8–BOB
Ikkinchi falokat: qurbaqa ofati
1 Egamiz Musoga yana aytdi:
— Firʼavnning huzuriga borib, Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin. 2 Agar sen xalqimga ijozat berishdan bosh tortsang, butun yurtingga qurbaqa yuborib shikast yetkazaman. 3 Daryo qurbaqalar bilan toʻlib–toshadi. Qurbaqalar daryodan chiqib, sening saroyingga, yotoqxonangga, toʻshagingga, aʼyonlaringu xalqingning uylariga, tandirlariga va xamir togʻoralariga ham kirib oladi. 4 Qurbaqalar sening, Misr xalqining va barcha aʼyonlaringning ustilarida sakrab yuradi.”
5 Egamiz Musoga yana gapirdi:
— Horunga ayt, u qoʻlidagi tayogʻini daryolar, anhorlar, koʻllar tomonga uzatib, qurbaqalarni chiqarsin. Misr yurtini qurbaqalar bosib ketsin.
6 Horun tayogʻini Misr suvlari tomonga uzatdi. Oʻsha zahoti qurbaqalar chiqib, Misrni bosib ketdi. 7 Misrlik sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan Misr yurtiga qurbaqalar chiqardilar. 8 Shunda firʼavn Muso bilan Horunni chaqirib aytdi:
— Egangizga: “Firʼavnni va uning xalqini Oʻzing qurbaqalardan xalos qilgin”, deb ibodat qilinglar. Shundan keyin Isroil xalqiga ketgani ijozat beraman, toki ular borib Egangizga qurbonliklar keltirsin.
9 Shunda Muso firʼavnga dedi:
— Xoʻp, vaqtini oʻzing tayinla. Qurbaqalar sizlardan, xonadonlaringizdan yoʻqolsin, faqat Nil daryosida qolsin deb, sen uchun, aʼyonlaring va xalqing uchun qachon ibodat qilay?
10 — Ertaga, — dedi firʼavn.
— Boʻpti, sen aytganday boʻladi! — deb javob berdi Muso. — Oʻshanda Egamiz Xudoga oʻxshagan xudo yoʻqligini bilib olasan. 11 Qurbaqalar sendan, aʼyonlaringdan, xalqingdan va xonadonlaringizdan yoʻqoladi. Faqat Nilda qoladi, xolos.
12 Shunday qilib, Muso bilan Horun firʼavn huzuridan chiqdilar. Firʼavn boshiga keltirgan qurbaqa ofatini yoʻq qilgin, deb Muso Egamizga iltijo qildi. 13 Egamiz Musoning iltijosini eshitdi, uylardagi, hovlilardagi va dalalardagi qurbaqalar oʻldi. 14 Qurbaqalarning oʻligini uyum–uyum qildilar. Misr yurtini qoʻlansa hid tutib ketdi. 15 Lekin firʼavn Misr yurti qurbaqadan xalos boʻlganini koʻrgach, Egamiz aytganday, yuragini tosh qilib, Muso bilan Horunning gapiga quloq solmadi.
Uchinchi falokat: burga ofati
16 Egamiz Musoga gapirishda davom etdi:
— Horunga buyur, u tayogʻini uzatib, yerning changiga ursin. Shunda yerdagi chang burgaga aylanib, butun Misrni qoplaydi.
17 Ular Egamizning aytganini qildilar: Horun qoʻlidagi tayogʻini uzatib, yerning changiga urgan edi, insonlar bilan hayvonlarning ustiga burga yopirildi. Butun Misr yerining changi burgaga aylandi. 18 Odamlarni, hayvonlarni burga bosib ketdi. Sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan changni burgaga aylantirmoqchi boʻldilar, lekin uddasidan chiqolmadilar. 19 Ular firʼavnga: “Bu Xudoning ishi”, deyishdi. Lekin Egamiz aytganday, baribir, firʼavnning yuragi toshligicha qolib, Muso bilan Horunning aytganlariga quloq solmadi.
Toʻrtinchi falokat: soʻna ofati
20 Egamiz Musoga yana gapirdi:
— Ertaga saharda oʻrningdan tur. Firʼavn daryoga borayotganda, uning oldiga borgin–da, Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin. 21 Agar xalqimni qoʻyib yubormasang, Men oʻzingning, aʼyonlaringning, xalqingning ustiga soʻnalar galasini yuborib jazolayman. Misrliklarning uylari, ular yashayotgan yer soʻnaga toʻlib–toshadi. 22 Lekin oʻsha kuni Oʻz xalqim yashayotgan Goʻshen yerlarini ajratib qoʻyaman. U yerda soʻna boʻlmaydi. Men, Egangiz, bu yurtda bor ekanligimni bilib olinglar deb, shuni qilaman. 23 Men Oʻz xalqim bilan sening xalqingni ayirib qoʻyaman . Bu moʻjiza ertaga yuz beradi.”
24 Egamiz aytganini qildi: firʼavnning saroyiga, aʼyonlarining uylariga gala–gala soʻna yubordi. Butun Misr yurti soʻna oqibatida xarob boʻldi. 25 Shundan soʻng firʼavn Muso bilan Horunni chaqirib: “Boringlar, shu yurt ichida Xudoyingizga qurbonliklar keltiraveringlar”, deb aytdi.
26 — Bunday qilsak, toʻgʻri boʻlmaydi, — deb javob berdi Muso. — Egamiz Xudoga hayvonlarni qurbonlik qilsak, Misrliklar buni jirkanch deb hisoblaydilar. Misrliklar qabih deb hisoblagan ishni yana ularning koʻzi oldida qilsak, bizni toshboʻron qilmaydilarmi?! 27 Egamiz Xudo, bizga amr etganday, Unga qurbonliklar keltirgani sahroda uch kun yoʻl yurib borishimiz kerak.
28 — Mayli, ijozat beraman, — dedi firʼavn. — Sahroga borib, Egangiz Xudoga qurbonliklar keltiringlar. Lekin uzoqqa ketmaysizlar. Endi sen hoziroq men uchun ibodat qil.
29 — Huzuringdan chiqishim bilanoq Egamizga: “Ertaga soʻnalar firʼavndan, aʼyonlaridan, xalqidan daf boʻlsin”, deb ibodat qilaman, — dedi Muso. — Lekin xalq Egamizga qurbonliklar keltirgani ketayotganda, bizni aldama, ijozat bermay qoʻyma.
30 Muso firʼavn huzuridan chiqib, Egamizga ibodat qildi. 31 Egamiz Musoning ibodatini eshitdi. Firʼavndan, uning aʼyonlaridan, Misr xalqidan soʻnalarni daf qildi. Birorta ham soʻna qolmadi. 32 Lekin firʼavn bu safar ham yuragini tosh qilib, xalqqa ketishga ijozat bermadi.