1–BOB
Ilyos va shoh Oxoziyo
1 Isroil shohi Axabning vafotidan keyin , Moʻab yurti Isroilga qarshi isyon koʻtardi .
2 Isroil shohi Oxoziyo Samariya shahridagi saroyining tomi panjarasidan yiqilib, qattiq shikastlandi. Soʻng choparlariga: “Filistlarning Exron shahridagi xudosi Baal–Zabub yoniga borib, undan soʻranglar–chi, men sogʻayarmikanman”, deb ularni joʻnatdi.
3 Shunda Tishba shahridan boʻlgan Ilyos paygʻambarga Egamizning farishtasi gapirdi:
— Qani, boʻl, Samariya shohi yuborgan choparlarga peshvoz chiqib, ularga shu gaplarni yetkaz: “Nima uchun sizlar Exron shahrining xudosi Baal–Zabubdan, shoh sogʻayarmikan, deb soʻrab bilish uchun boryapsizlar?! Isroilda Xudo yoʻq deb oʻylayapsizlarmi?! 4 Endi Egam shunday aytmoqda: shohingiz shu qilgani uchun yotgan joyidan turmay, oʻladi.”
Ilyos Egamizning aytganini bajardi.
5 Choparlar Oxoziyoning huzuriga qaytib bordilar. Shoh:
— Namuncha tez qaytib keldingizlar? — deb soʻradi.
6 Choparlar Oxoziyoga aytdilar:
— Qarshimizdan bir odam bizga peshvoz chiqdi. Sizning huzuringizga qaytishimizni, shu xabarni yetkazishimizni aytdi: “Egamiz shunday demoqda: nimaga sen Exronning xudosi Baal–Zabubdan, sogʻayarmikanman, deb soʻrab bilish uchun choparlar joʻnatding? Isroilda Xudo yoʻq deb oʻyladingmi?! Shu qilganing uchun yotgan joyingdan turmay, oʻlasan.”
7 Oxoziyo choparlardan:
— Sizlarga peshvoz chiqib, shu gaplarni aytgan odamning koʻrinishi qanaqa edi? — deb soʻradi.
8 — U odam jundan toʻqilgan kiyim kiygan ekan, beliga charm kamar bogʻlab olibdi, — deb javob berishdi choparlar shohga.
— U Ilyos, — dedi Oxoziyo. 9 Shundan keyin shoh Oxoziyo Ilyosni olib kelish uchun ellikboshini ellikta sipohi bilan joʻnatdi. Ilyos togʻ tepasida oʻtirgan edi. Ellikboshi Ilyosni topib, unga dedi:
— Ey Xudoning odami! Tezroq pastga tushar ekansiz, shohimiz shunday deb amr qilmoqda.
10 — Agar men Xudoning odami boʻlsam, — deya javob berdi Ilyos, — osmondan olov tushib, seni va ellikta sipohingni yondirib yuborsin.
Shu zahoti osmondan olov tushib, ellikboshini ham, hamma sipohlarini ham yondirib yubordi.
11 Shoh Ilyosning oldiga yana boshqa ellikboshisini ellikta sipohi bilan joʻnatdi. U ellikboshi ham:
— Ey Xudoning odami! Tezroq pastga tushar ekansiz, shohimiz shunday deb amr qilmoqda, — dedi.
12 — Agar men Xudoning odami boʻlsam, — deb javob berdi Ilyos, — osmondan olov tushib, seni va ellikta sipohingni yondirib yuborsin.
Shu zahoti osmondan olov tushib, ellikboshini ham, ellikta sipohini ham yondirib yubordi.
13 Oxoziyo uchinchi marta yana ellikta sipoh bilan boshqa ellikboshini joʻnatdi. Ellikboshi Ilyosning oldiga chiqib, uning qarshisida tiz choʻkdi va unga iltijo qilib dedi:
— Ey Xudoning odami! Mening jonimga va mana shu ellikta qulingizning joniga rahm qiling. 14 Osmondan olov tushib, mendan oldingi ikkala ellikboshi ham barcha sipohlari bilan yonib ketgandi. Endi mening jonimga rahm qiling.
15 Shunda Ilyosga Egamizning farishtasi zohir boʻlib:
— Shohdan qoʻrqma, ellikboshi bilan birga boraver, — deb aytdi. Ilyos ellikboshi bilan birga shoh huzuriga borib, 16 unga shunday dedi:
— Egamiz aytmoqda: “Isroilda Xudo yoʻqday, Exronning xudosi Baal–Zabubdan, sogʻayarmikanman, deb soʻrab bilish uchun choparlar joʻnatding. Shu qilganing uchun yotgan toʻshagingdan turmay, oʻlasan.”
17 Shunday qilib, Egamizning Ilyos orqali aytganiga muvofiq, shoh Oxoziyo vafot etdi. Shohning oʻgʻli boʻlmagani uchun uning oʻrniga ukasi Yoram shoh boʻldi. Bu voqea yuz berganda, Yahudo shohi Yohuram ikkinchi yil shohlik qilayotgan edi . Yohuram Yohushafatning oʻgʻli edi.
18 Oxoziyoning boshqa ishlari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.