4–BOB
Ruhlarni sinovdan oʻtkazing
1 Ey azizlarim, menda Xudoning Ruhi bor degan har qanday odamga ishonib ketavermanglar. Har bir odamni sinanglar, u Xudodan yoki Xudodan emasligini bilinglar, chunki dunyoda soxta paygʻambarlar koʻpayib ketgan. 2 Odamda Xudoning Ruhi borligini shundan bilib olsangiz boʻladi: Iso Masih inson boʻlib kelganini tan oladigan har bir odam Xudodandir. 3 Buni tan olmaydigan odam esa Xudodan emas. Bunday odamdagi ruh Masihning dushmanida boʻladigan ruhdir. Masihning dushmani kelishi haqida eshitgansizlar. Mana, unda boʻladigan ruh hozirdanoq shu dunyodadir.
4 Sizlar esa, aziz bolalarim , Xudodansizlar va soxta paygʻambarlarni yengdingizlar. Axir, ichingizdagi Ruh dunyodagi shaytondan ustundir. 5 Oʻsha soxta paygʻambarlar bu dunyodan, ularning gapi ham bu dunyoga tegishli, shuning uchun dunyo ularga quloq soladi. 6 Biz esa Xudodanmiz. Xudoni tanigan odam bizga quloq soladi, Xudodan boʻlmagan esa quloq solmaydi. Haqiqat Ruhi bilan yolgʻon ruhini biz ana shundan farqlay olamiz.
Sevgi Xudodandir
7 Ey azizlarim, bir–birimizni yaxshi koʻraylik, chunki sevgi Xudodandir. Sevadigan har bir odam Xudoning farzandidir va Xudoni biladi. 8 Sevmaydigan odam esa Xudoni hech qachon bilmagan. Axir, Xudo sevgidir. 9 Xudo bizga boʻlgan sevgisini shunday namoyon qildi: U bizga hayot berish uchun yagona Oʻgʻlini dunyoga yubordi. 10 Haqiqiy sevgi — bizning Xudoga boʻlgan sevgimiz emas, balki Xudoning bizga koʻrsatgan sevgisidir. Zero, Xudo bizni gunohlarimizdan poklash uchun Oʻz Oʻgʻlini qurbon qildi.
11 Azizlarim, Xudo bizni shu qadar sevgani uchun biz ham bir–birimizni yaxshi koʻrishimiz kerak. 12 Hech kim hech qachon Xudoni koʻrgan emas. Agar biz bir–birimizni yaxshi koʻrsak, demak, Xudo biz bilan birga va Uning sevgisi bizda oʻzining mukammal ifodasini topgan. 13 Xudo har birimizga Oʻz Ruhini bergan. Shundan bilamizki, Xudo biz bilan va biz Xudo bilan birga yashamoqdamiz. 14 Otamiz Xudo Oʻz Oʻgʻlini dunyoning Najotkori qilib yuborganini biz koʻrdik va bu haqda guvohlik beryapmiz. 15 Isoni Xudoning Oʻgʻli deb tan olgan har bir odam Xudo bilan birga yashaydi va Xudo u bilan birga yashaydi. 16 Xudoning bizga boʻlgan mehr–muhabbatini biz tatib koʻrib, Xudo bizni yaxshi koʻrishiga ishonch hosil qildik.
Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan birga yashaydi va Xudo u bilan birga yashaydi. 17 Shu tariqa Uning sevgisi bizda mukammal ifodasini topadi. Shunda biz qiyomat kunini dadillik bilan qarshilab olamiz, chunki hozirdanoq Masih singari, Xudo bilan birga yashamoqdamiz. 18 Xudoning sevgisini ardoqlagan kishi qiyomat kunidan qoʻrqmaydi, chunki qalbini toʻldirgan Xudoning sevgisi bu qoʻrquvni quvib chiqaradi. Qoʻrqoq kishining qalbi esa Xudoning sevgisiga toʻlmagan. Shuning uchun u qiyomat kunidan qoʻrqib yashaydi.
19 Biz sevamiz , chunki Xudo bizni birinchi boʻlib sevdi. 20 Agar biror kishi Xudoni sevaman desa–yu, birodaridan nafratlansa, u yolgʻonchidir. Koʻrib turgan birodarini seva olmagan odam koʻrmagan Xudoni ham seva olmaydi. 21 Xudoni sevgan odam birodarini ham yaxshi koʻrishi kerak! Bu amrni bizga Xudo bergan.