9–BOB
Yahudiylarning zafari
1 Shohning amru farmoni ijro qilinadigan oʻn ikkinchi oy — Adar oyining oʻn uchinchi kuni keldi. Bu kunni yahudiylarning gʻanimlari, ularning ustidan hukmronlikni egallaymiz, deb umid bilan kutgan edilar. Ammo aksincha boʻlib chiqdi: yahudiylar oʻz gʻanimlari ustidan hukmronlikni oʻrnatdilar. 2 Yahudiylar yovuz kimsalarga qarshi kurashish uchun shoh Axashverashga qarashli hamma viloyatlardagi oʻzlari yashaydigan shaharlarda bir joyga yigʻildilar. Hech kim yahudiylarga dosh bera olmadi, chunki yahudiylardan qoʻrquv tuygʻusi hamma xalqlarni qamrab olgan edi.
3 Viloyatlardagi hamma beklar, noiblar, hokimlar va shohning aʼyonlari Mardoxaydan qoʻrqqanlari uchun yahudiylarni qoʻllab–quvvatladilar. 4 Mardoxay saroyning yuksak martabali odami boʻlib, u tobora kuchayib borar, uning shuhrati butun viloyatlarga yoyilardi.
5 Yahudiylar jamiki dushmanlarini qilichdan oʻtkazib, oʻldirib, qirib tashladilar. Gʻanimlariga nisbatan istaganini qildilar. 6 Jumladan, yahudiylar Shushan qalʼasida besh yuz kishini qirib tashladilar. 7-10 Yana yahudiylar oʻzlarining dushmani Xamadoto oʻgʻli Xomonning oʻnala oʻgʻlini — Parshandata, Dalfon, Aspata, Poʻrata, Odaliyo, Oridato, Parmashto, Orisay, Oriday va Vayzotoni oʻldirdilar. Ammo mol–mulkiga qoʻl tekkizmadilar.
11 Oʻsha kuni Shushan qalʼasida oʻldirilganlarning hisobini shohga maʼlum qildilar. 12 Shoh esa malika Esterga aytdi:
— Yahudiylar Shushan qalʼasida Xomonning oʻnala oʻgʻlini va yana besh yuz kishini qirib, yoʻq qildilar. Kim bilsin, boshqa viloyatlarimda ular nima qildilar ekan? Istaging nima? Ayt, qondirayin. Yana qanday tilaging bor? Bajo qilayin.
13 — Agar shohimizga maʼqul boʻlsa, Shushandagi yahudiylar ertaga ham bugungi farmoningizni ijro etsinlar, — dedi Ester. — Xomonning oʻnala oʻgʻlining jasadlari ham dorga osilsin .
14 Shoh ushbu istakni bajarishni buyurdi. Shushanda farmon chiqarildi. Xomonning oʻnala oʻgʻlining jasadi ham dorga osildi. 15 Adar oyining oʻn toʻrtinchi kuni Shushandagi yahudiylar yana toʻplanib, qalʼada dushmanlardan uch yuztasini oʻldirdilar. Lekin mol–mulkiga qoʻl tekkizmadilar.
16 Shohlikning turli viloyatlarida yashaydigan boshqa yahudiylar ham jonini saqlash va dushmanlaridan qutulish uchun bir joyga toʻplandilar. Dushmanlaridan yetmish besh ming kishini oʻldirdilar, lekin mol–mulkiga qoʻl tekkizmadilar. 17 Bularning hammasi Adar oyining oʻn uchinchi kuni yuz berdi. Yahudiylar oʻn toʻrtinchi kuni tinchib, bu kunni bayram qildilar.
18 Shushandagi yahudiylar ham oʻzlarini qutqarish uchun oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi kunlari yigʻildilar. Oʻn beshinchi kuni esa tinchib, bu kunni bayram qildilar. 19 Shuning uchun qishloqlardagi aholi Adar oyining oʻn toʻrtinchi kunini bayram sifatida nishonlab ziyofat uyushtiradilar va bir–birlariga taom ulashadilar.
Purim bayrami
20 Mardoxay bu voqealarni yozib qoʻydi. Soʻngra shoh Axashverash qoʻli ostidagi uzoq–yaqindagi hamma yurtlarda yashayotgan yahudiylarga maktublar yubordi. 21 Maktubda har yili Adar oyining oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi kunlarini nishonlash lozimligi taʼkidlangan edi. 22 Chunki bu kunlar yahudiylar oʻz dushmanlaridan qutulgan kunlardir. Oʻsha oy gʻam — xursandchilikka, motam bayramga aylangan oydir. Mardoxay: “Shu kunlari ziyofat berib, xursandchilik qilinsin, taomlar ulashilsin, kambagʻallarga hadyalar inʼom qilinsin”, deb buyurgan edi.
23 Shunday qilib, yahudiylar Mardoxayning buyrugʻini qabul qildilar va bu bayramlarini har yil nishonlashni davom ettiraverdilar. 24 Darvoqe, butun yahudiylarning dushmani Oʻgax naslidan boʻlgan Xamadoto oʻgʻli Xomon fitna qoʻzgʻab yahudiylarni ezib, yoʻq qilish uchun pur — qurʼa tashlagandi. 25 Lekin Ester shohning huzuriga kirganda , shoh yana boshqa bir maktub orqali farmon bergandi . Shunday qilib, Xomon yahudiylarga qarshi yovuz reja oʻylab qoʻygandi, lekin rejasi oʻzining boshiga yetdi. Xomon va uning oʻgʻillari dorga osildi.
26 Shuning uchun bu bayramga Purim deb nom berilgandi. Bu nom “pur” soʻzidan olingan. Shunday qilib, yahudiylar Mardoxayning maktubida yozilganlardan, koʻrgan–kechirganlaridan va boshlariga tushgan koʻrgiliklardan keyin, 27 oʻzlari, bolalari va barcha qabiladoshlari oʻsha ikki kunni belgilangan vaqtda, yozilganiday, har yili doimiy ravishda bayram qilishga qaror qilgandilar. 28 “Bu kunlar avlodlar osha hamma oilada, viloyatlarda, har bir shaharda unutilmasdan, bayram qilinsin, Purim kunlarini yahudiylar oʻtkazib yubormasin, bu kunlar avlodlar osha davom etib xotirlansin”, deb qaror chiqardilar.
29 Abuhayil qizi malika Ester, yahudiy Mardoxay bilan birga, oʻz huquqi boʻyicha, Purim toʻgʻrisidagi oʻsha maktubni yozib, tasdiqlagandi. 30 Mardoxay Axashverashning hukmronligi ostidagi yuz yigirma yettita viloyatda yashaydigan hamma yahudiylarga tinchlik–omonlik tilangan oʻsha maktublarni yubordi. 31 Maktubda malika Ester bilan Mardoxay buyurganlariday, Purim kunlarini belgilangan sanada nishonlashga qatʼiy rioya qilishlari aytilgan edi. Yahudiylarning oʻzlari va bolalari roʻza tutishga va motam odatlariga amal qilganlari singari, bu bayramga ham rioya qilishlari kerakligi taʼkidlangan edi. 32 Shunday qilib, Purimga oid qoidalar, Esterning buyrugʻiga koʻra, tasdiqlandi va kitobga yozib qoʻyildi.