7–BOB
1 Insonning yerdagi mehnati mashaqqatli–ku!
Uning kunlari mardikorning kuniga oʻxshaydi–ku!
2 Ha, inson soyani qoʻmsagan qulga oʻxshaydi!
Oʻz haqini kutgan mardikordaydir u!
3 Menga ham maqsadsiz oylar,
Qaygʻuga toʻla tunlar berilgan.
4 Yotganimda: «Qachon tong otarkan?» — deyman,
Lekin tun juda choʻzilib ketadi,
Tong otguncha agʻnab chiqaman.
5 Tanamni qurt va yara bosib ketgan,
Terim yorilib, yiringlab ketgan.
6 Kunlarim boʻzchining mokisidan ham tezroq oʻtadi,
Aslo umid bagʻishlamay oʻtib ketaveradi.
Ayub Xudoga yolvoradi
7 Ey Xudoyim, hayotim bir nafasday ekanligini yodingda tut,
Koʻzlarim endi hech qachon yaxshilikni koʻrmaydi.
8 Hozir meni koʻrib turibsan, lekin bu uzoqqa choʻzilmas,
Meni qidirasan, lekin men oʻshanda boʻlmayman.
9 Bulut tarqalib, yoʻq boʻlib ketadi.
Xuddi shunga oʻxshab, oʻliklar diyoriga ketganlar qaytib kelmaydi.
10 Ular uylariga qaytib kelmaydilar,
Oʻz yashagan joylarida ularni bilmaydilar.
11 Shuning uchun jim boʻlmay,
Oʻz dardimni bayon qilaman,
Alam–hasratda shikoyat qilaman.
12 Ey Xudoyim! Nima uchun ustimdan qoʻriqchi qoʻyding?
Men dengizmanmi yoki dengiz maxluqimanmi?
13 «Toʻshagim menga tasalli berar,
Uyqu dardimni yengillashtirar», — desam,
14 Tushlar orqali meni qoʻrqitasan,
Vahiylar orqali dahshatga solasan.
15 Shunda men, qani endi boʻgʻilib qoʻya qolsam, deyman,
Axir, shu jismimda yashashdan koʻra, oʻlim afzalroq.
16 Hayotimdan nafratlanyapman, abadiy yashamayman.
Hayotim bir nafasday boʻlsa oʻzi, meni tinch qoʻygin, axir!
17 Inson kim boʻlibdiki,
Unga shunchalik eʼtibor bersang?!
Odam kim boʻlibdiki,
U haqda oʻylasang?!
18 Har tong uni tekshirib,
Har lahzada sinasang?!
19 Bir lahzaga mendan yuz oʻgirgin,
Tinch qoʻygin, hech boʻlmasa bir yutinay.
20 Gunoh qilgan boʻlsam, Senga nima, ey odamzod Qoʻriqchisi?!
Nima uchun meni Oʻzingga nishon qilib olding?!
Sening menda qasding bormi?!
21 Nima uchun gunohimni kechirib,
Aybimdan forigʻ qilmaysan?
Axir, yaqinda tuproqqa qaytaman–ku!
Meni qidirganingda esa yoʻq boʻlib ketgan boʻlaman.”