12–BOB
Natan paygʻambar Dovudni koyiydi
1 Egamiz Natan paygʻambarni Dovudning huzuriga joʻnatdi. Natan Dovudning huzuriga kelib, gap ochdi:
— Bir shaharda ikki odam yashar ekan. Oʻsha odamlardan biri boy, boshqasi kambagʻal ekan. 2 Boyning juda koʻp mol–qoʻylari bor ekan. 3 Kambagʻalning esa bittagina sotib olib boqayotgan sovliq qoʻzichoqdan boshqa hech narsasi yoʻq ekan. Qoʻzichoq kambagʻal odamning uyida bolalar bilan birga katta boʻlayotgan ekan. Qoʻzichoq uning taomidan yeb, idishidan suv ichar, qoʻynida uxlarkan. Qisqasi, qoʻzichoq oʻsha odamning qiziday ekan. 4 Bir kuni boy odamning uyiga bir yoʻlovchi tashrif buyuribdi. Boy mehmonga taom hozirlash uchun oʻzining mol–qoʻylaridan bittasini ham soʻyishga koʻzi qiymabdi–da, kambagʻalning qoʻzisini soʻyib, mehmonga taom hozirlabdi.
5 Dovud boy odamning ishidan qattiq gʻazablandi:
— Xudo shohid! Shunday ish qilgan odam oʻlimga loyiqdir! — dedi Natanga. 6 — Bagʻritoshlik qilib, shunday ish qilgani uchun u qoʻzichoq evaziga toʻrtta qoʻy toʻlashi lozim.
7 Shu gapdan keyin Natan Dovudga:
— Oʻsha odam sensan! — dedi. — Isroil xalqining Xudosi — Egam shunday aytmoqda: “Men senga moy surtib Isroilga shoh qildim, Shoulning qoʻlidan xalos etdim. 8 Senga xoʻjayiningning xonadonini inʼom qildim, xotinlarini qoʻyningga solib qoʻydim. Isroil va Yahudo xalqini senga berdim. Agar bular oz boʻlsa edi, yana nimalarni bermasdim! 9 Nega Mening oldimda qabihlik qilib, soʻzimni pisand qilmading? Xet xalqidan boʻlgan Uriyoni oʻldirding, ha, Ommonlarning qilichi bilan jonini olding. Xotinini esa tortib olding. 10 Meni pisand qilmaganing uchun, Uriyoning xotinini tortib olganing uchun bundan buyon qilich sening xonadoningga doim xavf solib turadi.” 11 Egam shunday aytmoqda: “Oʻzingning xonadoningdan oʻzingga yomonlik keltiraman. Koʻz oʻngingda xotinlaringni yaqinlaringdan biriga beraman. Oʻsha yaqining kuppa–kunduzi xotinlaringning qoʻyniga kiradi. 12 Ha, sen bu ishni yashirincha qilding, Men esa, butun Isroil xalqi koʻrsin deb, kuppa–kunduzi qilaman.”
13 — Egam oldida gunoh qildim! — dedi Dovud Natanga.
— Egam gunohingdan oʻtdi, oʻlmaysan, — dedi Natan. 14 — Biroq sen shu ishni qilib, Egamizni mensimaganing uchun tugʻilgan bolang nobud boʻladi.
15 Natan shu gaplarni aytib, uyiga ketdi.
Dovudning oʻgʻli vafot etadi
Uriyoning xotini Dovuddan farzand koʻrgan edi. Egamiz esa oʻsha bolani ogʻir xastalikka mubtalo qildi. 16 Dovud oʻgʻli uchun Xudoga iltijo qilib, roʻza tutdi, uyiga borib kechalari koʻkragini zaxga berib yotaverdi. 17 Saroy oqsoqollari uni yerdan turgʻizmoqchi boʻlishsa ham, Dovud turmadi, ular bilan birga taom ham yemadi.
18 Yettinchi kuni bola olamdan oʻtdi. Aʼyonlar, bolangiz olamdan oʻtdi, deb xabar berishga qoʻrqishdi. “Bola tirik paytida, biz shoh bilan suhbatlashdik, ammo u bizning gapimizga quloq solmadi”, deyishdi oʻzaro. “Bolangiz vafot etdi, deb shohga qanday aytamiz? U oʻzini oʻzi biror narsa qilib qoʻyishi mumkin.”
19 Dovud aʼyonlarining oʻzaro shivir–shivir qilayotganlarini eshitib, bolasining nobud boʻlganini bildi.
— Bolam nobud boʻldimi? — deb soʻradi ulardan.
— Ha, nobud boʻldi, — deyishdi aʼyonlar.
20 Shundan keyin Dovud yerdan turdi. Yuvinib, xushboʻy moy surtdi va kiyimlarini almashtirdi. Egamizning uyiga borib, sajda qildi. Soʻng uyiga qaytib kelib:
— Menga taom keltiringlar, — deb buyurdi. Dovud oldiga qoʻyilgan taomni yedi. 21 Shunda aʼyonlari soʻrashdi:
— Nimaga bunday qilyapsiz? Bola tirikligida roʻza tutdingiz, yigʻladingiz, u nobud boʻlgandan soʻng esa, oʻrningizdan turdingiz, taom yedingiz.
22 Dovud shunday javob berdi:
— Ha, bolam tirikligida roʻza tutdim, yigʻladim. Kim biladi, Egam menga shafqat qilar, bolam tirik qolar, deb oʻylagan edim, 23 lekin endi bolam nobud boʻldi. Shunday boʻlgach, nega roʻza tutayin?! Bolani qaytarib olib kela olarmidim?! Men uning yoniga boraman, lekin u mening oldimga qaytib kelmaydi.
Sulaymonning tugʻilishi
24 Dovud xotini Botshevaga tasalli berdi, qoʻyniga kirib, u bilan qovushdi. Botsheva bir oʻgʻil tugʻdi. Dovud bolaga Sulaymon deb ism qoʻydi. Egamiz ham bolani yaxshi koʻrib suydi 25 va bu haqda Natan paygʻambar orqali xabar berdi. Egamiz bolani sevgani uchun, Natan unga Yodidayo deb ism qoʻydi.
Dovud Rabba shahrini qoʻlga kiritadi
26 Bu paytda Yoʻab Ommonlarning Rabba shahriga hujumni davom ettiraverdi. Nihoyat, shaharning shoh saroyi joylashgan qalʼasini bosib oldi. 27 Keyin Dovudga choparlar orqali shunday xabar joʻnatdi: “Rabba shahriga hujum qilib, hovuzni qoʻlga kiritdim. 28 Endi qolgan sipohni boshlab keling, shaharni siz oʻrab, bosib oling, toki shaharni men qoʻlga kiritgan boʻlmayin, aks holda, shaharni Yoʻab olgan deb aytib yurishadi.”
29 Dovud hamma sipohlarini toʻplab, Rabba shahriga yoʻl oldi. U shaharga hujum qilib, qoʻlga kiritdi. 30 Ommon shohining boshidagi tojini ham oldi. Qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, ogʻirligi ikki pud keladigan bu oltin toj Dovudning boshiga kiydirildi. Dovud shahardan katta miqdorda oʻlja yigʻdi. 31 U shahar aholisini arra, choʻkich va bolta bilan bajariladigan ishlarga, gʻisht tayyorlashga majbur qildi. Dovud Ommon shaharlarining hammasida shu usulni qoʻlladi. Shundan keyin u jamiki lashkarini boshlab, Quddusga qaytib ketdi.