2–BOB
Egamizning kuni yaqinlashib qoldi
1 Quddusda burgʻu chalinglar!
Egamizning muqaddas togʻida bong uringlar!
Titrasin Yahudoning jamiki ahli,
Axir, kelyapti Egamizning kuni .
U kunga oz vaqt qoldi.
2 Zimziyo zulmat kuni boʻlar u kun,
Bulut qoplagan tim qorongʻi boʻlar u kun!
Katta kuchli lashkar yurtni bosar,
Yorishgan tongday togʻlar uzra yoyilar.
Bunaqasi azaldan hech sodir boʻlgan emas,
Bundan keyin ham hech qachon sodir boʻlmas.
3 Alanga yutib borar ular oldidan,
Olov guvullab yonar ular ortidan,
Biron jonzot qochib qutulmas ulardan.
Ilgari edi zamin Adan bogʻiday,
Endi boʻlib qoldi qaqroq sahroday.
4 Ularning koʻrinishi otlarga oʻxshar,
Jang otlari kabi hujum qilishar.
5 Togʻ choʻqqilariga sakrab chiqishar,
Jang aravasiday gumburlab chopar,
Yonayotgan xas–choʻp kabi chirsillar,
Jangga tayyor boʻlib saf tortgan
Kuchli lashkarga oʻxshar ular.
6 Ularning oldida xalqlar dahshatga tushar,
Hammaning yuzi boʻzday oqarib ketar.
7 Jangchilarday hujum qilar bu lashkar,
Sipohlarday devordan oshib tushar.
Safdan chetga chiqmay olgʻa bosishar.
8 Bir–birlarin turtmaslar,
Hammasi oʻz yoʻlida ketar.
Gʻovlarni ham yorib oʻtishar,
Hech narsa ularni toʻxtata olmas.
9 Bostirib borishar ular shaharga,
Yopirilishar shahar devorlariga.
Uylarga tirmashib chiqishar,
Oʻgʻriday derazalardan ichkariga kirishar.
10 Ularning oldida zamin titrar,
Osmonu falak qaltirab turar.
Quyosh ham, oy ham qorayar,
Yulduzlar nuri soʻnar.
11 Egamiz lashkarning boshida turar,
Lashkariga Oʻz sadosin berar.
Naqadar behisob Uning qoʻshini,
Uning amriga boʻysunadiganlar qudratli.
Egamizning kuni chindan dahshatli!
Bu vahimali kunga bardosh bergay kim?!
Tavba–tazarruga daʼvat
12 Egamizning kalomi shudir:
“Hozir ham kech emas,
Roʻza tutib, yigʻlab, qaygʻurib,
Butun qalbingiz bilan Menga qaytinglar.
13 Kiyimingizni emas, bagʻringizni yirtinglar .”
Egangiz Xudoga qaytinglar, U inoyatli,
Rahmdil, jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi moʻldir,
Gʻazabidan tushib kechiradigan Xudodir.
14 Kim bilsin, U shashtidan qaytar,
Balki xirmoningizga baraka berar.
Shunda Egangiz Xudoga sizlar
Don bilan sharob nazrin taqdim qilasizlar.
15 Burgʻu chaling Quddusda!
Roʻza kunlarin belgilanglar,
Oʻsha kunlarga yigʻin eʼlon qilinglar.
16 Yigʻing jamiki xalqni,
Pok qiling jamoani.
Chaqirtiring qariyalarni,
Olib keling bolalaru emizikli goʻdaklarni.
Hatto yangi kelin–kuyovlar ham
Chimildiqdan chiqib kelishsin.
17 Maʼbadning ayvoni bilan qurbongoh orasida
Yigʻlashsin Egamizning xizmatkor ruhoniylari,
Yolvorishsin shunday deya Xudoga:
“Ey Egamiz, shafqat qilgin xalqingga,
Mulking boʻlgan Isroil ellar aro kulgi boʻlmasin.
«Ularning Xudosi qani?!» deya xalqlar bizni mazax qilmasin!”
Egamizning inoyati
18 Egamiz Oʻz yurtiga jon kuydirdi shul zamon,
Oʻz xalqiga rahm qildi U oʻshal on.
19 Javob berdi U xalqiga shunday debon:
“Toʻq boʻlasiz, sizlarga beraman sharob, moy va don.
Xalqlar orasida mazax boʻlishingizga endi yoʻl qoʻymayman.
20 Daf qilaman shimoldan kelgan lashkarlarni,
Haydab solaman qaqroq, huvullagan sahroga ularni.
Oʻlik dengizga uloqtiraman ilgʻor qismlarini,
Oʻrta yer dengiziga suraman orqa qismlarini.
Jasadlaridan qoʻlansa hid anqiydi.”
Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
21 Ey zamin, qoʻrqma! Xursand boʻl, shodlan.
Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
22 Qoʻrqmanglar endi, ey yovvoyi hayvonlar,
Chunki yam–yashildir dashtdagi yaylovlar,
Meva berayotir endi daraxtlar,
Anjir va uzumning hosili moʻldir.
23 Ey Quddus xalqi, xursand boʻlinglar,
Egangiz Xudoning ishlaridan sevininglar.
Sizlarga U yon bosib, yomgʻirni moʻl yogʻdirdi.
Oldingiday, kuz, bahorda yomgʻirni quydirdi.
24 Endi xirmonlar donga toʻlib ketadi,
Xumlar sharobu moy bilan toʻlib–toshadi.
25 Egamiz shunday deydi:
“Zarar koʻrdingiz qirgʻin keltiruvchi,
Yemiruvchi chigirtkalar dastidan,
Ekinzorlaringizni kemirib tashlagan
Sakraydigan chigirtka galasi dastidan,
Koʻrgan zararingizni Men qoplayman.
Bu kuchli lashkarni sizga qarshi Men yuborganman.
26 Endi sizlar xohlaganingizcha yeysiz,
Sizlar uchun ajoyibotlar koʻrsatgan
Men, Egangiz Xudoga hamdu sano aytasiz.
Ey xalqim, hech qachon sharmanda boʻlmaysan endi!
27 Ey Isroil, Men orangda ekanimni bilib olasan shunda,
Men Egangiz Xudoman, yoʻqdir Mendan boshqasi.
Ey xalqim, hech qachon sharmanda boʻlmaysan endi!
Xudo Oʻz Ruhini yogʻdirishni vaʼda qiladi
28 Soʻngra Oʻz Ruhimni yogʻdiraman har bir inson ustiga,
Vahiylar keladi yigitlaringizga.
Bashoratlar qilar sizning oʻgʻil–qizlaringiz.
Karomatli tushlar koʻrar qariyalaringiz.
29 Oʻz Ruhimni yogʻdiraman oʻsha kunlarda,
Hattoki qulu choʻrilaringiz ustiga.
30-31 Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin, Men yeru osmonda alomatlarni koʻrsataman. Yer yuzida qonni, olovni va tutun ustunlarini paydo qilaman. Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.”
32 Shunda Xudo daʼvat etgan odamlar omon qoladi. Ha, Egamizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi. Egamiz aytganiday, Sion togʻiga va Quddusga qochib borganlar najot topishadi.