqda.
Egamizning azoblanayotgan quli
13 Egam aytar: “Mana, Mening qulim yashnaydi,
U koʻtarilib, yuksaladi,
Gʻoyat balandga koʻtariladi.
14 Ilgari uning qiyofasi shunday badbashara ediki,
Inson zotiga oʻxshash joyi qolmagan edi.
Shu bois koʻplar uning oldida dahshatga tushdi,
15 Endi esa u koʻp xalqlarni hayratda qoldiradi,
Uni deb shohlar ham lol boʻlib qoladi.
Axir, ular bilmagan narsalarni koʻradilar,
Eshitmaganlarini anglab yetadilar.”