4–BOB
Mardoxay Esterdan yordam soʻraydi
1 Mardoxay yuz bergan voqeadan xabardor boʻlgach, kiyimlarini yirtdi, qanorga oʻranib, ustiga kul sochdi . Keyin qattiq alamli faryod koʻtarib, shahar boʻylab yurdi. 2 Oʻsha holatda saroy darvozasiga bordi, lekin qanor kiyib saroy darvozasidan ichkariga kirish mumkin emasdi. 3 Shuningdek, har bir viloyatda — shohning amru farmoni yetib borgan joylarda yahudiylar chuqur qaygʻuga botdilar, roʻza tutib, yigʻlab nola qildilar. Koʻpchilik qanorga oʻranib va kulga belanib yotdi. 4 Esterning kanizlari va xizmatkorlari kelib, bu haqda xabar berishganda, malika qattiq tashvishga tushdi. “Mardoxay ustidagi qanorni yechib, mana bu kiyimlarni kiyib olsin”, deb malika kiyim berib yuborgan edi, Mardoxay olmadi. 5 Esterning xizmatiga shoh tayinlagan Xatax ismli mulozim bor edi. Ester Xataxni chaqirib, unga: “Bu nimasi, Mardoxay nimaga bunday qilyapti ekan, bilib kel–chi”, deb buyurdi. 6 Xatax shoh saroyi darvozasi oldidagi shahar maydoniga — Mardoxayning yoniga ketdi.
7 Mardoxay oʻzining boshiga tushgan hamma kulfatni, Xomon yahudiylarga qirgʻin keltirish uchun shoh xazinasiga qancha miqdorda kumush berishga vaʼda qilganini Xataxga aytib berdi. 8 Keyin Mardoxay Xataxga yahudiylarni qirish toʻgʻrisida Shushanda eʼlon qilingan farmondan bir nusxasini berib: “Esterga buni koʻrsat, u hamma narsani tushunib olsin”, dedi. “Ester shoh huzuriga kirib, oʻz xalqiga rahm etishini iltijo qilib soʻrasin”, deb tayinladi.
9 Xatax qaytib kelib, Mardoxayning gaplarini Esterga aytib berdi. 10 Ester: “Mardoxayga ushbu gaplarni yetkaz”, deb Xataxni yana joʻnatdi: 11 “Shoh saroyida hamma xizmat qilayotganlar va shohning qoʻli ostidagi viloyatlar xalqi shuni biladilarki, kimki ichki hovliga — shoh huzuriga chaqirilmasdan kirsa, erkakmi, ayolmi, baribir, hukm bitta — uni oʻlim kutadi. Shoh saltanatning oltin hassasini kimga tomon uzatsagina, oʻsha tirik qoladi. Lekin oʻttiz kundan buyon shoh meni chaqirgani yoʻq.”
12 Esterning bu gaplarini Mardoxayga aytishgach, 13 u Esterga shu javobni yetkazishni soʻradi: “Saroyda yashaganim uchun yahudiylardan yolgʻiz oʻzim omon qolaman, deb oʻylamagin. 14 Agar shu damlarda sen sukut saqlasang, yahudiylarga boshqa joydan najot keladi, ular ozod boʻladilar. Sen va otang xonadoni esa halok boʻlasizlar. Kim bilsin, balki shunaqa kunlar uchun sen malikalik martabasiga erishgandirsan.”
15 Ester ham Mardoxayga quyidagicha javob joʻnatdi: 16 “Boring, Shushandagi hamma yahudiylarni toʻplab, men uchun roʻza tutinglar. Uch kechayu uch kunduz hech narsa yemanglar ham, ichmanglar ham. Men ham kanizaklarim bilan roʻza tutaman, soʻngra qonunga xilof boʻlsa ham, shoh huzuriga boraman. Mayli, oʻlsam, oʻlay.”
17 Mardoxay ketdi va Ester nima buyurgan boʻlsa, hammasini qildi.