2–BOB
Shayton Ayubni takror sinaydi
1 Bir kuni ilohiy zotlar Egamizning oldiga kelishdi. Shayton ham Egamizning huzuriga keldi. 2 Shaytondan Egamiz:
— Qayerdan kelyapsan? — deb soʻradi.
Shayton:
— Yer yuzining u yogʻidan bu yogʻiga yurib, aylanib chiqdim, — deb javob berdi.
3 Shaytonga Egamiz shunday dedi:
— Qulim Ayubni koʻrdingmi? Yer yuzida unga oʻxshagan hech kim yoʻq. U aybsiz va solih odam. Mendan qoʻrqadi, fosiqlikdan yuz oʻgirgan. Sen esa bekorga Meni unga zarar koʻrsatishga undading. Qara, u hali ham solihligida mahkam turibdi.
4 Shayton shunday javob berdi:
— Joniga azob berib koʻr–chi, nima qilar ekan?! Koʻrasan, inson oʻz jonini saqlab qolish uchun hamma narsadan voz kechadi. 5 Hozir uning tanasini dardga yoʻliqtirgin, u yuzingga qarab Seni laʼnatlaydi.
6 Shaytonga Egamiz shunday dedi:
— Mayli, Ayubni qoʻlingga topshirdim. Uni faqat tirik qoldirgin.
7 Shayton Egamizning huzuridan chiqib, Ayubni boshidan oyogʻigacha jirkanchli yaralar bilan qoplab tashladi. 8 Ayub kul uyumlari orasida, sopol parchasi bilan yaralarini qashlab oʻtirardi.
9 Xotini unga:
— Hamon solihligingizda mahkam turaverasizmi?! Xudoni laʼnatlang–da, oʻlib qoʻya qoling, — dedi.
10 Ayub esa xotiniga shunday javob berdi:
— Sen ahmoq xotinlarday gapiryapsan. Xudoning qoʻlidan yaxshi narsalarni qabul qilamiz–u, yomonlarini olmaymizmi?
Shuncha azob–uqubatdan keyin ham Ayub Xudoga qarshi gapirib, gunoh qilmadi.
Ayubning doʻstlari keladi
11 Ayubning boshiga tushgan kulfatlar haqida uning uch doʻsti eshitdi. Bular Temonlik Elifaz, Shuvaxlik Bildad va Namaxlik Zoʻfar degan odamlar edi. Ular yigʻilishib, Ayubga hamdardlik bildirish va tasalli berish niyatida uni koʻrishga keldilar. 12 Doʻstlari Ayubni uzoqdan koʻrib taniy olmadilar. Qattiq dod–faryod solib, kiyimlarini yirtishdi, boshlari uzra tuproq sochishdi. 13 Ular Ayub bilan birga yetti kun–yetti kecha yerda oʻtirdilar. Mana shu kunlar davomida hech biri Ayubga gapirmadi, chunki u juda qattiq azob chekayotganini koʻrib turar edilar.