12–BOB
Iso ikkiyuzlamachilik haqida ogohlantiradi
1 Shu orada minglab odamlar toʻplanib, bir–birlarini itarib siqishayotgan edilar. Iso avval shogirdlariga gapira boshladi: “Farziylarning xamirturushidan , yaʼni ularning ikkiyuzlamachiligidan ehtiyot boʻlinglar! 2 Axir, har qanday yashirin narsa maʼlum boʻladi, har qanday sir ochiladi. 3 Shu bois qorongʻida aytganlaringiz yorugʻlikda eshitiladi, yopiq eshiklar ortida shivirlab aytganlaringizni uylarning tomi ustida baqirib eʼlon qilishadi.
Qoʻrqish va qoʻrqmaslik haqida
4 Sizlarga shuni aytay, doʻstlarim: tanani oʻldirib, undan keyin boshqa biron narsa qila olmaydiganlardan qoʻrqmanglar. 5 Biroq kimdan qoʻrqishingiz kerakligini sizlarga uqtiray: Xudodan qoʻrqinglar, chunki U odamni oʻldirib, doʻzaxga tashlashga ham qodir. Ha, sizlarga aytaman: Xudodan qoʻrqinglar!
6 Beshta chumchuq ikki tangaga sotiladi, shunday emasmi? Biroq bularning birontasi ham Xudoning nazaridan chetda qolmagan. 7 Sizlarning esa hatto boshingizdagi har bir tola sochingiz sanalgan. Qoʻrqmanglar, sizlar koʻplab chumchuqlardan qadrliroqsizlar.
Masihni eʼtirof etish va rad qilish toʻgʻrisida
8 Sizlarga yana shuni aytay: kim Meni insonlar oldida tan olsa, Inson Oʻgʻli ham Xudoning farishtalari oldida uni tan oladi. 9 Ammo kim insonlar oldida Meni rad etsa, u ham Xudoning farishtalari oldida rad etiladi. 10 Kimki Inson Oʻgʻliga qarshi soʻz aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga kufrlik qilsa , kechirilmaydi.
11 Sizlarni sinagogalarga, boshliqlar va hokimlar oldiga olib kelganlarida: «Oʻzimizni qanday himoya qilamiz, nima aytamiz», deb xavotir olmanglar. 12 Nima aytishingizni oʻsha vaqtda sizga Muqaddas Ruh oʻrgatadi.”
Ahmoq boy haqida masal
13 Olomon orasidan kimdir Isoga aytdi:
— Ustoz, akamga ayting, otamiz bizga qoldirgan merosni men bilan boʻlishsin.
14 — Ey inson! Kim Meni sizlarga qozi yoki meros boʻluvchi qilib qoʻyibdi? — dedi unga Iso. 15 Soʻng xaloyiqqa dedi:
— Ehtiyot boʻlinglar, oʻzingizni har qanday ochkoʻzlikdan saqlanglar. Zero, insonning umri mol–mulkining koʻpligiga bogʻliq emas.
16 Iso ularga shunday masal aytdi: “Bir boy odamning dalasi moʻl hosil beribdi. 17 Boy koʻnglida:
— Nima qilsam ekan, hosilimni saqlashga yetarli joyim yoʻq–ku, — deb oʻylabdi. 18 Nihoyat, u shunday debdi:
— Endi bunday qilaman: omborlarimni buzib, kattaroqlarini quraman. Hamma don–dunlarimni, boyliklarimni oʻsha yerda saqlayman. 19 Shunda oʻzimga oʻzim deyman: “Koʻp yillarga yetadigan mol–mulk toʻpladim. Endi rohatlanaman, yeb–ichaman, kayfu safo qilaman.”
20 Ammo Xudo unga shunday debdi:
— Ey nodon! Shu tundayoq joning olinadi. Yigʻib–tergan mol–mulking endi kimga qoladi?!
21 Ha, oʻzi uchun boylik yiqqan, ammo Xudoning nazarida boy boʻlmagan odamning qismati shunday boʻladi.”
Tirikchilik tashvishlari haqida
22 Iso shogirdlariga shunday dedi: “Shuning uchun sizlarga aytaman: tirikchiligingizdan xavotir olib, nima yeymiz, ustimizga nima kiyamiz, demanglar. 23 Axir, hayot ovqatdan, tana esa kiyimdan muhimroq–ku! 24 Qargʻalarga qaranglar: ular na ekadi, na oʻradi, na omborlari, na qoʻralari bor. Shunga qaramay, Xudo ularning rizqini beradi. Sizlar esa qushlardan ancha qadrlisizlar! 25 Birontangiz tashvishlanib, umringizni bir lahzaga boʻlsa ham uzaytira olarmidingiz?! 26 Shunday arzimas ish qoʻlingizdan kelmas ekan, nega qolgan narsalar haqida tashvish tortasiz?
27 Nilufar gullarning qanday oʻsishiga eʼtibor qiling: ular mehnat qilmaydi, ip yigirmaydi. Ammo sizlarga aytamanki, hatto shoh Sulaymon oʻzining shuhrat choʻqqisida ham oʻsha gullarning birontasiday kiyinmagan. 28 Bugun bor, ertaga esa oʻchoqqa tashlanadigan dala oʻtini Xudo shunday bezagan boʻlsa, nahotki sizlarni kiyintirmasa, ey imoni sustlar! 29 Nima yeymiz, nima ichamiz, deb tashvishlanib bezovta boʻlmanglar. 30 Xudoni bilmaydigan xalqlar hadeb bu narsalarning tashvishida yuradilar. Lekin osmondagi Otangiz bularga muhtoj ekaningizni biladi–ku! 31 Sizlar, yaxshisi, Xudoning Shohligi payida boʻlinglar, shunda qolgan narsalar ham sizga beriladi.
