19–BOB
Isroil xalqi Sinay togʻida
1-2 Isroil xalqi Rafidimdan ketdi. Misrdan chiqqandan keyin uchinchi oyning birinchi kuni ular Sinay sahrosiga yetib keldilar. Ular Sinay togʻi etagida qarorgoh qurdilar. 3 Muso toqqa — Xudoning huzuriga chiqdi. Egamiz togʻdan uni chaqirib, shunday dedi:
— Yoqub nasliga — Isroil xalqiga shunday deb ayt: 4 “Men, Egangiz, Misrliklarni nima qilganimni koʻrgansizlar. Burgut oʻz bolalarini qanotlari ustida koʻtarib keltirganday, Men sizlarni koʻtarib, huzurimga olib kelganimni ham koʻrgansizlar. 5 Endi Mening amrlarimga chin dildan itoat etsangiz, ahdimga rioya qilsangiz, sizlar Mening xalqim, boshqa xalqlar orasida xazinam boʻlasizlar. Butun yer Menikidir, 6 ammo sizlar Men, Egangizga, xizmat qiladigan ruhoniylar shohligi, muqaddas bir xalq boʻlasizlar.” Isroil xalqiga sen yetkazadigan xabar shudir.
7 Muso kelib, xalq oqsoqollarini chaqirdi. Egamiz unga, ayt, deb amr etgan hamma gaplarni aytdi. 8 Jamiki xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deb javob berdi. Muso xalqning javobini Egamizga qaytarib olib keldi. 9 Egamiz Musoga:
— Men sening oldingga qalin bulut ichida kelaman, — dedi, — toki Men senga gapirayotganimni xalq eshitsin. Shunda xalq senga har doim ishonadi.
Muso xalqning gapini Egamizga aytganda, 10 Egamiz dedi:
— Bor, bugun va ertaga xalq poklansin , kiyimlarini yuvsin. 11 Shunday qilib, ertadan keyingi kunga tayyor boʻlishsin. Oʻsha kuni Men, Egangiz, Sinay togʻiga tushaman. Jamiki xalq Meni oʻsha yerda koʻradi. 12 Togʻ atrofiga chegara qilib qoʻy, toki xalq chegarani bosib oʻtmasin. Xalqqa ayt: “Toqqa chiqmanglar, togʻning yaqiniga ham bora koʻrmanglar. Agar birortasi toqqa qadam qoʻysa, oʻshaning jazosi oʻlimdir. 13 Oʻsha odamni toshboʻron qilib yoki oʻq otib oʻldiringlar, unga zinhor qoʻl tekkizmanglar. Hayvon boʻladimi yoki inson boʻladimi, oʻlimga hukm qilinsin.” Burgʻu ovozi qattiq chalingandan keyin esa xalq toqqa chiqsa boʻladi.
14 Shunday qilib, Muso togʻdan xalqning yoniga tushdi, xalq poklandi, kiyimlarini yuvdi. 15 Keyin u xalqqa:
— Uchinchi kunga tayyor boʻlinglar, xotinlaringizga yaqinlashmanglar, — deb aytdi.
16 Uchinchi kuni ertalab momaqaldiroq boʻlib, chaqmoq chaqdi. Togʻning ustini qalin bulut qopladi. Burgʻu ovozi juda qattiq chalindi. Qarorgohdagi jamiki xalqni titroq bosdi. 17 Muso xalqni Xudo bilan uchrashtirgani qarorgohdan olib chiqdi. Xalq togʻning etagida turdi. 18-20 Keyin Egamiz Sinay togʻiga — togʻ choʻqqisiga tushdi. Egamiz Sinay togʻiga alanga ichida tushib kelgani uchun butun togʻ tutayotgan edi. Togʻ qattiq silkinganda, tandirdan tutun chiqqani singari, togʻdan ham tutun chiqayotgan edi. Burgʻu ovozi qattiqroq chiqqani sari, Muso ham gapirardi. Xudo unga momaqaldiroq orasidan turib javob berardi. Egamiz Musoni togʻ choʻqqisiga chaqirdi. Muso u yerga chiqdi. 21 Keyin Egamiz Musoga aytdi:
— Pastga tush, xalqni ogohlantir, ular chegarani bosib oʻtishmasin. Ular Men, Egangizni koʻrgani kelmasliklari lozim, shunday qilganlar nobud boʻladi. 22 Hatto doimo Mening yaqinimga keladigan ruhoniylar ham oʻzlarini poklashlari lozim. Aks holda, Men ularni qirib tashlayman.
23 Shunda Muso Egamizga aytdi:
— Xalq Sinay togʻiga chiqmaydi. Oʻzing: “Togʻ atrofiga chegara qoʻy, bu togʻni muqaddas saqla”, deb meni ogohlantirgan eding.
24 Egamiz unga:
— Bor, pastga tush! — dedi. — Oʻzing bilan birga Horunni olib kel. Ammo ruhoniylar yoki xalq, toqqa chiqamiz, deb chegarani oyoq osti qilishmasin. Aks holda, ularni Men oyoq osti qilaman.
25 Shunday qilib, Muso xalqning yoniga tushdi. Egamizning aytganlarini ularga gapirib berdi.