33–BOB
Yahudo shohi Manashe
1 Manashe oʻn ikki yoshida shoh boʻlib, Quddusda ellik besh yil hukmronlik qildi. 2 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Egamiz Oʻz xalqi Isroilning oldidan quvib yuborgan xalqlarning jirkanch odatlariga ergashdi. 3 Otasi Hizqiyo buzib tashlagan sajdagohlarni qaytadan barpo etdi, Baalga atab qurbongohlar qurdi, Asheraga atab ustunlar oʻrnatdi. Barcha samoviy jismlarga sajda etib xizmat qildi. 4 Manashe Egamizning to abad ulugʻlanishi kerak boʻlgan uyida begona xudolarga atab, qurbongohlar qurdi. 5 Egamiz uyining ikkala hovlisida ham jamiki samoviy jismlarga sajda qilish uchun qurbongohlar barpo qildirdi. 6 Oʻgʻillarini Xinnum soyligida qurbonlik qilib, olovda kuydirdi , follar ochtirdi, taʼbirchilarga eʼtiqod qildi, sehr–jodu bilan shugʻullandi, arvoh chaqiruvchilarga maslahat soldi. Egamiz oldida koʻp qabih ishlar qilib, Uni gʻazablantirdi. 7 Oʻzi yasattirgan butni Xudoning uyiga oʻrnatdi. Xudo bu uy toʻgʻrisida Dovud bilan uning oʻgʻli Sulaymonga shunday degan edi : “Men bu uyni va Quddusni Isroil qavmlari yashaydigan maskanlar orasidan tanlab olganman. Men to abad oʻsha yerda ulugʻlanaman. 8 Ular amrlarimni bitta qoldirmay bajarsalar, qulim Muso orqali bergan qonun–qoida va talablarimga rioya qilsalar, Isroil xalqining ota–bobolariga Men bergan yerdan haydalishlariga yoʻl qoʻymayman.” 9 Manashe Yahudo xalqini va Quddus ahlini shu qadar yoʻldan ozdirdiki, ular Kanʼon yurtidan Egamiz yoʻqotib yuborgan xalqlardan ham koʻra, koʻproq qabih ishlar qildilar.
Shoh Manashe tavba qiladi
10 Egamiz shoh Manasheni va uning xalqini ogohlantirdi, lekin ular quloq solmadilar. 11 Shuning uchun Egamiz ularga qarshi Ossuriya lashkarboshilarini joʻnatdi. Ular Manasheni asirga oldilar, burnidan halqa oʻtkazib, uni zanjirband qildilar va Bobilga olib keldilar. 12 U kulfatda qolgach, Egasi Xudodan shafqat soʻrab iltijo qildi, ota–bobolarining Xudosiga boʻyin egdi. 13 Iltijo qilganda, Xudo Manashening iltijosini qabul qildi, uni yana Quddusga — oʻz shohligiga qaytardi. Shunda Manashe, Egamiz haqiqatan ham Xudo ekanligini bildi.
14 Shundan keyin Manashe Dovud qalʼasining sharq tomonidagi tashqi devorini tuzatib, uni baland qilib koʻtartirdi. Bu devor Qidron soyligidagi Gixoʻn bulogʻidan to shimoldagi Baliq darvozasigacha va shahardagi Ofel tepaligining atrofi boʻylab qurilgan edi. Manashe Yahudoning hamma mustahkam shaharlariga lashkarboshilar tayinladi. 15 Egamizning uyidan begona xudolarning tasvirlarini va oʻzi oʻrnatgan butni olib tashladi, Egamizning uyi turgan togʻda va Quddusning boshqa joylarida oʻzi qurdirgan qurbongohlarni buzdirib, shahar tashqarisiga chiqartirdi. 16 Soʻng Egamizning qurbongohini qaytadan qurdirib, qurbongoh ustida tinchlik qurbonliklari va shukrona qurbonliklarini atadi. Yahudo xalqiga: “Isroil xalqining Xudosi — Egamizga sajda qilinglar”, deb farmon berdi. 17 Xalq boshqa sajdagohlarda qurbonlik qilishda davom etdi. Ammo qilgan barcha qurbonliklarini ular Egasi Xudoga atar edilar.
Manashe hukmronligining soʻnggi davrlari
18 Manashening boshqa ishlari, Xudoga qilgan ibodati, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomidan valiylar unga bergan xabarlar “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 19 Uning iltijosi va Xudoning bergan javobi, tavba qilmasdan oldin qilgan hamma gunohlari va Xudoga qilgan xiyonati, qurdirgan sajdagohlari, sigʻingan butlari va Asheraning ustunlari toʻgʻrisida valiylar kitobida yozilgan. 20 Manashe olamdan oʻtib, oʻz uyida dafn qilindi. Oʻrniga oʻgʻli Omon shoh boʻldi.
Yahudo shohi Omon
21 Omon shoh boʻlganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda ikki yil hukmronlik qildi. 22 Omon ham, otasi Manashe kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Otasi Manashe yasattirgan hamma butlarga qurbonlik qilib, xizmat etdi. 23 Otasi Manashe Egamizga boʻyin eggan boʻlsa, Omon Egamizga boʻyin egmadi, otasidan ham koʻproq gunoh orttirdi.
24 Omonning aʼyonlari fitna uyushtirib, uni oʻz saroyida oʻldirdilar. 25 Yahudo xalqi oʻz shohi Omonga fitna uyushtirganlarning hammasini oʻldirib, oʻrniga oʻgʻli Yoʻshiyoni shoh qilib koʻtardi.