2–BOB
Iso Masihning tugʻilishi
1 Oʻsha kunlarda Qaysar Avgust : “Butun Rim imperiyasidagi aholi roʻyxatga olinsin ”, degan farmon chiqardi. 2 Bu ilk aholi roʻyxati boʻlib, Suriyada Kviriniyus hokim boʻlgan paytda oʻtkazildi . 3 Roʻyxatdan oʻtish uchun hamma oʻz shahriga bordi.
4 Yusuf ham Jaliladagi Nosira shahridan Yahudiyaning Baytlahm shahriga yoʻl oldi. Bu shahar Dovud shahri edi. Yusuf Dovud xonadonidan, uning naslidan edi. 5 Yusuf roʻyxatdan oʻtgani Maryamni ham oʻzi bilan olib ketdi. Maryam Yusufga unashtirilgan boʻlib, farzand kutayotgan edi. 6 Ular oʻsha yerda boʻlganlarida Maryamning oy–kuni toʻldi. 7 U oʻzining toʻngʻich oʻgʻlini tugʻdi. Uni yoʻrgaklab, oxurga yotqizib qoʻydi, chunki mehmonxonada ularga joy yoʻq edi.
Choʻponlar va farishtalar
8 Baytlahm yaqinida choʻponlar bor edi. Ular tunda yaylovdagi suruvini qoʻriqlash uchun dalada yotib qolgan edilar. 9 Ularning qarshisida Egamizning bir farishtasi paydo boʻldi, Egamizning ulugʻvorligi ularning atrofini yoritib yubordi. Choʻponlar qattiq vahimaga tushdilar.
10 Ammo farishta ularga shunday dedi:
— Qoʻrqmanglar! Men sizlarga Xushxabar olib keldim. Bu xabar hammaga buyuk quvonch keltiradi. 11 Bugun Dovud shahrida sizlar uchun Najotkor tugʻildi. U Masihdir , bizning Rabbimizdir. 12 Mana, sizlarga Uning belgisi: oxurda yotgan, yoʻrgaklangan Chaqaloqni topasizlar.
13 Birdan farishtaning yonida samo lashkari boʻlmish son–sanoqsiz farishtalar paydo boʻldi. Ular Xudoga hamdu sano aytishardi:

14 “Falak toqidagi Xudoga sharaflar boʻlsin,
Xudodan marhamat topgan yerdagi bandalarga tinchlik kelsin!

15 Farishtalar osmonga koʻtarilib ketgandan keyin, choʻponlar bir–biriga dedilar:
— Qani, Baytlahmga boraylik! Egamiz bizga aytgan voqea yuz berganini koʻraylik!
16 Ular shosha–pisha bordilar, Maryam, Yusuf va oxurda yotgan Chaqaloqni koʻrdilar. 17 Ular Chaqaloqni koʻrib, farishta bu Chaqaloq toʻgʻrisida nimalar aytganini gapirib berdilar. 18 Choʻponlarning gapini eshitganlarning hammasi hayratga tushdi. 19 Maryam esa bu soʻzlarning barini diliga tugib olib, chuqur oʻylab yurdi.
20 Choʻponlar qaytib ketayotib, Xudoni ulugʻlab, Unga hamdu sanolar aytdilar. Chunki eshitgan va koʻrganlarining hammasi xuddi farishta aytganday sodir boʻlgandi.
Isoga ism qoʻyiladi
21 Oradan sakkiz kun oʻtdi. Chaqaloqni sunnat qiladigan payt keldi. Unga Iso deb ism qoʻydilar. Iso ona qornida paydo boʻlmasdan oldin, farishta Unga shu ismni bergan edi.
Shimoʻnning hamdu sanosi
22-24 Musoning qonuniga koʻra , Maryam poklanish kunlariga rioya qildi. Bu muddat tugagach, Maryam bilan Yusuf Quddusga bordilar. U yerda poklanish qurbonligini keltirib, Egamizning qonunidagi: “Ikkita kaptar yoki ikkita musicha keltirilsin” degan amrni bajardilar . Ular Bolani ham Egamizga taqdim qilmoqchi boʻlib, Uni oʻzlari bilan Quddusga olib borgan edilar. Chunki Egamizning qonunida: “Har bir toʻngʻich oʻgʻil Egamizga bagʻishlanishi kerak”, deb yozilgan .
25 Oʻsha paytda Quddusda Shimoʻn degan bir odam bor edi. U solih, taqvodor odam boʻlib, Isroilning najot topishini intizor boʻlib kutar edi. Muqaddas Ruh unga yor edi. 26 Muqaddas Ruh unga: “Egamiz vaʼda qilgan Masihni sen koʻrmaguningcha, oʻlmaysan”, deb ayon qilgan edi.
27 Shunday qilib, Shimoʻn Muqaddas Ruh boshchiligida Maʼbadga bordi. Isoning ota–onasi qonunda buyurilgan marosimni bajarish uchun Chaqaloqni Maʼbad hovlisiga olib kirdilar. 28 Shunda Shimoʻn Chaqaloqni qoʻliga olib, Xudoga hamdu sano aytdi:

