17–BOB
Gunoh haqida
1 Iso Oʻz shogirdlariga yana dedi: “Gunohga yetaklaydigan vasvasalar doimo keladi. Ammo vasvasaga sababchi boʻlgan odamning holiga voy! 2 Bu kichiklarning birontasini gunohga boshlaganingizdan koʻra, boʻyningizga tegirmon toshini osib, sizni dengizga tashlashgani oʻzingiz uchun yaxshiroqdir. 3 Ehtiyot boʻlinglar! Agar birodaringiz gunoh qilsa, unga tanbeh bering. Agar tavba qilsa, uni kechiring. 4 Agar oʻsha odam bir kunning oʻzida sizga qarshi yetti marta gunoh qilsa–yu, yetti marta qaytib kelib, sizga: «Tavba qildim», desa, uni kechirib yuboring.”
Imon va xizmat burchi haqida
5 Havoriylar Rabbimiz Isoga: “Imonimizga imon qoʻshing”, — dedilar.
6 Rabbimiz shunday javob berdi: “Agar zigʻirday imoningiz boʻlib, shu tut daraxtiga:
— Ildizing bilan qoʻporilib chiq va dengizga koʻchib ildiz ot, — desangiz, daraxt sizga boʻysunadi.
7 Xizmatkoringiz qoʻsh haydab yoki poda boqib daladan endigina qaytib kelganda, qay biringiz unga:
— Kel darrov, dasturxonga oʻtir, — deb aytasiz? 8 Buning oʻrniga oʻsha xizmatkoringizga:
— Kechki ovqatimni tayyorla, yeb–ichib boʻlgunimcha, belingni bogʻlab, menga xizmat qil, keyin oʻzing yeb–ichasan, — deb aytmaysizmi?!
9 Xizmatkor oʻz vazifasini bajargani uchun unga tashakkurlar bildirmaysiz–ku! 10 Shu singari, sizlar ham oʻzingizga buyurilgan hamma ishni bajarganingizdan soʻng:
— Biz bor–yoʻgʻi xizmatkormiz, vazifamizni bajardik, xolos, — deb aytinglar.”
Iso oʻn kishiga shifo beradi
11 Iso Samariya bilan Jalilani kesib oʻtib, Quddus tomon yoʻl oldi. 12 U bir qishloqqa kirayotganda, teri kasalligiga chalingan oʻn kishi Uni qarshilab oldi. Ular uzoqdan turib, 13 faryod qildilar:
— Ey Iso! Ustoz! Bizga rahm qiling!
14 Iso ularni koʻrib:
— Boringlar, oʻzlaringni ruhoniylarga koʻrsatinglar , — dedi.
Ular yoʻlda ketayotganlarida, teri kasalligidan poklanib qoldilar.
15 Ulardan biri oʻzining shifo topganini koʻrib, baland ovozda Xudoni ulugʻlab orqaga qaytdi. 16 Oʻzini Isoning oyoqlari ostiga tashlab, Unga minnatdorchilik bildirdi. Oʻsha odam Samariyalik edi.
17 Iso shogirdlariga dedi:
— Teri kasalligidan poklangan oʻn kishi emasmidi?! Qolgan toʻqqiztasi qani? 18 Xudoni ulugʻlash uchun shu bir begona kishidan boshqa hech kim qaytib kelmadimi?
19 Soʻng Iso teri kasalligidan poklangan odamga dedi:
— Oʻrningdan turgin–da, boraver. Senga ishonching shifo berdi.
Xudoning Shohligi
20 Baʼzi farziylar Isodan:
— Xudoning Shohligi qachon keladi? — deb soʻradilar. Iso ularga shunday javob berdi:
— Xudoning Shohligi koʻzga koʻrinadigan shaklda kelmaydi. 21 Hech kim: “Qara, Xudoning Shohligi bu yerda”, yoki “Ana u yerda”, deb aytmaydi. Chunki Xudoning Shohligi sizlarning orangizdadir.
22 Keyin Iso shogirdlariga dedi: “Shunday vaqtlar keladiki, sizlar Inson Oʻgʻlining kunlaridan bittasini koʻrishni orzu qilasizlar, ammo oʻsha kunni koʻrolmaysizlar. 23 Odamlar sizlarga: «Ana, Masih anavi yerda» yoki «Mana, Masih bu yerda», deb aytadilar. Ammo sizlar ular aytgan yerga bormanglar, ularning ortidan ergashmanglar. 24 Chunki Inson Oʻgʻli kelganda, Uni hamma koʻradi. U osmonni bir chetidan boshqa chetigacha yoritib yuborgan chaqmoqday boʻladi. 25 Lekin undan avval Inson Oʻgʻli koʻp azob chekishi va bu nasl tomonidan rad qilinishi kerak.
26 Nuh davrida qanday boʻlgan boʻlsa, Inson Oʻgʻli keladigan davrda ham xuddi shunday boʻladi. 27 Nuh kemaga kirgan kungacha insonlar yeb–ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar. Toʻfon kelganda esa ularning hammasi nobud boʻldi. 28 Lut zamonida ham xuddi shunday boʻlgan edi: odamlar yeb–ichardilar, savdo–sotiq qilardilar, ekin ekardilar, uy qurardilar. 29 Lekin Lut Sadoʻm shahridan chiqqan kuniyoq osmondan olov va oltingugurt yogʻib, hammani nobud qildi.
30 Inson Oʻgʻli zohir boʻlgan kunda ham xuddi shunday boʻladi. 31 U kunda tomning ustida boʻlgan kishi uydagi narsalarni olish uchun pastga tushmasin. Dalada boʻlgan odam ham qaytib kelmasin. 32 Lutning xotiniga nima boʻlganini yodingizda tutinglar. 33 Jonini saqlamoqchi boʻlgan uni yoʻqotadi. Jonini yoʻqotgan esa uni asrab qoladi. 34 Sizga shuni aytay: oʻsha kecha bir toʻshakda ikki kishi yotgan boʻlsa, biri olinadi, biri qoldiriladi. 35-36 Ikki ayol birga tegirmon tortayotgan boʻlsa, biri olinadi, biri qoldiriladi .”
37 Shogirdlar Isodan soʻradi:
— Hazrat, bu voqealar qayerda yuz beradi?
— Kalxatlar toʻplangan joyda murda boʻlishini hamma biladi, — deb javob berdi Iso. — Bu voqealar qayerda yuz berishi ham sizlarga shu singari ayon boʻladi .