3–BOB
Ayubning ilk nutqi: u tugʻilgan kunini laʼnatlaydi
1 Oxiri Ayub soʻz boshlab, oʻzi dunyoga kelgan kunni laʼnatladi. 2 U shunday dedi:

3 “Men tugʻilgan kun qirilib ketsin,
Men yaratilgan kecha laʼnati boʻlsin.
4 Oʻsha kun zulmatga aylanib qolsin!
Hatto Xudo ham shu kunni eslamasin,
Oʻsha kun hech qachon nur koʻrmasin.
5 Zimziyo zulmat uni qamrasin,
U kunni bulutlar berkitsin,
Quyosh nurini qorongʻilik toʻsib qoʻysin.
6 Ha, oʻsha kechani zulmat yutib yuborsin!
Yil kunlari orasida hech qachon sanalmasin,
Oylarning hisobiga oʻsha kecha kirmasin.
7 Oʻsha kecha qisir boʻlsin,
Undan shodlik ovozi yangramasin.
8 Maxluq Levitanni chaqirishga qodir boʻlganlar uni qargʻasin,
Ha, laʼnat oʻqiydiganlar oʻsha kechaga qargʻish yogʻdirsin.
9 Oʻsha kechada tong yulduzlari charaqlamasin.
Oʻsha kecha yorugʻlikka umid qilsin–u,
Ammo tong shuʼlasini koʻrmasin.
10 Onamning bachadonini berkitmagani uchun,
Meni shuncha qaygʻudan xoli qilmagani uchun
Oʻsha kecha laʼnati boʻlsin.

11 Nima uchun oʻlik tugʻilmadim?!
Onam qornidan tushiboq, oʻlmadim?!
12 Nima uchun onam meni tizzalarida olib oʻtirdi ekan?!
Nima uchun meni emizdi ekan?!
13 Oʻlganimda edi, hozir tinch yotgan boʻlardim.
Uxlab, orom olib yotgan boʻlardim.
14 Vayronalarni tiklashga qodir boʻlgan
Shohu amaldorlar bilan birga boʻlardim.
15 Tillaga boy, uylarini kumushga toʻldirgan
Shahzodalar qatori yotgan boʻlardim.
16 Nima uchun oʻlik tugʻilgan boladay boʻlmadim?!
Nima uchun yorugʻlik koʻrmagan chaqaloqday koʻmilmadim?!
17 Axir, qabrda fosiqlar ham
Fosiqlik qilishdan toʻxtaydilar–ku!
Charchaganlar ham dam oladilar–ku!
18 Asirlar u yerda jam boʻlib tinch yashaydi,
Nazoratchilarning baqir–chaqiri eshitilmaydi.
19 Katta ham, kichik ham u yerda bordir,
Qullar ham nihoyat u yerda ozoddir.

20 Nima uchun qiynalganga yorugʻlik berilgan,
Qaygʻuga botganga esa hayot ato qilingan?!
21 Ular oʻlimni kutadilar, lekin oʻlim kelmaydi,
Qimmatbaho xazinadan ham koʻra,
Koʻproq oʻlimni izlaydi ular.
22 Oʻlim topganlarida ular juda quvonadi,
Shodlikdan boshlari osmonga yetadi.
23 Nima uchun yoʻlni koʻrolmaydiganlarga yorugʻlik berilgan?!
Axir, Xudo ularning yoʻlini toʻsib qoʻygan–ku!
24 Non yeyish oʻrniga ogʻir uf tortaman,
Chuqur ohu nolalarim suvday oqib chiqyapti.
25 Ha, nimadan qoʻrqqan boʻlsam, oʻsha boshimga tushdi.
Xavfsiraganlarim sodir boʻldi.
26 Koʻnglim tinch emas, menda xotirjamlik yoʻq,
Tinchlik yoʻq, gʻam–tashvish esa kelaveradi.”