29 “Ey Egam, vaʼdangni Sen bajo aylading,
Endi tinchgina oʻlishga rozi bu quling.
30 Zero, oʻz koʻzim ila koʻrdim Qutqaruvchini,
31 Barcha ellar oldida hozirlagan najotingni.
32 Gʻayriyahudiylarga ayon boʻladigan nurdir U,
Xalqing Isroilning shuhratidir U.”

33 Yusuf ham, Maryam ham Iso haqida aytilgan bu soʻzlardan hayratga tushdilar. 34 Shimoʻn ularni duo qilib, Isoning onasi Maryamga dedi:
— Mana shu goʻdak Isroil xalqi orasida koʻp odamlarning qulashiga va yuksalishiga sababchi boʻladi. U Xudodan alomat boʻladi, Uni koʻplar rad etadi. 35 Natijada koʻplarning sirli fikrlari oshkor boʻladi. Sening qalbingga ham qilich sanchiladi.
36 U yerda Xanna ismli keksa bir paygʻambar ayol ham bor edi. U Osher qabilasidan Paniyol degan odamning qizi edi. U turmushga chiqib, eri bilan yetti yil yashadi. 37 Soʻng beva qolgan edi. U sakson toʻrt yil davomida beva boʻlib , hech qachon Maʼbadni tark etmasdi. Roʻza tutib, ibodat qilib, kechayu kunduz Xudoga sajda qilardi. 38 Shimoʻn Maryam va Yusufga gapirib turgan paytda Xanna ularga yaqinlashib, Xudoga shukronalar aytdi. U Quddusning ozod qilinishini intizorlik bilan kutganlarning hammasiga bu Bola haqida soʻzlay boshladi.
39 Yusuf bilan Maryam Egamizning qonunidagi hamma talablarni bajarganlaridan keyin, Jalilaga, oʻz shahri Nosiraga qaytib bordilar. 40 Bola ulgʻayib, kuchga va donolikka toʻlib borardi. U Xudoning inoyati ostida edi.
Oʻsmir Iso Maʼbadda
41 Isoning ota–onasi har yili Fisih bayramida Quddusga borar edilar. 42 Iso oʻn ikki yoshda boʻlganda, ular yana odatdagiday bayram qilish uchun Quddusga bordilar.
43 Bayramdan keyin ular uyga qaytar ekanlar, oʻsmir Iso Quddusda qoldi. Ota–onasi esa bundan bexabar edi. 44 Ular, Iso yoʻlovchilar orasida kelyapti, deb oʻylashdi. Bir kun yoʻl bosganlaridan keyin, Isoni qarindosh–urugʻlari va tanish–bilishlari orasidan qidira boshladilar. 45 Uni topa olmaganlaridan keyin, Quddusga qaytib, Isoni oʻsha yerdan qidirdilar.
46 Uch kundan soʻng Uni Maʼbaddan topdilar. U muallimlar orasida oʻtirardi, ularning gaplariga quloq solib, savollar berardi. 47 Isoning gaplarini eshitganlarning hammasi Uning fahm–idrokiga va berayotgan javoblariga hayron qolardilar. 48 Ota–onasi Uni koʻrib, ajablandilar. Onasi Unga dedi:
— Oʻgʻlim, bu nima qilganing? Otang ikkovimiz Seni qidiraverib adoyi tamom boʻldik–ku!
49 — Nega Meni qidirdingizlar? — dedi Iso. — Men samoviy Otamning uyida boʻlishim kerakligini nahotki bilmagan boʻlsangizlar?!
50 Ammo ular Isoning aytgan gapini tushunmadilar. 51 Iso ular bilan Nosiraga qaytib ketdi. Doim ota–onasiga itoat qildi. Onasi esa bu gaplarning hammasini diliga tugib qoʻydi.
52 Iso ulgʻayib, yillar oʻtgan sari dono boʻlib borardi. U Xudoning ham, odamlarning ham mehrini qozonardi.