6–BOB
Egamiz Isroil xalqini qutqarishga vaʼda beradi
1 Shundan soʻng Egamiz Musoga aytdi:
— Firʼavnni nima qilishimni endi koʻrasan. U qudratli kuchimni koʻrgandan keyin, xalqimning ketishiga ijozat beribgina qolmaydi, hatto xalqimni oʻz yurtidan quvib yuboradi.
2 Xudo Musoga yana dedi:
— Men Egangizman. 3 Ibrohimga, Isʼhoqqa va Yoqubga Men Qodir Xudo boʻlib Oʻzimni zohir qildim . Ammo ularga Men, ularning Egasi deb tanilmagan edim . 4 Ular Kanʼon yurtida musofir boʻlib yashagan edilar. Oʻsha yurtni sizlarga beraman, deb ular bilan ahd qildim . 5 Misrliklar qul qilgan Isroil xalqining faryodini aniq eshitdim. Men oʻsha ahdimni yodimda tutaman. 6 Shunday qilib, bu toʻgʻrida Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Men Egangizman. Men sizlarni Misrliklarning zulmidan ozod qilaman, qullikdan olib chiqaman. Qudratli kuchim va hukmning buyuk ishlari bilan sizlarni qullikdan ozod qilaman. 7 Men sizlarni Oʻzimning xalqim qilaman, sizlarning Xudoyingiz boʻlaman. Sizlarni Misrliklarning zulmidan xalos qilgan Egangiz Xudo Men ekanligimni oʻshanda bilib olasizlar. 8 Men Ibrohimga, Isʼhoqqa va Yoqubga ont ichib, beraman degan yurtga sizlarni olib boraman. Oʻsha yurtni sizlarga mulk qilib beraman. Men Egangizman.”
9 Muso bu gaplarni Isroil xalqiga aytgan edi, ammo xalq uning gaplariga quloq solmadi. Chunki xalq ogʻir zulm ostida qolib, ruhan tushkunlikka tushgan edi. 10 Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi:
11 — Misr firʼavni huzuriga borib ayt: Isroil xalqi Misrdan chiqib ketishiga ijozat bersin.
12 — Gapimga Isroil xalqi quloq solmadi–yu, firʼavn quloq solarmidi?! — dedi Muso. — Qolaversa, yaxshi gapira olmayman–ku!
13 Ammo Egamiz Muso bilan Horunga amr qildi: “Misr firʼavni oldiga qaytib boringlar. Isroil xalqi Misrdan ketishiga ijozat bering, deb talab qilinglar.”
Muso va Horunning nasl–nasabi
14 Baʼzi Isroil qabilalarining urugʻboshilari quyidagilardir:
Yoqubning toʻngʻich oʻgʻli Rubenning Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi degan oʻgʻillari bor edi. Ulardan Ruben qabilasining urugʻlari kelib chiqqan.
15 Shimoʻnning Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zoʻxar va Kanʼonlik ayoldan tugʻilgan Shovul degan oʻgʻillari bor edi. Ulardan Shimoʻn qabilasining urugʻlari kelib chiqqan.
16 Levi 137 yil yashadi. Uning Gershon, Qohot va Marori degan oʻgʻillari bor edi. 17 Gershonning Lubnax va Shimax degan oʻgʻillari bor edi. 18 Qohot 133 yil yashadi. Uning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan oʻgʻillari bor edi. 19 Marorining Maxli va Mushi degan oʻgʻillari bor edi. Ularning hammasidan Levi qabilasining urugʻlari kelib chiqdi.
20 Imrom 137 yil yashadi. U oʻzining ammasi Yoʻxavadga uylandi. Yoʻxavad Imromga Horun va Musoni tugʻib berdi. 21 Izxorning Koʻrax, Nafax va Zixri degan oʻgʻillari bor edi. 22 Uziyolning Mishail, Elzafan va Sitri degan oʻgʻillari bor edi.
23 Horun Elishbaga uylandi. U Ominadavning qizi, Naxshoʻnning singlisidir. Elishba Horunga toʻrtta oʻgʻil: Nadov, Abihu, Elazar va Itamarni tugʻib berdi. 24 Koʻraxning Aser, Elqana va Abuasaf degan oʻgʻillari bor edi. Ulardan Koʻrax urugʻlari kelib chiqdi. 25 Horunning oʻgʻli Elazar Futiyolning qizlaridan biriga uylandi. Xotini Elazarga Finxazni tugʻib berdi.
Urugʻlari boʻyicha Levi qabilasining urugʻboshilari ana shulardir.
26 Yuqorida aytib oʻtilgan Horun va Musoga Egamiz: “Isroilning har bir oilasi va qabilasini Misrdan olib chiqinglar!” deb amr berdi. 27 Ular: “Isroil xalqini ozod qiling”, deb Misr firʼavniga buyruq berdilar.
Horun Musoning oʻrniga gapiradi
28 Shunday qilib, Egamiz Muso bilan Misrda gaplashganda, 29 unga: “Men Egangizman, senga aytganlarimning hammasini Misr firʼavniga yetkaz!” deb amr bergan edi. 30 Muso esa Egamizning oldida: “Men yaxshi gapira olmayman–ku! Firʼavn mening gapimga quloq solmaydi!” degan edi.