41–BOB
Yusuf firʼavnning tushini taʼbir qiladi
1 Oradan ikki yil oʻtdi. Bir kuni Misr firʼavni tush koʻrdi. Tushida u Nil daryosi boʻyida turgan emish. 2 Bir payt daryodan yettita boqilgan, semiz sigir chiqib, qirgʻoqdagi oʻtlarni yeya boshlabdi. 3 Soʻngra daryodan yana yettita sigir chiqibdi. Bu sigirlar juda ham xunuk, oriq ekan. Bular semiz sigirlarning yoniga kelib turibdi. 4 Bir vaqt oriq sigirlar semiz sigirlarni yeb qoʻyibdi! Shundan keyin firʼavn uygʻonib ketdi. 5 Soʻngra u yana uxlab qoldi va boshqa tush koʻrdi. Tushida bitta bugʻdoy poyasida yettita toʻliq, pishgan boshoq oʻsgan emish. 6 Keyin oʻsha poyada yana yettita boshoq oʻsib chiqibdi. Bu boshoqlar sahro shamolida qovjirab, puchayib ketgan ekan. 7 Birdan puchaygan boshoqlar yettita pishgan, toʻliq boshoqni yutib yuboribdi!
Firʼavn yana uygʻonib ketdi. Bu tushi ekan.
8 Firʼavn saharda koʻrgan tushini oʻylab, koʻngli juda gʻash boʻldi. “Tushim nimadan darak berar ekan”, deb juda xavotirlandi. Shu boisdan Misrdagi jamiki sehrgarlarni va donishmandlarni chaqirtirdi. Firʼavn ularga koʻrgan tushini aytib berdi. Lekin ularning birontasi firʼavnning tushini taʼbir qilib bera olmadi.
9 Shu orada firʼavnning soqiysi soʻz oldi:
— Bugun ayblarimni eʼtirof etishimga toʻgʻri keladi. 10 Janobi oliylari! Siz birmuncha vaqt oldin novvoy bilan mendan gʻazablanib, bizni qoʻriqchilar boshligʻining uyidagi zindonga tashlagan edingiz. 11 Novvoy bilan men bir kuni kechasi tush koʻribmiz. Tushlarimizning oʻziga xos maʼnosi bor edi. 12 Biz bilan zindonda bir ibroniy yigit ham yotgan edi. U qoʻriqchilar boshligʻining xizmatkori edi. Biz oʻsha ibroniy yigitga tushimizni aytganimizda, har birimizning tushimizni taʼbir qilib berdi. 13 Hammasi oʻsha ibroniy yigit aytganday boʻldi. Men oldingi mansabimga qaytdim, novvoyni esa tik oʻrnatilgan xodaga qoqishdi.
14 Firʼavn Yusufga odam yubordi. Yusuf zudlik bilan zindondan chiqarildi. U soqolini olib, kiyimlarini oʻzgartirdi–da, firʼavnning huzuriga keldi.
15 — Oʻtgan kechasi men tush koʻrdim, — deb gap boshladi firʼavn Yusufga. — Lekin hech kim tushimni taʼbir qilib bera olmadi. Eshitishimcha, sen tushlarni taʼbirlay olar ekansan. Shu sababdan seni chaqirtirgan edim.
16 — Janobi oliylari, men oʻzim tushingizni taʼbirlay olmayman, — deb javob berdi Yusuf. — Toʻgʻri javobni sizga Xudo beradi.
17 Shundan keyin firʼavn Yusufga tushini aytdi:
— Tushimda Nil daryosi boʻyida turgan emishman. 18 Bir payt daryodan yettita boqilgan, semiz sigir chiqib, qirgʻoqdagi oʻtlarni yeya boshlabdi. 19 Soʻngra daryodan yana yettita sigir chiqibdi. Bu sigirlar juda ham xunuk, oriq ekan. Bunaqangi xunuk sigirni butun Misr yurtida koʻrmagan edim. 20 Bir vaqt oriq, xunuk sigirlar daryodan oldin chiqqan semiz sigirlarni yeb qoʻyibdi. 21 Xunuk sigirlar semiz sigirlarni yegandan keyin ham, ular hech narsa yemaganday xunukligicha qolaverdilar. Shundan keyin uygʻonib ketibman. 22 Soʻngra yana uxlab qolib, boshqa tush koʻribman. Tushimda bitta bugʻdoy poyasida yettita toʻliq, pishgan boshoq oʻsgan emish. 23 Keyin oʻsha poyada yana yettita boshoq oʻsib chiqibdi. Bu boshoqlar sahro shamolida soʻlib, qovjirab, puchayib ketgan ekan. 24 Birdan puchaygan boshoqlar yettita pishgan, toʻliq boshoqni yutib yuboribdi! Men tushimni sehrgarlarimga aytgan edim, lekin birontasi ham maʼnosini aytib bera olmadi.
