20–BOB
Mardikorlar haqida masal
1 Osmon Shohligi erta saharda uzumzoriga mardikorlar yollagani chiqqan bogʻ egasiga oʻxshaydi. 2 Bogʻ egasi mardikorlarga, sizlarga bir kumush tangadan , odatdagi bir kunlik ish haqini toʻlayman, deb ular bilan kelishibdi. Soʻng ularni oʻzining uzumzoriga yuboribdi.
3 Soat toʻqqizlarda u bozor maydoniga chiqqan ekan, bekor turgan bir necha odamlarni koʻrib, 4 ularga:
— Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli ish haqingizni toʻlayman, — debdi. Ular boribdi.
5 Bogʻ egasi soat oʻn ikkilarda va uchda bozor maydoniga chiqib, yana shunday qilibdi. 6 Soat beshlarda tagʻin bozor maydoniga borsa, bekor turgan yana boshqalarni koʻribdi–da:
— Nega sizlar bu yerda kun boʻyi bekor turibsizlar? — deb soʻrabdi. 7 Ular:
— Hech kim bizni ishga yollamadi, — deb javob beribdilar. Shunda bogʻ egasi:
— Sizlar ham mening uzumzorimga borib ishlanglar , — debdi.
8 Kech boʻlganda, uzumzor egasi oʻzining ishboshisiga:
— Mardikorlarni chaqirib, ularga ish haqlarini ber. Oxir kelganlardan boshlagin, birinchi kelganlarga oxirida berasan, — deb buyuribdi. 9 Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi. 10 Birinchi kelganlarga haq toʻlash navbati kelganda, ular: “Biz koʻproq olamiz”, deb oʻylabdilar. Ammo ularning har biriga ham bir kumush tangadan berilibdi. 11 Ular pullarini olgach, bogʻ egasiga noroziligini bildira boshlashibdi:
12 — Manavi oxirgi kelganlar bir soatgina ishlashdi, biz esa kun boʻyi jaziramada mehnat qildik. Ammo siz bizning mehnatimizni ularning qilgan ishi bilan teng koʻrdingiz.
13 Bogʻ egasi ulardan biriga shunday dedi:
— Doʻstim, men senga nohaqlik qilganim yoʻq. Sen bilan bir kumush tangaga kelishgan edik–ku! 14 Endi haqingni olgin–u, joʻna. Mana bu oxirgi kelganlarga sen bilan baravar ish haqi berishni xohladim. 15 Oʻzimning pulimni xohlaganimcha sarf qila olishga haqim yoʻqmi?! Yoki mening saxiyligimni koʻrolmayapsanmi?
16 Shunday qilib, oxirgilar birinchi boʻladilar, birinchilar esa oxirgi boʻladilar .”
Iso Oʻz oʻlimi toʻgʻrisida uchinchi marta gapiradi
17 Iso Quddusga ketayotganda, oʻn ikki shogirdini chetga olib, ularga dedi:
18 — Mana, biz Quddusga ketyapmiz. U yerda Inson Oʻgʻli bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qoʻliga tutib beriladi. Ular Inson Oʻgʻlini oʻlimga mahkum qiladilar. 19 Soʻng gʻayriyahudiylarga topshiradilar. Gʻayriyahudiylar Uni haqoratlaydilar, qamchilaydilar va xochga mixlaydilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi.
Bir onaning tilagi
20 Oʻsha paytda Zabadiyoning xotini ikki oʻgʻlini boshlab, Isoning oldiga keldi. U Isodan bir narsa iltimos qilmoqchi boʻlib, Unga taʼzim qildi. 21 Iso ayoldan:
— Nima istaysiz? — deb soʻradi.
— Shohligingizda oʻgʻillarimning biri Sizning oʻng tomoningizda , biri chap tomoningizda oʻtirsin! — dedi Unga ayol. 22 Iso shunday dedi:
— Sizlar nima soʻrayotganingizni bilmaysizlar. Men ichadigan azob kosasidan sizlar icha olasizlarmi?
— Icha olamiz! — deb javob berdi ular. 23 Iso ularga dedi:
— Sizlar–ku Men ichadigan azob kosasidan ichasizlar , ammo Mening oʻng va chap tomonimda oʻtirishga ruxsat berish Oʻz ixtiyorimda emas. Bu oʻrinni osmondagi Otam kimlarga atagan boʻlsa, oʻshalarniki boʻladi.
24 Qolgan oʻnta shogird buni eshitib, ikkala aka–ukadan achchiqlanib ketishdi. 25 Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi:
— Butparastlarga qaranglar, ularning hukmdorlari xalqlariga oʻz hukmini oʻtkazadilar, katta amaldorlari elga zoʻravonlik qiladilar. 26 Ammo sizlarning orangizda bunday boʻlmasin. Aksincha, orangizda kim katta boʻlishni istasa, sizlarga xizmat qilsin. 27 Orangizda kim birinchi boʻlishni istasa, sizlarga qul boʻlsin. 28 Axir, Inson Oʻgʻli ham Oʻziga xizmat qildirish uchun emas, balki Oʻzi boshqalarga xizmat qilish va Oʻz jonini fido qilib, koʻplarni ozod qilish uchun kelgan.
Iso ikki koʻrga shifo beradi
29 Iso bilan shogirdlari Yerixodan ketar ekanlar, bir talay olomon Isoga ergashdi. 30 Yoʻl boʻyida ikkita koʻr odam oʻtirgan edi. Ular oldilaridan Iso oʻtib ketayotganini eshitib:
— Ey Hazrat, Dovud Oʻgʻli , bizlarga rahm qiling! — deb baqirdilar. 31 Olomon esa:
— Jim boʻlinglar! — deb ularga doʻq qildi. Ular esa yanada qattiqroq baqirib:
— Ey Hazrat, Dovud Oʻgʻli, bizlarga rahm qiling! — deb faryod qilishardi. 32 Iso toʻxtab, ularni yoniga chaqirdi–da:
— Mendan nima istaysizlar? — deb soʻradi. 33 Ular:
— Hazrat, koʻzlarimiz ochilsin! — deyishdi.
34 Isoning ularga rahmi kelib, koʻzlariga qoʻl tekkizdi. Shu zahoti ularning koʻzlari ochildi. Soʻng ular Isoning ortidan ergashdilar.