6–BOB
Shabbat kuni toʻgʻrisida savol
1 Shabbat kunlarining birida Iso bugʻdoyzordan oʻtib ketayotgan edi. Uning shogirdlari boshoqlardan uzib olib, kaftlarida uqalab, donlarini yeyayotgan edilar . 2 Baʼzi farziylar esa ularga dedi:
— Nega sizlar Shabbat kuni qonunga xilof ish qilyapsizlar?
3 Iso ularga shunday javob berdi:
— Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilganini nahotki sizlar hech oʻqimagan boʻlsangiz?! 4 U Xudoning uyiga kirib, muqaddas nonlarni yegan. Hatto hamrohlariga ham bergan. Qonunga muvofiq esa bunday nonlarni faqat ruhoniylar yeyishga haqli edilar–ku!
5 Iso yana dedi:
— Inson Oʻgʻli Shabbat kunining ham Hokimidir.
6 Boshqa Shabbat kuni Iso sinagogaga kirib taʼlim berdi. U yerda oʻng qoʻli qurib qolgan bir odam bor edi. 7 Tavrot tafsirchilari bilan farziylar Isoni ayblash uchun biron sabab topish maqsadida: “Iso Shabbat kuni bu odamga shifo berarmikan”, deb Uni kuzatib turardilar. 8 Iso ularning bu niyatini bila turib, qoʻli shol odamga:
— Oʻrningdan tur, oldinga chiq! — deb buyurdi. U oldinga chiqdi.
9 Iso yigʻilganlarga dedi:
— Sizlarga bir savolim bor. Qonunga muvofiq Shabbat kuni yaxshilik qilish kerakmi yoki yomonlikmi? Jonni xalos qilish kerakmi yoki nobud qilishmi?
10 Iso ularning hammasiga nazar tashlab chiqdi–da, u odamga:
— Qoʻlingni uzat! — dedi.
U odam qoʻlini uzatishi bilanoq qoʻli soppa–sogʻ boʻlib qoldi. 11 Tafsirchilar bilan farziylar gʻazabdan jazavasi tutib, Isoni nima qilsak ekan, deb muhokama qila boshladilar.
Iso oʻn ikki havoriyni tanlaydi
12 Oʻsha kunlarning birida Iso ibodat qilgani toqqa chiqdi. U tun boʻyi Xudoga ibodat qildi. 13 Tong otgach, shogirdlarini yoniga chaqirdi va oralaridan quyidagi oʻn ikkitasini tanlab olib, ularga havoriylar deb nom berdi: 14 Shimoʻn (Iso unga Butrus deb ism berdi), uning ukasi Endrus, Yoqub, Yuhanno, Filip, Bartolomey, 15 Matto, Toʻma, Xalfey oʻgʻli Yoqub, vatanparvar deb nom olgan Shimoʻn, 16 Yoqub oʻgʻli Yahudo va keyinchalik xiyonat qilgan Yahudo Ishqariyot.
17 Shundan soʻng Iso ular bilan birga pastga tushib, tekis joyda toʻxtadi. Bu yerda Uning koʻplab shogirdlari, shuningdek, butun Yahudiyadan , Quddusdan, sohildagi Tir va Sidon hududlaridan kelgan bir talay olomon bor edi. 18 Ular Isoni tinglagani va xastaliklaridan forigʻ boʻlgani kelgan edilar. Yovuz ruhlardan azob chekayotgan odamlar ham shifo topdilar. 19 Hamma odamlar qoʻllarini Isoga tekkizishga urinardi, chunki Undan bir kuch chiqib, hammaga shifo berardi.
Baxtlilar va baxtsizlar
20 Iso shogirdlariga qarab, dedi:
“Ey kambagʻallar, sizlar baxtlisiz!
Xudoning Shohligi sizlarnikidir.
21 Ey hozir och boʻlganlar, baxtlisiz!
Sizlar toʻq boʻlasizlar.
Ey yigʻlayotganlar, baxtlisiz!
Sizlar quvonib kulasizlar.
22 Inson Oʻgʻliga yon bosganingiz uchun
Odamlar sizdan nafratlanganlarida,
Jamiyatdan quvib, haqoratlaganlarida,
Ismingizni qoralaganlarida,
Sizlar baribir baxtlisizlar!
23 Shunday kunlar kelganda quvoning, shodlikdan sakrang. Sizlarni samoda buyuk mukofot kutmoqda. Axir, sizlarga ozor yetkazayotgan odamlarning ota–bobolari ham paygʻambarlarga shunday qilganlar.
24 Ey boylar, holingizga voy!
Sizlar rohatingizni koʻrib boʻldingizlar.
25 Ey qorni toʻqlar, holingizga voy!
Sizlar och qolasizlar.
Ey kulayotganlar, holingizga voy!
