55–BOB
Xudoning mehr–shafqati
1 Egam aytar:
“Ey tashna boʻlganlar! Hammangiz suvga kelinglar!
Ey pulsizlar, keling, sotib olib, yenglar!
Keling, sharobu sut sotib oling pulsiz, tekinga!
2 Nima uchun pulingizni
Qorin toʻygʻizmaydigan narsaga sarf qilasiz?
Nima uchun ishlab topganingizni
Qoniqtirmaydigan narsalarga sarf qilasiz?
Eshiting, Menga quloq soling!
Shunda aʼlo taomlarni yeysiz,
Yogʻli taomlar yeb, maza qilasiz.
3 Quloq soling, Menga keling,
Tinglang, shunda yashaysiz.
Dovudga vaʼda bergan sodiq sevgim haqi
Siz bilan abadiy ahd tuzaman.
4 Mana Men Dovudni xalqlarga guvoh qildim,
Uni xalqlarning hukmdori, rahnamosi qildim.
5 Oʻzingiz tanimagan xalqlarni chaqirasiz,
Sizni tanimagan xalqlar oldingizga keladi.
Meni, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi —
Egangiz Xudoni deb
Bu xalqlar keladi,
Zotan, Men sizni ulugʻvorlikka burkaganman.”
6 Egangiz yoningizda ekan, Unga intiling,
U yaqiningizda ekan, Uni chaqiring!
7 Badkirdor yoʻlidan qaytsin,
Gunohkor niyatidan qaytsin,
Ular Egamizga qaytsin,
Egamiz shafqat koʻrsatadi,
Ular Xudoyimizga qaytsin,
Uning yuragi kechirimga boy.
8 Egamiz shunday demoqda:
“Sizlarning fikringiz Meniki emas,
Mening yoʻllarim sizlarniki emas.
9 Osmon yerdan qanchalik baland boʻlsa,
Mening yoʻllarim ham, oʻylarim ham,
Sizlarning yoʻllaringizdan, oʻylaringizdan
Shunchalik balanddir.
10 Osmondan qor, yomgʻir yogʻadi.
Ular osmonga qaytmay, yerni sugʻoradi,
Toki yer oʻsimlik oʻstirsin,
Ekkani don, yegani non bersin.
11 Mening ogʻzimdan chiqqan soʻz shunday boʻladi,
Menga boʻm–boʻsh qaytib kelmaydi.
Mening xohish–irodamni oʻsha soʻz bajaradi,
Qaysi niyatda yuborsam,
Oʻshani bajo qiladi.
12 Ha, siz xursand boʻlib borasiz,
Sogʻ–omon qaytib kelasiz.
Oldingizda togʻlar, tepaliklar
Sevinch ila hayqiradi,
Daladagi hamma daraxtlar qarsak chaladi.
13 Tikanzorlar oʻrniga sarv daraxtlari oʻsadi,
Gazanda oʻt oʻrniga mirta butalari oʻsadi.
Shunday qilib, bular Men, Egangga sharaf boʻladi.
Tuganmas, abadiy nishona boʻlib qoladi.”