32 Ey kichik suruv, qoʻrqmanglar! Osmondagi Otangiz Oʻz Shohligini sizlarga berishni maʼqul topdi. 33 Mol–mulkingizni sotib, xayr–sadaqa beringlar. Oʻzingizga eskirmaydigan hamyonlar, samolarda bitmas–tuganmas xazina tayyorlanglar. U yerga oʻgʻri yaqinlasha olmaydi, xazinangizni kuya yeya olmaydi . 34 Xazinangiz qayerda boʻlsa, yuragingiz ham oʻsha yerda boʻladi.
Hushyor xizmatkorlar
35 Har doim tayyor holda turinglar: belbogʻlaringiz belingizda bogʻlangan, chiroqlaringiz yonib turgan boʻlsin! 36 Sizlar xoʻjayinining toʻydan qaytishini intizorlik bilan kutgan xizmatkorlarday boʻlinglar. Xoʻjayin kelib, eshikni taqillatishi bilanoq eshikni ochadigan boʻlinglar. 37 Xoʻjayin kelganda hushyor turgan xizmatkorlar baxtlidir! Sizlarga chinini aytay: xoʻjayin belini bogʻlab, xizmatkorlarini dasturxonga oʻtqazadi va ularga oʻzi xizmat qiladi. 38 Xoʻjayin yarim tunda keladimi yoki tongga yaqin keladimi, xizmatkorlarini hushyor holda koʻrsa, oʻsha xizmatkorlar naqadar baxtlidir!
39 Ammo shuni bilib qoʻyingki, agar uy egasi oʻgʻrining qachon kelishini bilganda edi, uyiga buzib kirishga oʻgʻriga yoʻl qoʻymagan boʻlardi. 40 Shuningdek, sizlar ham tayyor turinglar, chunki Inson Oʻgʻli sizlar kutmagan vaqtda keladi.”
41 Shu payt Butrus soʻradi: “Hazrat, bu masalni faqat bizga aytyapsizmi yo hammagami?”
42 Rabbimiz Iso shunday javob berdi: “Ishonchli va aqlli uy boshqaruvchisi kim? Xoʻjayin bunday odamni oʻz xizmatkorlariga boshliq qilib qoʻyadi, ularga oʻz vaqtida ovqat tarqatishni unga topshiradi. 43 Xoʻjayin uyga qaytganda oʻsha xizmatkorini yumush ustida koʻrsa, xizmatkor naqadar baxtlidir! 44 Sizlarga chinini aytay: xoʻjayin oʻsha xizmatkorini butun mulki ustidan boshqaruvchi qilib qoʻyadi. 45 Bordi–yu, u xizmatkor koʻnglida: «Xoʻjayinim hali beri qaytib kelmaydi» deb, boshqa xizmatkorlarni ura boshlasa, yeb–ichib, mast boʻlsa, 46 xizmatkor kutmagan kunda, oʻylamagan soatda xoʻjayini kelib qoladi, xizmatkorini qattiq jazolab, boshiga sadoqatsizlarning kunini soladi.
47 Xoʻjayinning xohishini bilgan, ammo hozirlik koʻrmagan va uning xohishini bajarmagan xizmatkor koʻp kaltak yeydi. 48 Bilmay turib jazoga munosib ish qilgan xizmatkor esa koʻp kaltaklanmaydi. Kimga koʻp berilgan boʻlsa, undan koʻp soʻraladi. Kimga koʻp ishonib topshirilgan boʻlsa, undan koʻproq talab qilinadi.
Iso — boʻlinishning sababchisi
49 Men yer yuziga olov keltirgani keldim. Qaniydi, bu olov hoziroq alanga olib ketsa! 50 Men chuqur qaygʻu–alamlarga botaman. Bu amalga oshmaguncha qattiq iztirob chekaman! 51 Meni yer yuziga tinchlik olib kelgan, deb oʻylaysizlarmi? Yoʻq, deb aytaman, boʻlinish olib kelganman! 52 Zero, bundan buyon bir uyda yashagan besh kishi boʻlinadi, uchtasi ikkitasiga va ikkitasi uchtasiga qarshi boʻladi. 53 Ha, ular boʻlinadi:

Ota oʻgʻliga qarshi chiqadi,
Oʻgʻil otasiga qarshi boʻladi,
Ona qiziga qarshi chiqadi,
Qiz onasiga qarshi boʻladi,
Qaynana keliniga qarshi chiqadi,
Kelin qaynanasiga qarshi boʻladi.”
Zamon alomatlari va abadiylik
54 Iso olomonga shunday dedi: “Gʻarbda bulut koʻtarilib kelayotganini koʻrganingizda, sizlar darrov: «Hozir yomgʻir yogʻadi», deb aytasizlar. Shunday boʻladi ham. 55 Janubdan shamol esayotganini koʻrganingizda, sizlar: «Jazirama issiq boʻladi», deb aytasizlar. Shunday boʻladi ham. 56 Ey ikkiyuzlamachilar! Sizlar yeru osmonning avzoyiga qarab, ob–havoni aniqlay olasizlar–ku! Nima uchun hozirgi zamonni talqin qila olmaysizlar?! 57 Nima toʻgʻriligini nega oʻzingiz qaror qila olmaysizlar? 58 Shunday ekan, birontasi bilan daʼvolashib, u bilan birga mahkamaga ketayotganingizda, yoʻlda u bilan yarashishga harakat qiling. Agar shunday qilmasangiz, u sizni qozining oldiga sudrab boradi, qozi sizni zindonbonga topshiradi. Zindonbon esa sizni zindonga tashlaydi. 59 Sizlarga shuni aytay: qarzingizni oxirgi tiyinigacha toʻlamaguningizcha, u yerdan chiqolmaysiz.”