2–BOB
Muqaddas Ruhning kelishi
1 Hosil bayrami kuni kelganda, hamma imonlilar bir joyda yigʻildilar. 2 Birdan osmondan shiddatli shamol esganga oʻxshash ovoz kelib, ular oʻtirgan uyning ichini toʻldirdi. 3 Ular til shaklidagi alangani koʻrdilar. Oʻsha alanga yoyilib, har birining ustiga tushdi. 4 Shunda hammalari Muqaddas Ruhga toʻldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga koʻra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar.
5 Oʻsha paytda Quddusda dunyodagi har bir yurtdan kelgan taqvodor yahudiylar yashar edi. 6 Ular bu ovozni eshitganlarida, bir talay olomon yigʻilib keldi. Har biri oʻz tilidagi gaplarni eshitib, dovdirab qoldi. 7 Ular hayrat va hayajon ichida: “Qaranglar, gapirayotgan bu odamlar Jalilaliklar–ku! — deb xitob qildilar. 8 — Qanday qilib har birimiz tugʻilgan yurtimizning tillarini eshityapmiz? 9 Oramizda Parfiyadan, Midiya, Elam, Mesopotamiya, Yahudiya, Kappadokiya, Pontus va Asiyadan kelganlar bor. 10 Frigiya, Pamfiliya, Misr, Liviyaning Kirineyaga yaqin yerlaridan kelganlar ham bor. Baʼzilarimiz Rimdan kelganmiz, biz yahudiylarmiz, oramizda yahudiy diniga kirgan Rimliklar ham bor. 11 Baʼzilarimiz Krit va Arabistondan kelganmiz. Shunday boʻlsa–da, ular Xudoning qilgan qudratli ishlari toʻgʻrisida bizga oʻz tillarimizda gapirib berayotganini eshitib turibmiz.”
12 Ular hayratlanib, boshlari qotib, bir–birlaridan: “Bu nimadan darak beradi?” deb soʻrardilar. 13 Boshqalar esa: “Iye, ular ichib mast boʻlib qolibdilar–ku”, deb masxara qilishardi.
Butrusning nutqi
14 Shunda Butrus oʻn bir havoriy bilan oldinga chiqdi–da, olomonga qarata shunday dedi: “Ey yahudiy birodarlar, Quddus aholisi! Gapimga quloq solib, shuni uqib olinglar! 15 Bu odamlarni sizlar mast deb oʻylayapsizlar, ammo unday emas. Axir, endigina ertalab soat toʻqqiz boʻldi–ku! 16 Aksincha, Yoʻel paygʻambarning aytganlari bajo boʻlmoqda:

17 «Xudo aytmoqda:

Oxirgi kunlarda ,
Oʻz Ruhimni yogʻdiraman har bir inson ustiga,
Vahiylar keladi yigitlaringizga.
Bashoratlar qilar sizning oʻgʻil–qizlaringiz.
Karomatli tushlar koʻrar qariyalaringiz.
18 Oʻz Ruhimni yogʻdiraman oʻsha kunlarda
Hattoki qulu choʻrilaringiz ustiga.
Ular bashorat qilarlar.
19-20 Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin,
Men osmonda moʻjizalar yarataman,
Yerda alomatlar koʻrsataman:
Qon, olov, qalin tuman hosil qilaman.
Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.

21 Rabbimizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi.»

22 Ey Isroil xalqi, bu gaplarimni eshitib olinglar: Nosiralik Iso orqali Xudo sizlarning orangizda moʻjizalar va alomatlar koʻrsatdi. Shu yoʻl bilan Isoda ilohiy hokimiyat borligini Xudo tasdiqladi. Buni oʻzlaringiz bilasizlar. 23 Xudo Oʻzining rejasi boʻyicha Isoni sizlarning qoʻlingizga topshirishni azaldan qaror qilgan edi. Sizlar esa gʻayriyahudiylarning qoʻllari bilan Uni xochga mixlatib oʻldirdingizlar. 24 Ammo Xudo Uni tiriltirib, oʻlim azoblaridan ozod qildi. Oʻlim oʻz kuchi bilan Isoni ushlab turishga qodir emasdi. 25 Dovud U haqda shunday degan edi:

«Men doim Egamga koʻz tikaman,
U oʻng tomonimda boʻlgani uchun
Meni hech narsa qoʻzgʻata olmas.
26 Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga toʻla,
Tilim ham shod–xurramdir.
Tanam umid bilan yashaydi.
27 Meni oʻliklar diyorida qoldirmaysan,
Taqvodoringni qabrda chiritmaysan.
28 Menga hayot soʻqmoqlarini Oʻzing koʻrsatasan,
Huzuringda shodlik Meni qamrab oladi.»

