6–BOB
Bir–biringizni qoʻllab–quvvatlanglar
1 Ey birodarlar, deylik, orangizdan birortasi gunoh qilib qoʻyganini bilib qoldingiz. Sizlar — Ruhning yetakchiligida hayot kechirayotganlar uni muloyimlik bilan toʻgʻri yoʻlga solinglar. Oʻzingizga ehtiyot boʻlinglar, tagʻin oʻzingiz ham vasvasaga yoʻliqib qolmanglar. 2 Boshingizga gʻam–tashvish tushganda, bir–biringizni qoʻllab–quvvatlanglar. Shunday qilsangizlar, Masihning amrlarini bajargan boʻlasizlar. 3 Axir, biror kishi, garchi oʻzi hech kim boʻlmasa–yu, oʻzini muhim deb hisoblasa, oʻzini oʻzi aldagan boʻladi. 4 Har kim oʻz ishini tekshirib koʻrsin. Shunda u faqat oʻzidan faxrlansa boʻladi, oʻzini boshqalar bilan solishtirishga hojat boʻlmaydi. 5 Zotan, har kim oʻz aravasini oʻzi tortishi lozim. 6 Kalomdan taʼlim oluvchi esa bor–yoʻgʻini ustozi bilan baham koʻrishi kerak.
7 Oʻzlaringizni aldamanglar! Xudoni laqillatib boʻlmaydi. Inson nima eksa, shuni oʻrib oladi. 8 Xudbin istaklarini qondirish uchun urugʻ ekkanlar oʻsha xudbin istaklari tufayli halokatni oʻrib oladilar. Ruhni mamnun qilish uchun urugʻ ekkanlar esa Ruhdan abadiy hayot oʻrib oladilar. 9 Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, oʻz vaqtida buning hosilini oʻrib olamiz. 10 Demak, hali fursat bor ekan, hammaga, ayniqsa, Masih xonadoniga tegishli boʻlganlarga yaxshilik qilaveraylik.
Muhimi yangidan yaratilishdir
11 Mana qaranglar, endi sizlarga oʻz qoʻlim bilan , qanday yirik harflar bilan yozyapman! 12 Sizlarni sunnat boʻlishga majbur qilayotganlar sirtdan yaxshi taassurot qoldirmoqchi boʻlyaptilar. Masihning xochi uchun quvgʻinga duchor boʻlmaylik, deya shunday qilyaptilar. 13 Holbuki, sunnatni tatbiq qilayotganlarning oʻzlari ham qonunga rioya etmaydilar. Ular faqatgina sizlarning sunnat qilinganingiz bilan maqtanishni istaydilar. 14 Men esa Rabbimiz Iso Masihning xochidan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. Oʻsha xoch tufayli bu dunyo men uchun oʻlgan, men esa bu dunyo uchun oʻlganman. 15 Axir, sunnat qilingan yoki qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Muhimi — yangidan yaratilishdir . 16 Bu qoidaga koʻra, yashayotganlarning hammasiga, yaʼni Xudoning haqiqiy xalqiga tinchlik va marhamat yor boʻlsin!
17 Endi hech kim menga aziyat keltirmasin. Axir, tanamdagi chandiqlar Isoga tegishli ekanligimni koʻrsatadigan tamgʻalar–ku!
18 Ey birodarlar, Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor boʻlsin. Omin.