2–BOB
Uchinchi vahiy: tanobi bor kishi
1 Men yana tepaga qarab, qoʻlida tanobi bor bir kishini koʻrdim. 2 Undan:
— Qayerga ketyapsiz? — deb soʻradim. U menga:
— Quddusni oʻlchashga, eni va uzunligi qancha chiqarkan, shuni bilib kelishga ketyapman, — deb javob berdi.
3 Shundan keyin men bilan gaplashgan farishta ketayotgan edi, yana boshqa farishta unga peshvoz chiqib, 4-5 shunday dedi:
— Yugur, borib oʻsha yigitga ayt: “Egamiz aytmoqda:
— Odamlar va mol–qoʻylar koʻpligidan Quddus shahriga sigʻmay qoladi. Ularning koʻplari shahar tashqarisida yashaydi, ammo Men Oʻzim ularning atrofida olov devorday boʻlaman. Oʻzim shahar ichidagi ulugʻvorlik boʻlaman.”
Lirik chekinish: surgundagilar oʻz vataniga chaqiriladi
6 “Qani, turinglar! Shimoldagi yurtdan qochinglar, — demoqda Egamiz. — Men sizlarni yerning toʻrt tarafiga sochib tashlagan boʻlsam ham turinglar, — aytmoqda Egamiz. 7 — Ey Bobilda yashaydiganlar, Quddusga qochinglar.”
8 Ey Quddus! Sizlarni talon–taroj qilgan xalqlar oldiga Sarvari Olam meni yubordi. Shu orqali U Oʻz shuhratini namoyon qilmoqchi . U shunday aytmoqda: “Sizlarga tekkanlar xuddi Mening koʻz qorachigʻimga tekkanday boʻladi. 9 Qarab turinglar, Men Oʻzim ularga qarshi chiqaman. Oʻz qullari ularni talon–taroj qiladilar.” Ha, ana oʻshanda Sarvari Olam meni yuborganligini anglab yetasiz.
10 Egamiz shunday demoqda: “Qoʻshiq kuylab, xursand boʻlgin, ey Quddus xalqi! Men kelib sizlarning orangizda yashayman. 11 Oʻsha kuni koʻp xalqlar Menga yuz burib, Mening xalqim qatoriga qoʻshiladilar. Men sizlarning orangizda yashayman.” Ha, ana oʻshanda Sarvari Olam meni yuborganini anglab yetasiz. 12 Yahudo muqaddas yurtdagi Egamizning mulki boʻladi, Egamiz Quddusni “Oʻz shahrim” deb aytadi. 13 Ey odamzod, Egamiz oldida sukut saqla. Ana, U muqaddas maskanidan chiqib kelmoqda.