1–BOB
1 Naynavo shahri haqida bashorat. Bu kitobda Elqoʻshlik Noxumga kelgan vahiy bayon qilingan.
Egamizning Naynavoga boʻlgan gʻazabi
2 Egamiz rashkchi , qasoskor Xudodir,
Egamiz qasoskor, dargʻazabdir.
Gʻanimlaridan Egamiz qasos olar,
Dushmanlaridan gʻazablanib yurar.
3 Egamizning jahli tez chiqmas,
Uning kuchi buyukdir,
Aybdorni Egamiz aslo oqlamas!
Yurgan yoʻli quyunu boʻron boʻlar.
Oyogʻi ostidan changday koʻtarilar
Qora bulutlar.
4 U dengizga doʻq urib, uni quritar,
Barcha daryolarni qaqratib yuborar.
Bashan va Karmil yaylovlari xazon boʻladi,
Lubnon gullari soʻlib qoladi.
5 Uning oldida silkinar togʻlar,
Parchalanib ketar adiru qirlar.
Huzurida zamin tebranar,
Butun jahon va undagi mavjudot qaltirar.
6 Uning qahriga kim bardosh bergay?!
Alangali gʻazabidan kim omon qolgay?!
Uning gʻazabi olovday yoyilar,
Uning oldida qoyalar chilparchin boʻlar.
7 Egamiz yaxshidir,
Kulfat kunida qoʻrgʻondir U,
Xudoda panoh topganlarni saqlaydi U.
8 Toshqin sel bilan Naynavoni vayron qilar,
Yovlarining payiga tushib, zulmatga haydar.
9 Ey Naynavo, nechun Egamizga qarshi fitna uyushtirasan?!
Axir, U bir urib seni qirib tashlaydi,
Ikkinchi urishiga hojat boʻlmaydi.
10 Chirmashgan tikanu quruq xas–choʻp kabi
Sizlar ham, ey mayxoʻrlar, yondirib tashlanasiz!
11 Ey Naynavo, qabih shoh sendan chiqdi,
Egamizga qarshi u fitna–fasod qildi.
12 Egamiz esa shunday aytur:
“Ossuriyaliklar kuchli va behisob boʻlsalar–da,
Ular qirilib, yoʻq boʻladilar.
Ey xalqim, boshingga kulfat soldim!
Endi bunday kulfat solmayman zinhor!
13 Seni Ossuriya boʻyinturugʻidan ozod qilaman,
Kishanlaringni uzib tashlayman.”
14 Sen haqingda, ey Ossuriya, Egamiz shunday amr etar:
“Sening noming dunyodan oʻchar.
Yoʻq qilaman xudolaring uyidagi quyma va oʻyma butlarni,
Yaramas xulq–atvoring uchun hozirlayman qabringni.”
Naynavo qulaydi
15 Qarang! Xushxabar keltiruvchi kimsa,
Togʻlar osha shoshib keladi bu yoqqa.
Tinchlikni eʼlon qiladi U sizga!
Ey Yahudo xalqi , nishonlagin bayramlaringni,
Olib kel ont ichib atagan nazrlaringni.
Yurtingga tajovuz qilmas endi qabihlar,
Zero, tamomila yoʻq boʻldi ular.