8–BOB
Qiz:
1 Qaniydi, onam emizgan akamday boʻlsang edi.
Koʻchada koʻrganimda, seni oʻpgan boʻlardim,
Hech kim meni bu uchun ayblamagan boʻlardi.
2 Men seni onamning uyiga boshlab kelardim.
Menga oʻgit bergan onamning yotogʻiga olib kirardim,
Senga xushboʻy sharobu anorlarim sharbatini berardim.
3 Mana, sevgilimning chap qoʻli boshim ostidadir,
Oʻng qoʻli bilan esa meni quchoqlaydi!
4 Ey Quddus qizlari, vaʼda beringlar,
Vaqt–soati kelmaguncha,
Sevgini qoʻzgʻatmang, uygʻotmang.
Oltinchi qoʻshiq
Quddus qizlari:
5 Oʻz sevgilisi bilan quchoqlashib,
Choʻl tarafdan kelayotgan kim?
Qiz:
Olma daraxti ostida men seni uygʻotdim.
Onang shu yerda senga homilador boʻlgan,
Mana shu yerda seni dunyoga keltirgan.
6 Qoʻlingdagi muhr uzugingday,
Meni ham yuragingga muhrlab olgin.
Axir, sevgi oʻlimday kuchli,
Ishq ajalday shiddatlidir.
Sevgining uchqunlari olov uchqunlariday,
Lovullagan alangadaydir.
7 Suv sevgini oʻchirolmaydi,
Toʻfonlar uni choʻktirolmaydi.
Birortasi sevgi uchun
Uyidagi bor boyligini bersa ham,
Mazaxdan boshqa hech narsaga erishmaydi.
Qizning akalari:
8 Bizning bir singlimiz bor,
Uning koʻkraklari hali boʻrtmagan.
Uni soʻrab kelishsa,
Biz nima qilamiz?
9 Agar u devor boʻlsa,
Uning atrofida kumushdan qalʼa quramiz.
Agar u eshik boʻlsa,
Uni sadr yogʻochlari bilan toʻsib qoʻyamiz.
Qiz:
10 Men ham devorday edim.
Endi esa koʻkraklarim minoralardaydir.
Shuning uchun sevgilim meni
Toʻliq yetilgan deb biladi.
11 Sulaymonning Baal–Xomonda uzumzori bor edi.
U uzumzorini bogʻbonlarga ishonib topshirdi.
Ularning har biri uzumzor uchun
Ming kumush tanga toʻlashi kerak edi.
Yigit:
12 Sulaymon, sen ming tanga ol,
Qorovullarga esa ikki yuz tangadan berilsin.
Mening uzumzorim oʻzimnikidir.
13 Ey bogʻlarda yashovchi qiz,
Doʻstlarim ovozingni eshitishni kutmoqda.
Qani, men ham ovozingni bir eshitay.
Qiz:
14 Xuddi kiyikday, yosh ohuday boʻlgin,
Ziravorlar togʻlariga tezroq kelgin, sevgilim.