2–BOB
Duo va ibodatlarga oid koʻrsatmalar
1 Avvalambor, nasihatim shuki, butun insoniyat uchun iltijo qilinglar, toat–ibodatda boʻlib, duolar oʻqinglar, shukronalar aytinglar. 2 Taqvodor, obroʻ–eʼtiborli, osoyishta, sokin hayot kechirishimiz uchun, hukmdorlaru boshliqlar uchun ibodat qilinglar. 3 Bu xayrli ish boʻlib, najotkorimiz Xudoga maqbuldir. 4 U hamma insonlarning najot topishlarini va haqiqatni bilib olishlarini istaydi. 5 Zero, hammamizga maʼlumki,

Xudo yagonadir,
Xudo bilan insonlar orasidagi
Vositachi ham yagonadir.
Bu Vositachi Iso Masihdir.
U Oʻzi inson edi
6 Va butun insoniyatni qutqarish uchun
Oʻz jonini fido qildi.

Shu orqali Xudo Oʻzi belgilagan paytda najot rejasini ayon etdi. 7 Men najot haqidagi bu xabarni eʼlon qiluvchi havoriy etib tayinlandim. Toʻgʻrisini aytyapman , yolgʻon gapirayotganim yoʻq! Haqiqatan ham, men turli xalqlarga imon va haqiqatni oʻrgatish uchun yuborilganman.
8 Erkaklar hamma joyda qoʻllarini duoga ochib, chin qalbdan ibodat qilsinlar. Ular gʻazab va nizodan yiroq boʻlsinlar. 9 Xotinlar soddagina, did bilan kiyinsinlar. Ular sochiga ortiqcha oro bermay, oltin va marvarid taqinchoqlar yoki qimmatbaho kiyimlar bilan emas, balki or–nomus bilan bezansinlar. 10 Xudojoʻy xotinlarga munosib xayrli ishlar bilan oʻzlariga zeb bersinlar. 11 Taʼlim berilayotganda, xotinlar sukut saqlasin, muallimning gapini ikki qilmasin . 12 Xotin erkakka taʼlim berishiga va uning ustidan oʻz hukmini oʻtkazishiga ruxsat bermayman. Xotin sokin tabiatli boʻlsin. 13 Axir, oldin Momo Havo emas, balki Odam Ato yaratilgan–ku. 14 Odam Ato emas, xotin shaytonga aldanib, gunoh qildi. 15 Oʻshandan buyon, xotinlar tuqqanda laʼnat tufayli dardu azob chekadigan boʻldilar. Biroq shunga qaramay, agar ular kamtaru bamaʼni boʻlishsa, Masihga boʻlgan imonda sobit qolib, mehr–oqibatli boʻlib, taqvodor hayot kechirishsa, najot topadilar.