3–BOB
Yurtda qolgan oʻzga xalqlar
1-2 Egamiz, Kanʼon yurtida boʻlib oʻtgan bironta urushda qatnashmagan Isroil xalqini sinay, hech qachon urush koʻrmagan bu yangi avlodga jangni oʻrgatay deb, quyidagi xalqlarni qoldirgan edi: 3 beshta Filist begini , barcha Kanʼon xalqlarini, Sidonliklar va Baal–Xermon togʻidan to Levo–Xomatgacha Lubnon qirlarida yashagan Xiv xalqini. 4 Ular yordamida Egamiz Oʻz xalqi Isroilni sinab, Muso orqali ota–bobolariga bergan amrlarga itoat qilish–qilmasligini koʻrmoqchi edi. 5 Shunday qilib, Isroil xalqi Kanʼon, Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlarining orasida yashadi. 6 Ular oʻsha xalqlar bilan apoq–chapoq boʻlib, qiz olib, qiz berishardi, hatto xudolariga ham sigʻinishardi.
Oʻtniyol
7 Isroil xalqi Egamizning oldida qabih ishlar qilar edi. Ular oʻzlarining Egasi Xudoni eslaridan chiqarib, Baal va Asheraning tasvirlariga sigʻinishar edi. 8 Bundan gʻazablangan Egamiz ularni Oram–Naxrayim shohi Kushonrishtamga tobe qilib qoʻydi. Ular sakkiz yil davomida Kushonrishtamning xizmatida boʻlishdi. 9 Ammo Isroil xalqi Egamizga iltijo qilgach, Egamiz ularga qutqaruvchi qilib Oʻtniyolni yubordi. Oʻtniyol Xolibning jiyani, aniqrogʻi, kenja ukasi Xanazning oʻgʻli edi. 10 Egamizning Ruhi Oʻtniyolni qamrab oldi. Oʻtniyol Isroil xalqiga hakam boʻldi. Oʻtniyol shoh Kushonrishtamga qarshi jang qilib, uni yengdi, chunki Egamiz shohni uning qoʻliga bergan edi. 11 Shundan keyin yurtda qirq yil tinchlik, osoyishtalik boʻldi. Soʻng Xanaz oʻgʻli Oʻtniyol olamdan oʻtdi.
Ehud
12 Isroil xalqi Egamizning oldida yana qabihliklar qilgani uchun, Egamiz Moʻab yurtining shohi Eglonni ularga qarshi qoʻzgʻatdi. 13 Shoh Eglon Ommon va Omolek xalqlari bilan birgalikda Isroil xalqini yengib, palma shahri Yerixoni qoʻlga kiritdi. 14 Shunday qilib, Isroil xalqi oʻn sakkiz yil davomida Moʻab yurtining shohi Eglonga qaram boʻlib yashadi.
15 Ammo Isroil xalqi Egamizga iltijo qilishi bilanoq, Egamiz ularga Ehud ismli bir qutqaruvchini yubordi. Gera oʻgʻli Ehud Benyamin qabilasidan boʻlib, chapaqay edi. Isroil xalqi Ehud orqali Moʻab shohi Eglonga oʻlpon joʻnatdi. 16 Ehud oʻziga uzunligi bir tirsak boʻlgan xanjar yasab, uni oʻng tomoniga, kiyimining ichidan taqib olgandi. 17 U oʻlponni shoh Eglon huzuriga olib kirdi. Shoh Eglon haddan tashqari semiz bir odam edi. 18 Ehud oʻlponni taqdim qilib boʻlgach, hadyalarni koʻtarib kelgan odamlar bilan birga uyga yoʻl oldi. 19 Biroq ular Gilgaldagi tosh haykallar oʻrnatilgan joyga yetganlarida, Ehud iziga qaytdi. U Eglonning oldiga kelib: “Ey hazrati oliylari, sizga aytadigan bir sirim bor”, — dedi. Shoh: “Bizni xoli qoʻyinglar!” — deyishi bilanoq, uning huzuridagi xizmatkorlar chiqib ketishdi. 20 Shoh salqin boloxonasida yolgʻiz oʻzi qoldi. Ehud unga yaqinlashib: “Men sizga Xudoning xabarini yetkazmogʻim lozim”, — dedi. Eglon oʻrnidan turdi. 21 Shunda Ehud oʻng tarafida osilgan xanjarni chap qoʻli bilan sugʻurib olib, Eglonning qorniga sanchdi. 22 Xanjar sopi bilan Eglonning qorniga kirib ketdi, teshigini esa yogʻ qopladi. Ehud xanjarni sugʻurib olmadi, xanjar tigʻi shohning qornini yorib butidan chiqdi . 23 Ehud ayvonga chiqdi, boloxona eshiklarini yopib, qulfladi. 24 U ketishi bilanoq, Eglonning xizmatkorlari kelishdi. Eshik qulf ekanligini koʻrishgach: “Shohimiz salqingina xonada hojatini chiqarayotgan boʻlsalar kerak” degan xayolga borishdi. 25 Ammo boloxonaning eshiklari hadeganda ochilavermagandan soʻng, xizmatkorlar bezovtalanishdi. Ular tashqarida ancha kutib qolishganidan keyin, kalit olib, eshikni ochishdi. Qarashsa, shoh hazratlari jonsiz yotgan ekan.
26 Ehud esa paytdan foydalanib, qochib qolgan edi. U tosh haykallar oldidan oʻtib, Saviro shahriga bordi. 27 Efrayim qirlariga yetib kelganda burgʻu chalib, Isroil xalqini jangga daʼvat qildi. Ehud hammani boshlab qirlardan pastga tushar ekan, 28 Isroil xalqiga: “Orqamdan yuringlar! — dedi. — Dushmanimiz Moʻab xalqini Egamiz sizlarning qoʻlingizga berdi–ku!” Isroil xalqi Ehudga ergashdi. Ular Iordan daryosining kechuv joylarini qoʻlga olib, bironta odamni ham u yerdan oʻtkazishmadi. 29 Oʻsha kuni ular oʻn mingtacha baquvvat va jasur Moʻab sipohlarini oʻldirishdi. Birontasi ham Isroil xalqining qoʻlidan qochib qutulmadi. 30 Oʻsha kuni Isroil xalqi Moʻab lashkarini magʻlub qildi. Yurtda sakson yil tinchlik, osoyishtalik boʻldi.
Shamgar
31 Ehuddan keyin Onot oʻgʻli Shamgar hakam boʻldi. U ham Isroil xalqini qutqarib, govron bilan olti yuz nafar Filist sipohini oʻldirdi.