26–BOB
Muqaddas chodirga oid koʻrsatmalar
Chodirning ichki qavati
1 Endi Muqaddas chodirning oʻziga kelsak, uning ichki qavatini qildir. U mayin zigʻir matosidan tikilgan oʻnta choyshabdan iborat boʻlsin. Mohir ustalar bu choyshablarni bezatib, ularga koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini solishsin. 2 Har bir choyshabning boʻyi yigirma sakkiz tirsak, eni toʻrt tirsak boʻlsin. Hamma choyshablarning oʻlchovi bir xil boʻlsin. 3 Choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir. 4-5 Hosil boʻlgan ikki uzun boʻlak choyshabning boʻyiga koʻk matodan elliktadan halqa tiktir. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga roʻparama–roʻpara boʻlsin. 6 Keyin oltindan ellikta ilgak yasattir, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda Chodirning ichki qavati bir butun boʻladi .
Chodirning tashqi qoplamalari
7 Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan oʻn bitta choyshab tiktir. 8 Har bir choyshabning boʻyi oʻttiz tirsak, eni toʻrt tirsak boʻlsin. Oʻn bitta choyshabning hammasi bir oʻlchovda boʻlsin. 9-11 Choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan oltitasini ham shunday qildir. Ulangan ikki boʻlak choyshabning boʻyiga elliktadan halqa tiktir. Keyin bronzadan ellikta ilgak yasat, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda Chodirning qoplamasi bir butun boʻladi . Chodir ustiga qoplamani tashlaganlaringizda, Chodirga kiraverishning yuqorisida oltinchisini uzunasi boʻylab ikki bukla. 12 Qoplamaning boʻyidan qolgan ikki tirsagi Chodirning orqasida yerga yoyilib turadi . 13 Qoplamaning eni oxiridagi qoʻshimcha bir tirsak Chodirning ikki yonboshida yerga osilib turadi va Chodirni butunlay qoplaydi . 14 Bu qoplama ustiga qoʻyish uchun qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisidan qoplama, soʻng yumshoq teridan tashqi qoplama qildir.
Chodirni tutib turadigan rom
15 Akas yogʻochidan Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar yasat. 16 Har bir romning boʻyi oʻn tirsak, eni bir yarim tirsak boʻlsin. 17 Har bir romning ostida bir–biriga parallel boʻlgan ikkita tirgak yasat. 18 Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasat. 19 Bu romlar ostiga qoʻyish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildir, toki har bir tirgak ostida bitta taglik boʻlsin. 20 Chodirning shimol tomonidagi devori uchun yigirmata rom yasat. 21 Har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan, jami qirqta kumush taglik yasat. 22 Chodirning orqadagi — gʻarb tomonidagi devor uchun oltita rom, 23 Chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasat. 24 Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtir. Bitta burchak hosil qilish uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtir. Bu har ikkala burchak shu yoʻl bilan hosil qilinadi. 25 Shunday qilib, har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan — oʻn oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor yasaladi.
26 Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yogʻochidan beshta tamba, 27 shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — gʻarb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasat. 28 Romlarning yarmigacha oʻrnashtirilgan oʻrtadagi tambalar Chodirning boshidan oxirigacha choʻziladi. 29 Romlarni oltin bilan qoplat, tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtir , tambalarni ham oltin bilan qoplat.
30 Chodirni Men senga shu yerda — togʻda koʻrsatgan namuna boʻyicha oʻrnashtir.
Chodirning ichki pardasi
31 Mayin zigʻir matosidan ichki pardani tiktir. Mohir ustalar bu pardani bezatib, unga koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini solishsin. 32 Akas yogʻochidan toʻrtta ustun yasat. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Kumush taglikka ustunlarni bittadan oʻrnashtir va ichki pardani ustundagi ilgaklarga osdir. 33 Ichki parda Chodir shipidagi ilgaklar ostida osilib tursin. Ahd sandigʻi ichki pardaning orqasiga olib kirilsin. Ichki parda Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turadi. 34 Sandiqning qopqogʻi Eng muqaddas xonaga olib kirilsin, uni Ahd sandigʻi ustiga qoʻydir. 35 Xontaxtani Chodirning shimol tomoniga — ichki pardaning tashqarisiga qoʻydir. Chiroqpoyani esa Chodirning janub tomoniga — ichki pardaning tashqarisidagi xontaxtaning roʻparasiga oʻrnat.
Chodirning kirishidagi parda
36 Chodirga kirish joyi uchun mayin zigʻir matosidan pardani tiktir. Parda ustiga koʻk, safsar va qirmizi iplardan nafis naqsh soldir. 37 Akas yogʻochidan beshta ustun yasat, toki pardani ushlab tursin. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Eritilgan bronzadan ustunlar ostiga qoʻyish uchun beshta taglik yasat.