10–BOB
Xalq gunohi uchun tavba qiladi
1 Ezra Xudoning uyi oldida oʻzini yerga otib yigʻlaganicha, xalqning gunohlarini eʼtirof etdi. U Xudoga iltijo qilayotganda, atrofiga Isroildan katta jamoa — erkagu ayol, bolalar yigʻilishdi. Xalq ham achchiq–achchiq yigʻlardi. 2 Elam naslidan Yoxiyol oʻgʻli Shaxaniyo Ezraga shunday deya murojaat qildi: “Biz mahalliy xalqlarning butparast ayollariga uylanib, Xudoyimizga xiyonat qildik. Lekin shunga qaramay, biz — Isroil xalqi uchun hali ham umid bor! 3 Keling, Xudoyimiz bilan ahd qilaylik. Hazratim, sizning maslahatingizga koʻra va Xudoyimizning soʻzlaridan qoʻrqadiganlarning maslahatiga koʻra, barcha butparast xotinlarni bolalari bilan birga qoʻyib yuboraylik. Xudoning qonuniga amal qilaylik. 4 Qani hazratim, ishga kirishing, bu sizning burchingizdir. Biz siz bilanmiz. Dadil boʻling, ishni boshlang.”
5 Shunda Ezra oʻrnidan turib, ruhoniylarning, levilarning va butun Isroil xalqining boshliqlariga, aytilganlarni qilamiz, deb ont ichirdi. Hammalari ont ichdilar. 6 Soʻng Ezra Xudoning uyi oldidan ketib, Eliashab oʻgʻli Yohuxanonning xonasiga bordi, tunni oʻsha yerda oʻtkazdi. U na non yedi, na suv ichdi, surgundan qaytganlarning xiyonatkorligi dastidan qaygʻurayotgan edi.
7 “Surgundan qaytganlarning hammasi Quddusga toʻplansin”, deb Yahudo yurti va Quddus boʻylab jar solindi. 8 “Agar kimki uch kun ichida kelmasa, yoʻlboshchilarning va oqsoqollarning buyrugʻiga koʻra, ularning hamma mol–mulki musodara qilinsin, oʻzlari surgundan qaytganlar jamoasidan chiqarilsin”, deb xabar berildi.
9 Uch kun ichida Yahudo va Benyamin hududida yashayotganlarning hammasi Quddusda toʻplandi. Bu voqea toʻqqizinchi oyning yigirmanchi kunida roʻy berdi. Odamlar Xudoning uyi oldidagi hovlida joylashib oʻtirdi. Ahvolning jiddiyligidan va kuchli yomgʻir yogʻayotganidan xalq titrardi. 10 Ruhoniy Ezra oʻrnidan turib, xalqqa dedi: “Sizlar butparast ayollarga uylanib, Egamizga xiyonat qildingizlar, Isroil xalqining ayblari ustiga ayb orttirdingizlar. 11 Endi ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz oldida bu gunohlaringizni tan olinglar, Uning xohishi boʻyicha ish tutinglar. Oʻzlaringizni mahalliy xalqlardan ayirib, butparast xotinlaringizni qoʻyib yuboringlar.” 12 Shundan keyin butun jamoa baland ovoz bilan javob berdi: “Siz haqsiz! Aytganlaringizni qilamiz. 13 Lekin xalq koʻp, yomgʻir ham yogʻyapti, shuning uchun ochiq joyda tura olmaymiz. Oramizdagi koʻpchilik bu gunohga qoʻl urgan, shuning uchun bu masalani bir–ikki kunda hal qilib boʻlmaydi. 14 Mayli, yoʻlboshchilarimiz Quddusda qolsinlar, ular bu ishning masʼuliyatini oʻz zimmalariga olsinlar. Butparast ayollarga uylanganlarning hammasi belgilangan vaqtda oʻz shahar oqsoqoli va hakami bilan birga kelishsin. Bu qilmishimizdan gʻazablangan Xudo shunda gʻazabidan tushadi.” 15 Faqat Osoyil oʻgʻli Yoʻnatan bilan Tixvo oʻgʻli Yaxziyo bu taklifga qarshi chiqdilar, levilardan Mashullom va Shabbatay ham ularni qoʻllab–quvvatladilar.
16 Shunday qilib, surgundan qaytganlar berilgan taklifni qabul qildilar. Ruhoniy Ezra urugʻboshilar orasidan odamlarni tayinlab, ularning ismlarini yozib qoʻydi. Oʻninchi oyning birinchi kuni ular bu ishni tekshirishga kirishdilar. 17 Birinchi oyning birinchi kuniga kelib, butparast ayollarga uylangan barcha erkaklar bilan bogʻliq boʻlgan masala koʻrib chiqildi.
Butparast ayollarga uylanganlarning roʻyxati
18 Butparast ayollarga uylangan odamlar quyidagilardir:

