65–BOB
Xudo hukmining odilligi
1 Egam aytar: “Meni soʻramaganlarga koʻrindim,
Meni izlamaganlar topdi.
Menga iltijo qilmagan bir xalqqa:
«Mana Men! Shu yerdaman!» deb aytdim.
2 Itoatsiz xalqni
Kun boʻyi quchoq ochib kutdim.
Ana, ular oʻzlari xohlagan,
Toʻgʻri boʻlmagan yoʻllardan yuradi.
3 Ular yuzimga qarab turib,
Jahlimni chiqaradi.
Sajdagoh bogʻlarda toʻxtovsiz qurbonliklar keltiradi,
Gʻisht qurbongohlarda tutatqilar tutatadi.
4 Ular qabrlar orasida oʻtirib,
Yashirin joylarda arvohlarga maslahat soladi .
Ular choʻchqa goʻshtini yeydi,
Qozonlarida harom goʻsht qaynatadi.
5 Ular boshqalarga shunday deydi:
«Nariroq tur, menga tegma,
Yana muqaddasligim yuqib qolmasin.»
Bularning hammasi kun boʻyi yonib turgan olov kabidir.
Ularning tutuni burnimni achitadi.

6 Mana, hammasi koʻz oʻngimda yozib qoʻyilgan.
Men jim turmayman, ularni jazolayman.
Qilmishlariga yarasha ularga toʻliq qaytaraman.
7 Ularni oʻzlarining gunohlari uchun
Hamda otalarining gunohlari uchun jazolayman,
— demoqda Egamiz. —
Axir, ular togʻlarda tutatqilar tutatdilar,
Tepaliklarda Meni haqorat qildilar.
Shu bois qilmishlariga yarasha
Ularga jazosini beraman.”

8 Egamiz shunday aytmoqda:
“Agar bir bosh uzumda hali sharbati bor boʻlsa,
Odamlar: «Uni tashlab yubormang,
Hali foydasi tegadi», deb aytadi.
Men ham Oʻz qullarim haqi shunday qilaman,
Oʻz xalqimning hammasini yoʻq qilmayman.
9 Togʻlarimni mulk qilib olsin deb,
Isroil va Yahudo xalqiga avlod beraman.
Tanlagan xalqim togʻlarimga egalik qiladi,
Mening qullarim u yerda yashaydi.
10 Sharon tekisligi qoʻylar suruvlari uchun yaylov boʻladi,
Oxor soyligi mol–qoʻylar uchun oʻtloq boʻladi.
Ha, bu yerlar Menga intilganlarniki boʻladi.

11 Ammo baʼzilaringiz Men, Egangizni tark etdingiz,
Muqaddas togʻimni unutdingiz!
«Omad» buti uchun dasturxon yozdingiz,
«Qismat» buti uchun qadahlarga sharob quydingiz!
12 Shundaylarni Men qilichning damiga roʻpara qilaman.
Hammangiz tiz choʻkasiz, boʻgʻizlanasiz.
Axir, Men chaqirganimda javob bermadingiz,
Gapirganimda quloq solmadingiz.
Mening oldimda qabihliklar qildingiz,
Men xohlamagan narsalarni tanladingiz.”

13 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda:
“Mening qullarim yeydi, sizlar esa och qolasiz,
Qullarim ichadi, sizlar tashnalikdan azob chekasiz,
Qullarim shod–xurram boʻladi,
Sizlar esa sharmandayu sharmisor boʻlasiz.
14 Qullarimning qalbi shodlikka toʻladi,
Ular qoʻshiqlar kuylaydi.
Sizlar esa yuragingizdagi qaygʻudan dod–voy qilasiz,
Ezilgan ruhingiz tufayli uvullab yigʻlaysiz.
15 Men, Egangiz Rabbiy, sizlarni oʻldiraman,
Sizning nomingiz tanlangan xalqim orasida
Laʼnat sifatida ishlatiladi.
Oʻz qullarimga esa boshqa nom beraman.
16 Kim oʻziga bu yurtda baraka tilasa,
Men, sodiq Xudoning nomi bilan duo qiladi.
Yurtda kim ont ichadigan boʻlsa,
Mening nomim bilan ont ichadi.
Oldingi qaygʻular unutiladi,
Qaygʻu koʻz oldimdan yoʻqotiladi.
Yangi ulugʻvor ijod
17 Mana, qarang! Yangi osmon, yangi yer yaratyapman.
Ilgari boʻlganlar endi eslanmaydi,
Ular hech qachon yodga olinmaydi.
18 Yaratayotgan ishlarim tufayli
To abad shodlaning, xursand boʻling.
Men Quddusni shodlik qilib,
Xalqini quvonch qilib yaratyapman.
19 Men Quddus tufayli sevinaman,
Xalqim Menga quvonch keltiradi.
Endi Quddusda hech qachon
Yigʻi, faryod tovushi eshitilmaydi.
20 U yerda endi goʻdaklar oʻlmaydi,
Biror qariya yoshini yashamay oʻtmaydi.
Birontasi yuz yoshga kirib olamdan oʻtsa,
U haqda: «Evoh, yosh ketdi», deb aytadilar.
Yuzga yetmay oʻlganni laʼnati deb biladilar .
21 Xalqim uylar qurib, oʻzlari oʻsha yerda yashaydi,
Tokzorlar oʻtqazib, hosilini oʻzlari yeydi.
22 Endi ular qurgan uylarda boshqalar yashamaydi,
Ekkan daraxtlarining hosili boshqalarga nasib boʻlmaydi.
Xalqimning umri chinor umriday uzoq boʻladi,
Tanlagan xalqim oʻz qoʻllarining mahsulidan uzoq vaqt bahramand boʻladi.
23 Ularning mehnati behuda ketmaydi,
Nasllari baxtsizlikka mubtalo boʻlmaydi.
Ular Men, Egasidan baraka topgan xalqdir,
Ularning avlodiga ham Men baraka beraman.
24 Menga yolvormaslaridan ham oldin
Xalqimga javob beraman.
Gapirayotgan paytining oʻzidayoq
Ularga quloq tutaman.
25 Boʻri bilan qoʻzichoq birga oʻtlab yuradi,
Sher ham hoʻkiz kabi somon yeydi,
Ilon esa tuproq yalaydi.
Muqaddas togʻimning biron yerida
Hech bir yovuzligu yomonlik qilinmaydi.”
Egamizning kalomi shudir.