9–BOB
Fisih ziyofati
1 Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, ikkinchi yilning birinchi oyida Egamiz Sinay sahrosida Musoga dedi: 2 “Isroil xalqiga ayt, ular Fisih ziyofatini belgilangan vaqtda, 3 shu oyning oʻn toʻrtinchi kuni kechqurun nishonlashsin. Bayramning hamma qonun–qoidalariga rioya qilishsin.”
4 Shunday qilib, Muso Isroil xalqiga: “Fisih ziyofatini nishonlanglar”, deb buyruq berdi. 5 Isroil xalqi birinchi oyning oʻn toʻrtinchi kuni kechqurun Sinay sahrosida Fisih ziyofatini nishonladi. Ular hamma narsani Egamizning Musoga bergan amri boʻyicha qilishdi. 6 Biroq odam murdasiga tegib harom boʻlganlar oʻsha kuni Fisih ziyofatida ishtirok etisha olmadi. Ular oʻsha kuniyoq Muso bilan Horunning huzuriga kelib shunday deyishdi:
7 — Biz murdaga tekkanimiz uchun harommiz. Lekin nima uchun biz chetda qolishimiz kerak? Biz ham, Isroil xalqi qatori, belgilangan vaqtda Egamizga qurbonlik keltirmoqchimiz!
8 Muso ularga:
— Kutib turinglar–chi, Egamiz sizlar toʻgʻringizda qanday amr berar ekan, eshitay, — dedi.
9 Musoga Egamiz shunday dedi:
10 — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Birortangiz yoki avlodlaringizdan kimdir murdaga tegib harom boʻlsa yoki safarga ketgan boʻlsa, Egamizga bagʻishlangan Fisih ziyofatini nishonlayversin. 11 Bunday odamlar bayramni ikkinchi oyning oʻn toʻrtinchi kuni kechqurun nishonlab, qurbonlik goʻshtini xamirturushsiz non va taxir oʻtlar bilan birga yeyishsin. 12 Ertalabgacha taomdan qoldirishmasin. Qurbonlikning birorta suyagini sindirishmasin. Fisih ziyofatini hamma qonunlarga muvofiq nishonlashsin. 13 Lekin bironta odam pok boʻlib, safarda boʻlmasa va shunga qaramay, Fisih ziyofatini nishonlashdan bosh tortsa, belgilangan vaqtda Egamizga bagʻishlab qurbonlik qilmagani uchun Isroil xalqi orasidan yoʻq qilinsin. Shunday qilib, u oʻz gunohi uchun jazosini tortadi. 14 Orangizda yashayotgan musofir Egamizga bagʻishlangan Fisih ziyofatini nishonlamoqchi boʻlganda, oʻsha qonun–qoidalarga rioya qilishi shart. Hammangiz uchun — sizlar va musofirlar uchun qonun bitta boʻlsin.”
Alangali bulut
15 Muqaddas chodir oʻrnatilgan kuni Chodirni bulut qoplab oldi. Oqshomdan ertalabgacha Muqaddas chodir tepasidagi oʻsha bulutning koʻrinishi alangaga oʻxshar edi. 16 Har doim shu ahvol yuz berardi: Chodirni kunduzi bulut qoplab olar, tunda esa bulut alangaga oʻxshab turardi. 17 Bulut Chodir tepasidan koʻtarilgach, Isroil xalqi yoʻlga chiqardi. Bulut toʻxtagan joyda esa Isroil xalqi chodir tikardi. 18 Isroil xalqi Egamizning amri bilan yoʻlga chiqar va Egamizning amri bilan chodir tikardi. Bulut Muqaddas chodir tepasida turgan vaqt mobaynida, ular ham joylaridan siljimas edilar. 19 Bulut Chodir tepasida uzoq kunlar turib qolganda ham, Isroil xalqi Egamizning talabiga rioya qilib, yoʻlga chiqmasdi. 20 Baʼzan esa bulut Chodir tepasida ozroq kun turardi. Bunday paytda ham Isroil xalqi Egamizning amriga muvofiq toʻxtardi, Uning amri bilan yoʻlga chiqardi. 21 Ayrim vaqtlarda esa bulut Chodir tepasida bor–yoʻgʻi bir kechagina turib, ertalab koʻtarilar edi. Shunda Isroil xalqi ham yoʻlga chiqardi. Bulut koʻtarilgan payti, kechasi boʻladimi, kunduzi boʻladimi, Isroil xalqi ham yoʻlga chiqardi. 22 Baʼzan bulut ikki kun, bir oy yoki uzoqroq vaqt mobaynida Chodir tepasida turib qolardi. Shunda Isroil xalqi ham qarorgohda qolib, yoʻlga chiqmasdi. Bulut koʻtarilgandan soʻng Isroil xalqi yoʻlga chiqardi. 23 Ular Egamizning amri bilan toʻxtab, Uning amri bilan yoʻlga chiqishardi. Muso orqali Egamiz bergan amrlariga muvofiq hamma talablarni bajarishar edi.