29 Birodarlarim! Bobomiz Dovud toʻgʻrisida sizlarga ochiq–oydin gapirishim kerak. U oʻldi, dafn qilindi, uning qabri bugungacha shu yerdadir. 30 U paygʻambar boʻlgani bois, Xudo unga: «Oʻz naslingdan boʻlgan bittasini taxtingga oʻtqazaman », deb ichgan ontini yodida tutardi. 31 Dovud kelajakni oldindan koʻrib, Masihning tirilishi toʻgʻrisida gapirgan edi. Xudo Masihni oʻliklar diyorida qoldirmasligi va Masihning tanasi chirimasligi haqida Dovud bashorat qilgandi . 32 Ana shu Isoni Xudo tiriltirdi, bunga hammamiz guvohmiz. 33 Xudo Isoni yuksaltirib, Uni taxtining oʻng tomoniga oʻtqazdi. Otasi Xudoning vaʼdasi boʻyicha Iso Muqaddas Ruhni qabul qilib, Uni bizning ustimizga yogʻdirdi. Buni oʻzlaringiz koʻrib va eshitib turibsizlar. 34-35 Dovud osmonga chiqmagan boʻlsa–da, shunday degan edi:

«Egamiz aytmoqda Rabbimga:
Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda oʻtirgin.»

36 Butun Isroil xalqi shuni aniq bilib qoʻysin: sizlar mixlagan Isoni Xudoning Oʻzi jamiki borliq ustidan hukmdor qildi. Iso ham Masih , ham Rabbiydir.”
37 Xaloyiq bu gaplarni eshitdi–yu, yuraklari tilka–pora boʻldi. Ular Butrusdan va qolgan havoriylardan:
— Birodarlar, endi biz nima qilaylik? — deb soʻradilar.
38 Butrus ularga dedi:
— Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga choʻminglar, toki gunohlaringiz kechirilsin. Shunda sizlar Muqaddas Ruhni inʼom qilib olasizlar. 39 Xudo sizlarga va bolalaringizga, uzoqdagilarga, Egamiz Xudo Oʻziga daʼvat etganlarning har biriga vaʼdasini bergan.
40 Butrus boshqa koʻp dalillar bilan ularga guvohlik berib: “Oʻzlaringizni bu buzuq nasl ustiga kelayotgan jazodan saqlanglar”, deya oʻtindi. 41 Shunday qilib, Butrusning aytgan xabariga ishonganlar suvga choʻmdirildi. Oʻsha kuni imonlilar soni uch mingtaga koʻpaydi. 42 Ular havoriylarning taʼlimotini oʻrganishga, birodarlikka, Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirishga va ibodatga oʻzlarini bagʻishladilar.
Imonlilarning hayoti
43 Havoriylar orqali Xudo koʻplab moʻjizalar va alomatlar koʻrsatardi, bundan esa hamma hayratga tushgan edi. 44 Barcha imonlilar tez–tez yigʻilishib turar edilar. Ular hamma narsada hamjihat edilar. 45 Mol–mulklarini sotib, pulini har kimning ehtiyojiga qarab taqsimlab berardilar. 46 Imonlilar har kuni Maʼbadda yigʻilardilar. Bir–birlarinikiga mehmonga borganda esa Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirardilar, soddadillik bilan, yurakdan sevinib ovqatlanishardi. 47 Xudoga hamdu sanolar aytardilar, xalqning hurmatu eʼtiboridan bahramand edilar. Har kuni Egamiz najot topayotganlarni imonlilarning qatoriga qoʻshardi.