16–BOB
Quddusdagi jamoat uchun mablagʻ yigʻish haqida
1 Endi Xudoyimizning Quddusdagi azizlariga moddiy mablagʻ toʻplash masalasiga kelsak, sizlar ham Galatiya hududidagi jamoatlarga bergan yoʻl–yoʻriqlarimga amal qilinglar. 2 Har yakshanba kuni har bir odam qoʻlidan kelganicha bir miqdor pulni olib qoʻysin, toki oldingizga borganimda pul yigʻishga hojat boʻlmasin. 3 Borganimdan keyin, ehsonlaringizni imonlilarga topshirsin deb, oʻzingiz munosib koʻrgan kishilarni Quddusga joʻnataman. Ularning har birini tanishtirib, maktub yozib beraman. 4 Agar borishga imkon boʻlsa, oʻzim ham ular bilan birga boraman.
Pavlusning rejalari va yoʻl–yoʻriqlari
5 Makedoniyadan oʻtish niyatim bor. Shundan keyin sizlarning oldingizga boraman. 6 Sizlar bilan birmuncha vaqt boʻlaman, deb oʻylayman, balki hatto qishni ham sizlar bilan oʻtkazarman. Undan keyin qayerga bormoqchi boʻlsam ham, sizlarning yordamingiz bilan safarimni yana davom ettiraman. 7 Axir, sizlarni faqatgina yoʻl–yoʻlakay koʻrishni istamayman, Rabbimiz Iso xohlasa, sizlar bilan koʻproq vaqt oʻtkazaman, deb umid qilaman. 8 Lekin Hosil bayramiga qadar Efes shahrida qolaman. 9 Chunki bu yerda menga qarshi chiqqanlar koʻp boʻlishiga qaramay, taʼsirchan faoliyat koʻrsatishim uchun yoʻl ochildi.
10 Timoʻtiy oldingizga borganda unga gʻamxoʻrlik qilinglar, u orangizda xotirjam yursin, chunki u ham menga oʻxshab Rabbimiz Iso xizmati bilan mashgʻul. 11 Hech kim unga past nazar bilan qaramasin. Timoʻtiy mening oldimga qaytib kelayotganda, uni eson–omon kuzatib yuboringlar. Uning birodarlar bilan birga kelishini kutib turibman.
12 Birodarimiz Apollosga kelsak, uni birodarlarga qoʻshilib sizlarning oldingizga borishga koʻp undadim, lekin uning hozir hech borgisi yoʻq. Imkoni boʻlsa keyinroq borar ekan.
13 Hushyor boʻlinglar, imonda mahkam turib, jasoratli va kuchli boʻlinglar. 14 Hamma narsani mehr–muhabbat bilan qilinglar. 15 Birodarlar, Stefanasning xonadonini bilasizlar. Ular Axaya viloyatida birinchi boʻlib Masihga imon keltirgan va oʻzlarini Xudoning aziz xalqiga xizmat qilishga bagʻishlaganlar. Sizlardan bir iltimosim bor: 16 bunday insonlarni va ular bilan birga berilib xizmat qilayotganlarni hurmat qilib, ularning aytganlarini qilinglar. 17 Stefanas, Fortunatus va Axaykusning kelganidan xursand boʻldim, ular sizlarning yoʻqligingizni bildirmadi. 18 Ular sizlarning ruhingizni koʻtargandek, mening ham ruhimni koʻtardilar. Bunday insonlarni qadrlanglar.
Soʻnggi salomlar
19 Asiya viloyatidagi jamoatlar sizlarga salom yoʻllayaptilar. Akil bilan Priskilla va ularning uyida yigʻiladigan jamoat ham sizlarga — Rabbimiz Isoning yoʻlidagi hamkorlariga otashin salom aytyapti. 20 Hamma birodarlarimiz salom aytyaptilar. Bir–biringiz bilan oʻpishib koʻrishinglar.
21 Men, Pavlus, mana shu maktubning yakunini oʻz qoʻlim bilan yozyapman . 22 Kimki Rabbimiz Isoni yaxshi koʻrmasa, u laʼnati boʻlsin! Ey Rabbimiz, kelgin! 23 Rabbimiz Isoning inoyati sizlarga yor boʻlsin. 24 Sizlarni yaxshi koʻraman, chunki hammamiz Iso Masihga tegishlimiz .