4–BOB
Timoʻtiyga qatʼiy buyruq
1 Xudo huzurida hamda tirigu oʻliklarni hukm qiladigan Iso Masih huzurida, Uning kelishi va hukmronligi haqi, senga qatʼiy buyuraman: 2 Xudoning kalomini targʻib qil. “Hozir buning vaqtimi, vaqti emasmi?” demay, uni astoydil eʼlon qil. Odamlarga taʼlim berib, ularni toʻgʻri yoʻlga sol, tanbeh ber, nasihat qil. Hammasini sabr–toqat bilan bajar. 3 Chunki shunday vaqt keladiki, odamlar sogʻlom taʼlimotga toqat qilmaydigan boʻladilar, ular atrofiga oʻzlariga mos, quloqlariga yoqimli soʻzlar aytadigan muallimlar toʻplaydilar. 4 Ular haqiqatdan yuz oʻgirib, afsonalarga berilib ketadilar. 5 Ammo sen har qanday sharoitda aql bilan ish tut, azoblarga chida, Xushxabarni targʻib qil, oʻz xizmatingni toʻliq bajargin.
6 Men hademay bu dunyodan oʻtib ketaman , jonim Xudoga qurbon . 7 Men ulugʻ kurashda jang qildim, zimmamdagi vazifani oxiriga yetkazdim, Xushxabarga sodiq qoldim. 8 Meni solihlik toji kutmoqda. Odil Hakam — Rabbimiz Iso kelgan kunda oʻsha tojni menga Oʻzi beradi. Bunday toj faqat menga emas, balki Uning kelishini intizorlik bilan kutayotganlarning hammasiga nasib boʻladi.
Pavlusning Timoʻtiyga soʻnggi koʻrsatmalari
9 Mening oldimga tezroq kelishga harakat qil. 10 Chunki Dimas bu dunyoga koʻngil bogʻlab, meni tark etdi. U Salonika shahriga ketdi. Kriskes Galatiya viloyatiga, Titus Dalmatiya viloyatiga ketdi. Yonimda faqat Luqo bor. 11 Markni oʻzing bilan birga olib kel, u xizmatimda menga yordam beradi. 12 Men Tixikusni Efes shahriga yubordim. 13 Kelayotganingda oʻzing bilan toʻnimni olib kel, men uni Troas shahridagi Karpusnikida qoldirganman. Qoʻlyozmalarni ham, ayniqsa, charmga yozilganlarini olib kel.
14 Temirchi Iskandar menga koʻp yomonlik qildi. Rabbimiz Iso uni qilmishiga yarasha jazolaydi. 15 Sen Iskandardan ehtiyot boʻl, chunki u bizning taʼlimotimizga qattiq qarshilik koʻrsatdi.
16 Meni birinchi marta mahkamaga olib borishganda, hech kim meni yoqlamadi. Hamma meni tashlab ketdi. Xudo bu aybni ularning boʻyniga qoʻymasin! 17 Ammo Rabbim Iso yonimda turdi, Xushxabarni toʻligʻicha barcha xalqlarga yetkazishim uchun Uning Oʻzi menga kuch berdi. U meni oʻlim changalidan qutqardi. 18 Rabbim meni bundan keyin ham har qanday yomonlikdan xalos qiladi va Oʻzining samoviy Shohligiga sogʻ–salomat yetkazadi. Unga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Soʻnggi salomlar
19 Priskilla bilan Akilga va Onisiforusning xonadoniga salom aytib qoʻy. 20 Erastus Korinf shahrida qoldi. Trofimus esa kasal boʻlgani uchun, uni Mileytus shahrida qoldirdim. 21 Qish boshlanmasdan oldin kelishga harakat qil. Ebulus, Pudes, Linus, Klavdiya va bu yerdagi hamma imonlilar senga salom yoʻllayaptilar.
22 Rabbimiz Iso senga hamroh boʻlsin. Uning inoyati hammangizga yor boʻlsin .