Ruhoniylardan:

Yohuzadax oʻgʻli Yoshuaning urugʻidan va uning hamkorlaridan — Masiyo, Eliazar, Yoriv va Gadaliyo. 19 Ular xotinlarini qoʻyib yuborishga ont ichdilar va ayblari uchun bitta qoʻchqorni ayb qurbonligi qildilar.
20 Immar urugʻidan — Xonin va Zabadiyo.
21 Xarim urugʻidan — Masiyo, Ilyos, Shamayo, Yoxiyol va Uzziyo.
22 Pashxur urugʻidan — Eliyoʻnay, Masiyo, Ismoil, Natanil, Yoʻzabad va Elasax.

23 Levilardan:

Yoʻzabad, Shimax, Kilayox (Kilit deb ham aytiladi), Patixiyo, Yahudo va Eliazar.

24 Qoʻshiqchilardan:

Eliashab.

Maʼbad darvozabonlaridan:

Shallum, Talim va Uri.

25 Isroil xalqining qolganlaridan:

Paroʻsh urugʻidan — Romiyo, Yiziyo, Malkiyo, Miyomin, Elazar, Malkiyo va Binayo.
26 Elam urugʻidan — Mattaniyo, Zakariyo, Yoxiyol, Abdi, Yorimoʻt va Ilyos.
27 Zattu urugʻidan — Eliyoʻnay, Eliashab, Mattaniyo, Yorimoʻt, Zabad va Azizax.
28 Boʻvay urugʻidan — Yohuxanon, Xanoniyo, Zabbay va Otley.
29 Banix urugʻidan — Mashullom, Mallux, Odayo, Yoshuv, Shayol va Yorimoʻt.
30 Paxatmoʻab urugʻidan — Adna, Xilol, Binayo, Masiyo, Mattaniyo, Bazalil, Binnuy va Manashe.
31 Xarim urugʻidan — Eliazar, Ishshiyo, Malkiyo, Shamayo, Shimoʻn, 32 Benyamin, Mallux, Shamariyo.
33 Xashum urugʻidan — Mattanay, Mattatax, Zabad, Elifalet, Yorimay, Manashe va Shimax.
34 Banix urugʻidan — Maday, Imrom, Uval, 35 Binayo, Bidayo, Xalux, 36 Vaniyo, Miromoʻt, Eliashab, 37 Mattaniyo, Mattanay va Yasoy.
38 Binnuy urugʻidan — Shimax , 39 Shalamiyo, Natan, Odayo, 40 Maxnadbay, Shoshay, Shoroy, 41 Ozariyol, Shalamiyo, Shamariyo, 42 Shallum, Emoriyo va Yusuf.
43 Navo urugʻidan — Yaviyol, Mattitiyo, Zabad, Zabino, Yadday, Yoʻel va Binayo.

44 Yuqoridagilarning hammasi butparast ayollarga uylangan edilar. Oʻsha ayollardan ayrimlari ularga farzandlar ham tugʻib bergan edilar .