1–BOB
Muqaddima
1-2 Ey Teofilus, birinchi kitobimda men sizga Iso boshidan to osmonga koʻtarilgunga qadar qilgan hamma ishlari va oʻrgatgan taʼlimoti toʻgʻrisida yozgan edim. U osmonga koʻtarilishdan oldin, Muqaddas Ruh kuchi orqali Oʻzi tanlagan havoriylarga koʻrsatmalar bergan edi. 3 Iso azob chekib oʻlgandan keyin, bir qancha ishonchli dalillar orqali havoriylarga tirilganini koʻrsatdi. Qirq kun davomida ularga zohir boʻlib, Xudoning Shohligi toʻgʻrisida gapirdi. 4 Iso Oʻz havoriylari bilan dasturxon atrofida oʻtirar ekan, ularga shunday amr berdi: “Quddusdan ketib qolmanglar, osmondagi Otamning bergan vaʼdasi bajo boʻlishini kutinglar. Bu vaʼda haqida oldin ham sizlarga aytgan edim. 5 Yahyo odamlarni suvga choʻmdirar edi , sizlar esa yaqin kunlarda Muqaddas Ruhga choʻmdirilasizlar.”
Iso osmonga koʻtariladi
6 Havoriylar birga yigʻilganlarida, Isodan shunday deb soʻradilar:
— Rabbimiz, Isroil shohligini tiklaydigan vaqtingiz kelmadimi?
7 Iso ularga shunday javob berdi:
— Vaqt va davrlarni Otam Oʻz hokimiyati orqali oʻrnatgan, bularni bilish sizning ishingiz emas. 8 Ammo Muqaddas Ruh sizlarni qamrab olganda, kuch–qudratga toʻlasizlar. Quddusda, Yahudiya va Samariyada, yer yuzining hamma burchaklarida sizlar Mening shohidlarim boʻlasizlar.
9 Iso shu gaplarni aytgandan keyin, havoriylarning koʻzi oldida osmonga koʻtarildi. Bulut Isoni havoriylarning koʻzlaridan yashirdi. 10 Iso koʻtarilib ketgandan keyin ham havoriylar koʻzlarini uzmay osmonga qarab turardilar. Shu payt birdan oq kiyim kiygan ikki odam ularning oldida paydo boʻldi.
11 — Ey Jalilaliklar! — dedi ular. — Nimaga osmonga qarab turibsizlar? Iso osmonga koʻtarilganini oʻz koʻzingiz bilan koʻrdingizlar. U osmonga qanday koʻtarilgan boʻlsa, xuddi shunday qaytib keladi.
Oʻn ikkinchi havoriy tanlanadi
12 Shundan keyin ular Zaytun deb atalgan togʻdan Quddusga qaytib keldilar. Zaytun togʻi Quddus yonida boʻlib, shahardan taxminan bir chaqirim masofada joylashgan edi.
13 Ular shaharga kirganlaridan keyin, oʻzlari turadigan xonadonning boloxonasiga chiqdilar. Butrus, Yuhanno, Yoqub, Endrus, Filip, Toʻma, Bartolomey, Matto, Xalfey oʻgʻli Yoqub, vatanparvar Shimoʻn, Yoqub oʻgʻli Yahudo shu yerda edilar. 14 Ular yakdillik bilan toat–ibodatga berilgan edilar. Ular qatorida baʼzi bir ayollar, shuningdek, Isoning onasi Maryam va Uning ukalari ham bor edi.
15 Bir kuni 120 nafar imonli birodar yigʻilgan edi. Butrus ular oldida turib, shunday dedi: 16-17 “Birodarlarim! Muqaddas Ruh oldindan Dovud orqali Yahudo haqida bashorat qilgandi. Muqaddas bitiklardagi Uning bu soʻzlari amalga oshishi kerak edi. Yahudo bizlarning birimiz hisoblanib, bu xizmatda ishtirok etishga tanlangandi. Ammo u Isoni hibsga olish uchun kelganlarga boshchilik qildi. 18 Keyin yovuz ishi bilan qoʻlga kiritgan pulga dala sotib oldi. Ammo oʻsha yerda yiqilib tushdi, qorni yorilib, ichak–chovoqlari chiqib ketdi. 19 Bu voqea butun Quddus aholisiga maʼlum boʻldi, shuning uchun odamlar oʻsha joyni Xaqaldamax , yaʼni Qon dalasi deb atadilar. 20 Zabur kitobida shunday yozilgan:

«Uning makoni tashlandiq boʻlib qolsin,
U yerda yashaydigan biron jon qolmasin.»

Yana shunday deyilgan:

«Uning oʻrnini boshqasi olsin.»

21-22 Shunga koʻra, biz Yahudoning oʻrniga boshqa bir odamni tanlashimiz kerak. Toki u, biz singari, Rabbimiz Isoning tirilgani haqida guvohlik bersin. Bu odam Rabbimizning Yahyo tomonidan suvga choʻmdirilgan kunidan boshlab, to osmonga koʻtarilgan vaqtgacha bizga hamrohlik qilganlardan biri boʻlishi shart.”
23 Shunday qilib, ular ikki kishini oldinga chiqardilar. Ulardan biri Yusuf (uning yana Barsabo va Yustus degan ismi ham bor edi), ikkinchisi esa Mattiyo edi. 24-25 Ular ibodat qilib, shunday dedilar: “Ey Rabbimiz! Sen hamma odamlarning yuragini bilasan. Mana shu ikkovidan qaysi birini havoriylik xizmati uchun tanlaganingni bizga koʻrsatgin, chunki Yahudo xizmatini tashlab, oʻziga tegishli yerga ketgan.”
26 Havoriylar ular uchun qurʼa tashladilar. Qurʼa Mattiyoning chekiga tushdi. Mattiyo oʻn bir havoriyga qoʻshildi.