11–BOB
Isroilning fosiq yoʻlboshchilari hukm qilinadi
1 Ruh meni koʻtarib, Egamiz uyining sharqiy darvozasiga olib bordi. Darvoza yonida men yigirma besh nafar kishini koʻrdim. Ularning orasida xalq rahnamolaridan Azzur oʻgʻli Yazaniyo va Binayo oʻgʻli Pilatiyo bor edi. 2 Egamiz menga shunday dedi: “Ey inson, mana bu odamlarning niyati yomon. Ular shahardagilarga boʻlmagʻur maslahatlar berib yurishibdi. 3 Oʻsha buzuq odamlar shunday deydilar: «Hozir imoratlar solishning hojati yoʻq. Bu shahar qozon kabidir, biz esa qozonda saqlangan goʻshtdaymiz.» 4 Shunday ekan, ey inson, ularga qarshi bashorat qil!”
5 Soʻng Egamizning Ruhi butun vujudimni qamrab oldi. U Isroil xalqiga quyidagilarni aytishimni buyurdi: “Egamiz shunday demoqda: ey Isroil xalqi, sizlar oʻsha gapni aytdingiz. Men esa hamma oʻy–xayollaringizni bilaman. 6 Sizlar shahardagi koʻp odamlarni oʻldirdingiz, koʻchalarni jasadlarga toʻldirdingiz. 7 Shuning uchun Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki, bu shahar haqiqatan ham qozon kabidir. Ammo goʻsht sizlar emas, balki siz oʻldirgan odamlarning jasadlaridir. Men sizlarni shahardan chiqarib yuboraman. 8 Sizlar qilichdan qoʻrqqan edingizlar, ammo ustingizga qilich yuboraman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 9 — Sizlarni shahardan haydab chiqarib, ajnabiylarning qoʻliga topshiraman. Sizlarni shu yoʻsin jazolayman. 10 Sizlar qilichdan nobud boʻlasizlar. Men sizlarni Isroil chegaralarida jazolayman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 11 Bu shahar sizlar uchun qozonday boʻlmaydi, sizlar ham qozon ichidagi goʻshtday boʻlmaysizlar. Men sizlarni Isroil chegaralarida jazolayman. 12 Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Zero, sizlar shu paytgacha qonun–qoidalarimni buzib, yon–atrofingizda yashovchi xalqlarning odatlariga taqlid qilib keldingizlar.”
13 Men, Hizqiyol, bashorat qilayotganimda, birdaniga Binayo oʻgʻli Pilatiyo jon berdi. Men yerga yuz tuban yiqilib: “Yo Egam Rabbiy! Sen Isroilda qolgan hamma odamlarni nobud qilmoqchimisan?” deya ovozim boricha hayqirib yubordim.
Xudoning vaʼdasi
14 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 15 “Ey inson, surgun boʻlgan sening oilang, urugʻ–aymoqlaring va butun Isroil xalqi haqida Quddusdagilar shunday aytishmoqda: «Ular uzoqda, Egamizga sajda qila olmaydilar. Shuning uchun bu yurt bizga mulk qilib berildi.» 16 Ammo sen surgunda boʻlgan Isroil xalqiga shunday xabar yetkaz: «Egamiz Rabbiy aytmoqda: Men sizlarni olisdagi xalqlar orasiga joʻnatdim. Boshqa yurtlarga tarqatib yubordim. Biroq begona yurtdagi musofirlik davringizda, Oʻzim sizlarga sajdagoh boʻlaman.»
17 Yana ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sizlarni xalqlar orasidan yigʻib olaman. Ha, sizlar begona yurtlarga tarqalib ketdingiz, ammo Men sizlarni u yerlardan olib chiqaman. Isroil yurtini sizlarga qaytarib beraman.»
18 Ey inson, Isroil xalqi oʻz yurtiga qaytib kelganda, u yerdagi makruh xudolarni, jirkanch butlarni ildizi bilan yoʻq qiladi. 19 Men ularga yaxlit bir yurak beraman, qalblarini yangi ruhga toʻldiraman. Bagʻridagi tosh yurakni olib tashlab, oʻrniga yumshoq yurak solaman. 20 Shunda ular farmonlarimni bajaradigan, qonun–qoidalarimga rioya qiladigan boʻladilar. Ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman. 21 Ammo makruh xudolarga, jirkanch butlarga sajda qilishni xush koʻradigan odamlarni qilmishlariga yarasha jazolayman.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
Xudoning ulugʻvorligi Quddusni tark etadi
22 Karublar qanotlarini yozib, yonidagi gʻildiraklari bilan birga osmonga koʻtarildilar. Isroil Xudosining ulugʻvorligi karublar ustida edi. 23 Egamizning ulugʻvorligi shaharni tark etib, shaharning sharq tomonidagi toqqa borib toʻxtadi. 24 Vahiyda Ruh meni koʻtarib, Bobilga surgun qilinganlarning oldiga qaytarib olib bordi. Vahiy tamom boʻldi. 25 Men surgundagi birodarlarimga Egamiz ayon qilgan hamma narsani aytib berdim.