8–BOB
Horun moychiroqlarni oʻrnatadi
1 Egamiz yana Musoga dedi: 2 “Horunga ayt, u yettala moychiroqni chiroqpoyaga oʻrnatganda, moychiroqlarning nuri chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib oʻrnatsin.”
3 Egamizning Muso orqali bergan bu amrini Horun bajardi. U yettita moychiroqni chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib oʻrnatdi. 4 Chiroqpoya, Egamiz Musoga koʻrsatgan namuna boʻyicha , tagligidan tortib, gullarigacha oltindan zarb urib yasalgan edi.
Levilar poklanib Xudoga bagʻishlanadi
5 Egamiz Musoga yana aytdi: 6 “Isroil xalqi orasidan levilarni ajratib olib, quyidagi yoʻl bilan ularni pokla : 7 levilarga gunohdan poklaydigan suvni sep. Ular ustara bilan butun badanlarini qirib tozalashsin, kiyimlarini yuvishsin. Shundan soʻng ular pok boʻlishadi. 8 Soʻngra ular buqani va buqaga qoʻshib nazr qilinadigan zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni olib kelishsin. Bundan tashqari, boshqa bir buqani gunoh qurbonligi qilish uchun olib kelishsin. 9 Soʻng butun jamoani toʻpla, levilarni Uchrashuv chodiri oldiga olib kel. 10 Levilarni Men, Egangizning huzuriga olib kelganingda, Isroil xalqi levilarga qoʻllarini qoʻysin. 11 Horun levilarni Isroil xalqidan maxsus nazr sifatida Men, Egangizga bagʻishlasin, toki levilar Menga xizmat qilishsin. 12 Levilar qoʻllarini buqalarning boshiga qoʻyishsin. Horun bir buqani gunoh qurbonligi, ikkinchi buqani esa kuydiriladigan qurbonlik qilib, levilarni gunohlardan poklasin. 13 Keyin levilarni Horun va uning oʻgʻillari roʻparasiga turgʻizib qoʻy. Levilarni maxsus nazr sifatida Men, Egangizga bagʻishla.
14 Shunday qilib, levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib ol. Levilar Meniki boʻladi. 15 Levilarni poklab, maxsus nazr sifatida Menga bagʻishlaganingdan soʻng, ular xizmat qilish uchun Uchrashuv chodiriga kira oladilar. 16 Men levilarni Isroil xalqi orasidan Oʻzim uchun olganman. Ularni Oʻzim uchun Isroil ayollaridan tugʻilgan barcha toʻngʻich oʻgʻillari oʻrniga olganman. 17 Chunki Isroil xalqining hamma toʻngʻichlari — odamning toʻngʻich oʻgʻlidan tortib, mollarning birinchi erkak bolasigacha Menikidir. Misrda hamma toʻngʻichlarni nobud qilgan kunim Men Isroil xalqining toʻngʻich oʻgʻillarini Oʻzim uchun ajratib olganman. 18 Isroil xalqi orasidagi hamma toʻngʻich oʻgʻillar oʻrniga esa levilarni olganman. 19 Levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib olib, Horun va uning oʻgʻillari ixtiyoriga topshirganman. Levilar Isroil xalqi nomidan Uchrashuv chodirida xizmat qiladilar. Isroil xalqi Chodirga yaqin kelib qolganda, yuz beradigan kulfatdan levilar ularni himoya qiladi .”
20 Muso, Horun va butun Isroil jamoasi levilarni Egamizga bagʻishladilar. Xullas, Egamizning levilar haqida Musoga bergan amrlarini bajardilar. 21 Levilar poklanishdi, kiyimlarini yuvishdi. Horun ularni maxsus nazr sifatida Egamizga bagʻishlab, poklash marosimini oʻtkazdi. 22 Shundan keyin levilar Horun va uning oʻgʻillari nazorati ostida Uchrashuv chodirida xizmat ado etish uchun u yerga kirdilar. Shunday qilib, Egamiz levilar haqida Musoga qanday amr etgan boʻlsa, Isroil xalqi uning amrlarini ado etdi.
23 Egamiz yana Musoga aytdi: 24 “Levilar quyidagi qoidaga rioya qilishsin: yigirma besh va undan yuqori yoshdagi levilar Uchrashuv chodiridagi xizmatini boshlashsin. 25 Ellik yoshda esa xizmatidan boʻshab, boshqa xizmat qilishmasin. 26 Xizmatidan boʻshagan levilar Uchrashuv chodirida xizmat qilayotgan birodarlariga yordam berishlari mumkin. Lekin biror ish uchun masʼuliyatni oʻz boʻyinlariga olishmasin. Levilarning majburiyatlarini shu tariqa koʻrsatib ber.”