13–BOB
1 Yeribom qurbongohning yonida qurbonlik kuydirmoqchi boʻlib turgan paytda, bir paygʻambar, Egamizning amriga koʻra, Yahudodan Baytilga keldi. 2 Paygʻambar Egamizning amri bilan qurbongohga nido qildi:
— Qurbongoh, ey qurbongoh! Egamiz shunday aytar: “Dovud xonadonida bir oʻgʻil farzand dunyoga kelar, Uning ismi Yoʻshiyo boʻlar. Sajdagohlarda qurbonlik kuydiradigan ruhoniylarni sening ustingda qurbon qilar. Sening ustingda inson suyaklarini yoqar.”
3 Paygʻambar oʻsha kuniyoq buning alomati toʻgʻrisida aytdi:
— Egamiz aytgan alomat quyidagicha boʻladi: qurbongoh yorilib ketar, ustidagi kul toʻkilar.
4 Paygʻambarning Baytildagi qurbongohga aytgan bu soʻzlarini Yeribom eshitgach, qurbongohdan unga tomon qoʻlini uzatib: “Ushlanglar uni!” — dedi. Yeribomning paygʻambarga qarshi choʻzilgan qoʻli esa qurib, yogʻochday qotib qoldi. Uning qoʻli bukilmaydigan boʻlib qoldi. 5 Egamizning paygʻambar orqali aytgan alomati bajo boʻldi: qurbongoh yorilib, ustidagi kul toʻkilib ketdi. 6 Shunda shoh paygʻambarga dedi:
— Iltijo qilaman, Egangiz Xudoga men uchun yolvorib, ibodat qiling, toki qoʻlim avvalgi holiga kelsin.
Paygʻambar Egamizga ibodat qilgan edi, shohning qoʻli avvalgi holiga kelib, bukiladigan boʻldi. 7 Shoh paygʻambarga yana aytdi:
— Men bilan yur uyimga, tamaddi qilib ol, senga hadyalar beray.
8 Paygʻambar shohga dedi:
— Boyligingning yarmini bersang ham, sen bilan bormayman, bu yerda non ham yemayman, suv ham ichmayman. 9 Egamiz menga: “Non yemaysan, suv ichmaysan, borgan yoʻlingdan qaytmaysan”, deb amr bergan.
10 Shundan keyin paygʻambar Baytilga kelgan yoʻlidan qaytmay, boshqa yoʻldan ketdi.
Baytillik keksa paygʻambar
11 Baytilda keksa bir paygʻambar yashardi. Uning oʻgʻillari kelib, Yahudolik paygʻambarning shu kuni Baytilda qilgan ishlari haqida otalariga aytib berdilar. Paygʻambarning shohga aytgan soʻzlarini ham otalariga bayon qildilar. 12 Otasi oʻgʻillaridan: “Oʻsha odam qaysi yoʻldan ketdi?” — deb soʻradi.
Yahudodan kelgan paygʻambarning qaysi yoʻldan ketganini unga oʻgʻillari koʻrsatdilar. 13 Shunda keksa paygʻambar oʻgʻillariga: “Eshagimni egarlanglar!” — dedi. Oʻgʻillari paygʻambarning eshagini egarlab berdilar, u eshagiga minib joʻnadi.
14 Keksa paygʻambar Yahudolik paygʻambarning izidan ketdi va nihoyat uni topdi. Yahudolik paygʻambar eman daraxti ostida oʻtirgan ekan. Keksa paygʻambar undan:
— Yahudodan kelgan paygʻambar senmisan? — deb soʻradi.
— Ha, menman, — javob berdi u. 15 Keksa paygʻambar unga:
— Men bilan yur uyimga, tamaddi qilib ol, — dedi. 16 U esa keksa paygʻambarga:
— Sen bilan birga qaytib borolmayman, — dedi. — Bu yerda sen bilan birga non ham yemayman, suv ham ichmayman. 17 Egamiz menga: “U yerda non ham yemaysan, suv ham ichmaysan, borgan yoʻlingdan qaytmaysan”, deb amr bergan.