25 — Firʼavn janobi oliylarining ikkala tushining maʼnosi ham birdir, — dedi Yusuf firʼavnga. — Xudo nima qilmoqchi ekanini firʼavnimizga ayon etibdi. 26 Yettita semiz sigir va yettita toʻliq boshoq yetti yil deganidir, bularning maʼnosi birdir. Shu yillari farovonlik boʻladi. 27 Yettita ozgʻin, xunuk sigir bilan yettita puchaygan boshoq ham yetti yil deganidir. Shu yillari qahatchilik boʻladi. 28 Firʼavn janoblari! Aytganimday, Xudo nima qilmoqchi ekanini sizga koʻrsatibdi. 29 Butun Misr yurtida yetti yil davomida hosil nihoyatda moʻl boʻladi. 30 Lekin shundan keyin yetti yil davomida shunday dahshatli qahatchilik boʻladiki, Misrda oldingi farovonlik yillari unutilib ketadi. Qahatchilik yurtni xarob qiladi. 31 Qahatchilik nihoyatda ogʻir boʻlganidan, odamlar xotirasidan farovonlik davri tamomila oʻchib ketadi. 32 Firʼavn janoblari ikki marta tush koʻrganlarining maʼnosi shuki, bu ish muqarrar yuz berishini Xudo taʼkidlayapti, Xudo buni yaqin orada amalga oshiradi. 33 Shuning uchun, firʼavn janoblari, siz aql–idrokli, dono bir odamni tanlab olib, Misr yurti ustidan tayinlang. 34 Yana yurt ustidan nazoratchilar tayin qiling. Oʻsha nazoratchilar hosildor yetti yil davomida Misr yurtidagi butun hosilning beshdan bir qismini olsinlar. 35 Ularga farmon bering: farovonlik yillari davomida ular don gʻamlashsin, sizning nazoratingiz ostida shaharlarda don yigʻib, qoʻriqlashsin. 36 Shu yoʻl bilan yetti yil qahatchilik davrida oziq–ovqat boʻlishi uchun don gʻamlanib turadi. Aks holda, qahatchilik, shubhasiz, yurtni xarob qiladi, butun xalq halok boʻladi.
Yusuf Misr hokimi boʻladi
37 Yusufning maslahati firʼavnga ham, uning barcha aʼyonlariga ham juda maʼqul keldi. 38 Firʼavn aʼyonlariga: “Biz Yusufdan boshqa Xudoning Ruhi boshqaradigan birorta odamni topa olarmidik”, deb aytdi. 39 Shu boisdan Yusufga:
— Xudo bularning hammasini senga ayon qilgan ekan, bu yurtda eng aql–idrokli, dono odam sensan, — dedi. 40 — Men seni oʻzimga vazir qilib tayinlayman, butun xalqim sening buyrugʻingga itoat etadi. Men sendan faqat taxtim bilan ustunman, xolos.
41 Firʼavn yana Yusufga:
— Mana, seni butun Misr yurti ustidan hokim qilib tayinladim, — dedi. 42 Soʻng firʼavn oʻzining muhr uzugini barmogʻidan chiqarib, Yusufning barmogʻiga taqib qoʻydi. U Yusufga shohona liboslar kiydirib, boʻyniga oltin zanjir taqib qoʻydi. 43 Firʼavn Yusufga oʻng qoʻl vazir sifatida izvoshini ham taqdim qildi. Yusuf qayerga bormasin, odamlarga: “Tiz choʻkinglar!” degan buyruq berilardi. Shunday qilib, firʼavn Yusufni butun Misr yurti ustidan hokim qildi. 44 Firʼavn Yusufga yana shunday dedi:
— Firʼavn men boʻlsam ham, butun Misr yurtida biron kimsa sening ijozatingsiz hatto miq etolmaydi.
45 Firʼavn Yusufga Zofnat–Paniyox deb ism qoʻydi va On shahri ruhoniysi Poʻtiferoning qizi Osanatni olib berdi. Shunday qilib, Yusuf butun Misr yurtida hokim boʻlib qoldi.
46 Yusuf Misr firʼavni xizmatiga kirgan paytda, oʻttiz yoshda edi. Yusuf firʼavn saroyidan chiqib, butun Misr yurtini kezib chiqardi. 47 Yetti yil farovonlik davrida yer moʻl–koʻl hosil berdi. 48 Shu yillar davomida Yusuf Misrda yetishtirilgan hosildan bir qismini olib, shaharlarda don gʻamladi. Xususan, har bir shahar atrofidagi dalalardan oʻsha shaharga don yigʻilardi. 49 Yusuf shunchalik koʻp don gʻamladiki, dengizdagi qumdek koʻp edi. Shuning uchun donni oʻlchamay qoʻydi. Don behisob darajada koʻp edi.
50 Qahatchilik yillari boshlanishidan oldin, Yusufga xotini Osanat ikki oʻgʻil tugʻib berdi. 51 Yusuf: “Qaygʻularimni va otam xonadonini Xudo esimdan chiqardi”, deb toʻngʻich oʻgʻlining ismini Manashe qoʻydi. 52 Ikkinchi oʻgʻlining ismini Efrayim qoʻydi. “Chunki, — dedi Yusuf, — men azob–uqubat tortgan yurtda Xudo meni barakali qildi.”
53 Nihoyat, hosildor yetti yil ham tugadi. 54 Yusuf taʼbir qilganday, yetti yillik qahatchilik boshlandi. Atrofdagi hamma yurtlarda don tanqis boʻlib, Misr yurtidagina non bor edi. 55 Oxiri, Misr yurtida ham ocharchilik boshlandi. Misr xalqi non soʻrab firʼavnga yolvordi. Firʼavn esa xalqqa: “Yusufga boringlar, u nima desa, shuni qilinglar”, dedi. 56 Qahatchilik kuchayib, butun yurtga yoyilgach, Yusuf hamma omborxonalarning eshiklarini ochib, Misrliklarga don sota boshladi. 57 Butun dunyo boʻylab qahatchilik kuchayib borar, shuning uchun atrofdagi yurtlarning xalqlari Yusufdan don sotib olgani Misrga kelishardi.