Sizlar aza tutib, faryod qilasizlar.
26 Barcha odamlar sizni maqtaganda holingizga voy.
Axir, ularning ota–bobolari
Soxta paygʻambarlarni ham xuddi shunday maqtaganlar.
Dushmanlaringizni yaxshi koʻringlar
27 Ey Meni tinglayotganlar, sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi koʻringlar, sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. 28 Sizlarga laʼnat aytganlarni duo qilinglar. Sizga ozor berganlar uchun ibodat qilinglar.
29 Bir chakkangizga ursalar, ikkinchisini ham tuting. Agar kimdir toʻningizni tortib olsa, koʻylagingizni ham yechib bering. 30 Sizdan soʻraganlarning hammasiga bering. Agar kimdir narsangizni tortib olsa, «Qaytarib ber», deb talab qilmang. 31 Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga oʻshani qilinglar.
32 Agar sizni sevganlarnigina yaxshi koʻrsangiz, qanday savob qilgan boʻlasizlar?! Hatto gunohkorlar ham oʻzlarini sevganlarni yaxshi koʻradilar. 33 Agar oʻzingizga yaxshilik qilganlargagina yaxshilik qilsangiz, qanday savob qilgan boʻlasiz?! Hatto gunohkorlar ham xuddi shunday qiladilar. 34 Agar siz qaytarib olishga umid qilib qarz bersangiz, qanday savob qilgan boʻlasiz?! Hatto gunohkorlar ham qancha qarzlari boʻlsa, hammasini qaytarib olish maqsadida gunohkorlarga qarz beradilar.
35 Lekin siz dushmanlaringizni seving, ularga yaxshilik qiling, qaytarib berishini oʻylamay, qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Xudoyi Taoloning farzandlari boʻlasizlar. Axir, Uning Oʻzi ham noshukurlarga va fosiqlarga mehribon–ku! 36 Osmondagi Otangiz rahmdil boʻlgani kabi, sizlar ham rahmdil boʻlinglar.
Boshqalarni hukm qilmanglar
37 Boshqalarni hukm qilmang, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi. Boshqalarni ayblamang, shunda Xudo ham sizni ayblamaydi. Boshqalarni kechiring, shunda Xudo sizni kechiradi. 38 Boshqalarga bering, Xudo ham sizlarga beradi, moʻl–koʻl qilib beradi, bosib, silkitib toʻldirilgan, toshib–toʻkilgan oʻlchov bilan qoʻyningizni toʻldiradi. Sizlar qanday oʻlchov bilan oʻlchasangizlar, Xudo ham sizlarga xuddi shunday oʻlchov bilan oʻlchab beradi.”
39 Iso ularga quyidagi masalni ham aytib berdi: “Koʻr odam koʻrni yetaklab yura oladimi?! Ikkalasi ham chuqurga qulab tushadi–ku! 40 Shogird ustozidan ustun boʻlmas. Ammo mukammal bilim egallagan shogird ustoziday boʻlar.
41 Nima uchun sen birodaringning koʻzidagi zirapchani koʻrasan–u, oʻz koʻzingdagi xodani sezmaysan? 42 Koʻzingdagi xodani koʻrmay turib qanday qilib birodaringga: «Doʻstim, kel, koʻzingdagi zirapchani olib tashlay», deb aytasan? Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin koʻzingdagi xodani chiqarib ol, shunda koʻzing tiniq koʻradi va birodaringning koʻzidan zirapchani chiqara olasan.
Daraxt va uning mevasi
43 Yaxshi daraxt yomon meva bermas, yomon daraxt esa yaxshi meva bermas. 44 Har bir daraxtning qandayligi oʻz mevasidan bilinadi. Tikanzordan anjir terilmaydi, butazordan uzum uzilmaydi. 45 Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. Odamning dili nimaga toʻlib–toshsa, oʻsha tiliga chiqadi.
Dono va ahmoq binokor
46 Nega sizlar Meni: «Yo Rabbiy, yo Rabbiy!» deb chaqirasiz–u, ammo aytganlarimni qilmaysizlar? 47 Mening oldimga kelgan va soʻzlarimni eshitib, ularga rioya qilgan odam kimga oʻxshashini bilasizlarmi? 48 Uy qurayotganda, chuqur xandaq qazib, tosh ustiga poydevor oʻrnatgan kishiga oʻxshaydi u. Sel toshib, oʻsha uyni suv bosadi, lekin uyni qoʻzgʻata olmaydi. Chunki uy mahkam oʻrnatilgan . 49 Ammo Mening soʻzlarimni tinglab, ularga rioya qilmaydigan odam uyni tuproq ustiga, poydevorsiz qurgan kishiga oʻxshaydi. Uyni suv bosganda, uy oʻsha zahoti qulab tushadi. Uy butunlay vayron boʻladi.”