18 Paygʻambar esa unga shunday dedi:
— Men ham senga oʻxshagan bir paygʻambarman, farishta menga Egamizning shu soʻzlarini aytdi: “Uni yoʻldan qaytarib, oʻzing bilan birga uyingga olib kel, non yeb, suv ichib olsin.”
Lekin keksa paygʻambar yolgʻon gapirayotgan edi.
19 Shunday qilib, Yahudolik paygʻambar keksa paygʻambar bilan birga qaytib keldi, uning uyida tamaddi qildi. 20 Ular dasturxon atrofida oʻtirganlarida, keksa paygʻambarga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi. 21 Keksa paygʻambar esa Yahudolik paygʻambarga dedi:
— Egamiz shunday aytmoqda: “Sen Mening soʻzimga itoat qilmading! Men, Egangiz Xudoning amriga qarshi chiqib 22 orqangga qaytding. Men senga non yema, suv ichma, deb aytgan yerda yeb–ichding. Endi sening jasading ota–bobolaring xilxonasiga dafn qilinmaydi.”
23 Yahudolik paygʻambar tamaddi qilib boʻlishi bilanoq, keksa paygʻambar uning eshagini egarlab berdi. 24 Yahudolik paygʻambar yoʻlda ketayotgan edi, oldidan bir sher chiqib qoldi. Sher uni tilka–pora qilib, jasadni yoʻlning ustiga tashladi. Eshak ham, sher ham jasadning oldida turardi. 25 Shu yerdan oʻtib ketayotgan odamlar yoʻl oʻrtasidagi jasadni va jasad yonida turgan sherni koʻrdilar. Odamlar keksa paygʻambar yashaydigan shaharga borib, koʻrganlarini aytdilar. 26 Yahudolik paygʻambarni yoʻldan qaytarib kelgan keksa paygʻambar shu voqeani eshitib dedi:
— Egamizning amriga itoat etmagan paygʻambar oʻshadir. Shuning uchun Egamiz sherni yubordi va sher uni tilka–pora qilib tashladi. Egamiz, aytganiga binoan, uni oʻldirdi.
27 Keksa paygʻambar oʻgʻillariga: “Eshagimni egarlanglar!” — dedi. Oʻgʻillari eshakni egarlab berdilar. 28 U borib, yoʻl oʻrtasida yotgan jasadni topdi. Eshak ham, sher ham jasadning yonida turar, sher jasadni yemagan, eshakka hech qanday zarar yetkazmagan edi. 29 Keksa paygʻambar Yahudolik paygʻambarning jasadini yerdan koʻtarib olib, eshakka ortdi va orqasiga qaytarib olib ketdi. Uni dafn qilib, unga aza ochay deb, shaharga keldi. 30 Jasadni oʻzining qabriga qoʻygach: “Voy jigarim, voy jigarim!” deb qabr ustida faryod chekdi. 31 Yahudolik paygʻambarni dafn qilgach, keksa paygʻambar oʻgʻillariga:
— Vafot etganimdan soʻng meni ham Yahudolik paygʻambar dafn qilingan xilxonaga qoʻyinglar, — dedi. — Suyaklarim uning suyaklari yonida tursin. 32 Egamizning amriga koʻra, Baytildagi qurbongoh va Samariya shaharlaridagi hamma sajdagohlar haqida uning aytgan soʻzlari albatta bajo boʻladi.
Yeribomning gunoh ishlari
33 Bu hodisadan keyin ham Yeribom qabih yoʻldan qaytmadi. Yana sajdagohlarga oddiy xalqdan ruhoniylar tayin etdi. Kimni xohlasa, oʻshani ruhoniy qilib tayinlayverdi. 34 Bu gunoh ishlar Yeribom naslining yer yuzidan qirilib, yoʻqolib ketishiga sabab boʻldi.