22–BOB
Yahudo shohi Oxoziyo
1 Arablar bosqinchilik safari davomida Yohuramning kenja oʻgʻli Oxoziyodan boshqa hamma oʻgʻillarini qatl qilgan edilar. Shuning uchun Quddus aholisi Oxoziyoni oʻzlariga shoh qilishdi. 2 Oxoziyo taxtga oʻtirganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo boʻlib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi. 3 Oxoziyo ham Axab xonadoni yoʻlidan yurdi, chunki onasi unga qabih ishlar qilishni maslahat berardi. 4 Oxoziyo Axab nasliga oʻxshab, Egamiz oldida qabihliklar qildi. Otasi Yohuramning vafotidan keyin, shoh Axab xonadonining boshqa aʼzolari Oxoziyoning maslahatchilari boʻlib, uni halokatga boshladilar. 5 Oxoziyo ularning maslahatiga kirib, Isroil shohi Axab oʻgʻli Yoram bilan birga Giladdagi Ramoʻtga borib, Oram shohi Xazayilga qarshi urush ochdi. Shoh Yoram shu urushda yarador boʻldi. 6 U yarasini davolatish uchun Yizril shahriga qaytib keldi. Yahudo shohi Oxoziyo esa yaralangan Yoramni koʻrgani Yizrilga bordi.
7 Xudo Oxoziyoning bu tashrifini uning halokati uchun ishlatdi. Oxoziyo Yoramnikiga yetib borgach, Yoram bilan birgalikda Nimshining nevarasi Yohuni kutib olgani chiqdi. Yohuni Egamiz Axab xonadonini qatl qilish uchun tanlagan edi. 8 Yohu Axab xonadoni ustidan chiqarilgan hukmni ijro etayotgan paytda, Oxoziyo bilan birga kelgan Yahudo aʼyonlariga va Oxoziyoning jiyanlariga duch keldi. Ularning hammasini bitta qoldirmay qirib yubordi. 9 Soʻng Oxoziyoni qidira boshladi. Yohuning odamlari Samariyada yashirinib yurgan Oxoziyoni qoʻlga oldilar. Uni Yohuning oldiga olib kelib oʻldirdilar. Ammo keyin dafn qildilar, chunki ular: “Eha, bu Egamizga chin yurakdan intilgan Yohushafatning nevarasi–ku!” deb aytgan edilar. Oxoziyo xonadonida shohlik qiladigan hech bir kimsa qolmadi.
Yahudo malikasi Otaliyo taxtga oʻtiradi
10 Otaliyo oʻz oʻgʻli shoh Oxoziyoning oʻldirilganini eshitgach, Yahudoda Oxoziyoning jamiki urugʻini qirib tashlashga kirishdi. 11 Shohning hamma oʻgʻillarini oʻldirish rejalashtirilgan edi. Shoh Yohuramning Yohusheva degan qizi bor edi. Yohusheva Oxoziyoning oʻgay singlisi boʻlib, ruhoniy Yohayidoga turmushga chiqqan edi. Yohusheva Oxoziyoning oʻgʻli Yoʻshni shohning oʻgʻillari orasidan bildirmasdan olib qochdi. Otaliyo bolani oʻldirmasligi uchun, uni enagasi bilan birga Egamizning uyidagi yotoqxonaga yashirdi. 12 Otaliyo yurtni boshqargan paytda, bola olti yil davomida Xudoning uyida ular bilan birga yashirinib yurdi.