15–BOB
1 Biz, imoni kuchlilar, oʻzimizni mamnun qilishni koʻzlamasdan, imoni sust boʻlgan birodarlarning ojizligiga sabr–bardosh qilishimiz kerak. 2 Har birimiz oʻzganing manfaatini koʻzlab, unga dalda berish niyatida uni mamnun qilishga harakat qilaylik. 3 Hattoki Masih ham Oʻzini mamnun qilishni koʻzlamagan, zero, Muqaddas bitiklarda yozilganiday:
“Ey Xudo, Seni haqoratlaganlar Meni haqorat qilgan boʻlar.”
4 Muqaddas bitiklarda nimaiki yozilgan boʻlsa, bizning taʼlim olishimiz uchun yozilgan. Biz bu bitiklardan sabr va tasalli topib, umidimizda mahkam turishimiz lozim.
5 Iso Masihning yoʻlida yurar ekansiz, sabr va tasalli manbai boʻlgan Xudoning Oʻzi sizlarga hamfikr boʻlishni ato qilsin. 6 Shunda sizlar yakdillik bilan, bir ovozdan Rabbimiz Iso Masihning Otasi — Xudoni ulugʻlaysizlar.
Xushxabar barcha xalqlar uchundir
7 Masih sizlarni Oʻz birodarlariday qabul qilgani kabi, sizlar ham bir–biringizni birodarlarday qabul qiling. Shunday qilish Xudoga shuhrat keltiradi. 8 Men sizlarga aytyapman: Xudoning sodiqligini koʻrsatib, Uning ota–bobolarimizga bergan vaʼdalarini bajarish uchun Iso Masih yahudiylarning xizmatkori boʻlib keldi. 9 Masihning kelishidan yana bir maqsadi shu ediki, gʻayriyahudiylar ham Xudoning mehr–shafqati uchun Uni ulugʻlasinlar. Muqaddas bitiklarda yozilganiday:
“Xalqlar ichra Senga hamdlar aytaman!
Seni kuylab sano aytaman!”
10 Yana boshqa joyda shunday yozilgan: “Ey ellar, Uning xalqi bilan birga shodlaning.” 11 Yana shunday deb ham yozilgan:
“Ey barcha xalqlar, Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Ey jamiki elatlar, Uni olqishlanglar!”
12 Ishayo kitobida ham quyidagicha yozilgan:
“Essay tomiridan bir Zot kelib chiqar,
U xalqlar ustidan hukmronlik qilar,
Xalqlar esa Unga umid bogʻlaydilar.”
13 Imon yoʻlidan yurar ekansiz, umid manbai boʻlgan Xudo qalbingizni sevinch va tinchlikka toʻldirsin, shunda sizlar Muqaddas Ruhning kuchi ila umidga boy boʻlasizlar.
Pavlus gʻayriyahudiylarga xizmat qilishga daʼvat etilgan
14 Ey birodarlarim, men aminmanki, sizlar ezgulikka va ilm–maʼrifatga boysizlar, bir–biringizga pand–nasihat qilishga qodirsizlar. 15 Shuning uchun baʼzi bir narsalarni eslatay deb, sizlarga bu xatni yozishga jurʼat qildim, chunki men Xudoning inoyati bilan 16 Iso Masihning xizmatkori etib tayinlanganman. Xudoning Xushxabarini aytib, ruhoniy sifatida gʻayriyahudiylarga xizmat qilmoqdaman. Buning natijasida, gʻayriyahudiylar Xudoga manzur boʻladigan, Muqaddas Ruh orqali tabarruk qilingan qurbonlikday Xudoga tortiq etilmoqdalar.
17 Shunday qilib, Iso Masih tufayli Xudoning yoʻlida qilgan ishlarim bilan maqtansam boʻladi. 18-19 Kuchli moʻjizalaru alomatlar bilan, mening aytganlarim va qilganlarim orqali Masih gʻayriyahudiylarni Xudoga itoat qilish yoʻliga boshladi. Ammo Iso Masihning men orqali qilgan ishlaridan boshqa narsalar haqida gapirishga jurʼat etmayman, chunki bularning hammasi Xudo Ruhining qudrati ila sodir boʻldi. Shunday qilib, men Quddusdan boshlab, to Illurikon hududiga qadar Masihning Xushxabarini yoyib, oʻz vazifamni bajardim. 20 Shu bilan birga, men boshqalarning poydevori ustiga bino qurmayin deb, hali Masihning nomi ovoza qilinmagan yerlarda Xushxabarni yoyish uchun jon kuydiryapman. 21 Muqaddas bitiklarda yozilganiday:
“U haqda xabarsiz boʻlganlar endi koʻradilar,
U haqda eshitmaganlar endi anglab yetadilar.”
Pavlusning Rimga borish niyati
22 Xushxabarni yoyish xizmatim tufayli anchadan beri sizlarning oldingizga bora olganim yoʻq. 23 Endi esa bu joylarda menga boshqa ish qolmagan. Men koʻp yillardan beri sizlarni koʻrishni orzu qilaman. 24 Shuning uchun Ispaniyaga borayotganimda, yoʻlda sizlarni koʻrib oʻtmoqchiman, bir oz boʻlsa–da, diydoringizga toʻyganimdan keyin, yoʻlimda davom etishim uchun kerakli boʻlgan zarur ehtiyojimni qondirarsizlar degan umiddaman.
25 Hozircha men Xudo azizlariga yordam bergani Quddusga ketyapman . 26 Chunki Makedoniya va Axayadagi birodarlar mablagʻ yigʻib, Quddusdagi kambagʻal birodarlarga yordam berishga qaror qildilar. 27 Buni ham qarz, ham farz deb bilganlari uchun xursandchilik bilan shunday qildilar. Axir, gʻayriyahudiylar yahudiylar tufayli ruhiy neʼmatlarga sazovor boʻldilar–da, shuning uchun ular oʻz moddiy boyliklarini yahudiylar bilan baham koʻrishni loyiq topdilar. 28 Men bu ishni bajarib, toʻplangan mablagʻni ularga topshirganimdan keyin, sizlarning oldingizda toʻxtab oʻtaman. Soʻngra Ispaniyaga ketaman. 29 Aminmanki, men sizlarni koʻrishga borganimda, biz birgalikda Masih Xushxabari keltiradigan qut–barakalarni toʻliq baham koʻramiz.
30 Ey birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih va Muqaddas Ruh ato qiladigan mehr–muhabbat haqi sizlarga yolvoraman: men uchun birgalikda Xudoga ibodat qilaylik. 31 Yahudiyadagi imonsizlarning qoʻlidan qutulishim uchun va Quddusdagi xizmatim u yerdagi Xudoning azizlariga maʼqul boʻlishi uchun ibodat qilinglar. 32 Xudo xohlasa, men shod–xurramlik bilan sizlarning oldingizga boraman, sizlar bilan birga boʻlganimdan qalbim orom topadi. 33 Tinchlik manbai boʻlgan Xudo hammangizga yor boʻlsin. Omin!