24–BOB
Xalq Xudoga itoat etishga rozi
1 Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
— Sen Horunni va uning ikki oʻgʻli Nadov bilan Abihuni, Isroilning yetmishta oqsoqolini Mening huzurimga olib kel . Keyin uzoqdan sajda qilinglar. 2 Menga faqat sen yaqin kelgin, boshqa hech kim yaqin kelmasin. Xalq esa sizlar bilan birga chiqmasin.
3 Muso kelib, Egamizning hamma amrlarini, hamma qonun–qoidalarini xalqqa aytib berdi. Xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deya javob berdi. 4 Muso Egamizning hamma amrlarini va qonun–qoidalarini yozdi. Soʻng ertasi kuni tongda turib, togʻ etagiga qurbongoh qurdi. Oʻn ikki Isroil qabilasining miqdoriga koʻra, oʻn ikkita tosh oʻrnatdi. 5 Muso Isroil xalqi orasidan yosh yigitlarni qurbonliklar keltirgani yubordi. Ular Egamizga kuydiriladigan qurbonliklar qilishdi. Buqalarni tinchlik qurbonliklari qilishdi. 6 Muso qonning yarmini togʻoraga quydi, qolgan yarmini esa qurbongohga sepdi. 7 Soʻngra u Ahd kitobini olib, xalqqa ovoz chiqarib oʻqib berdi. Shunda xalq: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz, Unga itoat qilamiz”, dedi. 8 Muso togʻoradagi qonni oldi–da, xalqqa sepib: “Ana shu soʻzlarga muvofiq, shu qon Egamizning sizlar bilan qilgan ahdini tasdiqlaydi”, — dedi.
9 Shundan keyin Muso, Horun, Nadov, Abihu va Isroilning yetmishta oqsoqoli toqqa chiqishib, 10 u yerda Isroil xalqining Xudosini koʻrdilar: Uning oyoqlari ostida zangori yoqutdan qilingan polga oʻxshash bir narsa bor edi. U moviy osmon kabi musaffo edi. 11 Isroil xalqining bu yoʻlboshchilari Xudoni koʻrgan boʻlsalar–da, Xudo ularni oʻldirmadi. Ular oʻsha yerda qurbonlik goʻshtini tanovul qildilar.
Muso Sinay togʻida
12 Keyin Egamiz Musoga aytdi:
— Toqqa, Mening oldimga chiqib, shu yerda tur . Men senga amr va qonunlar yozilgan ikkita tosh lavhani beraman. Bu amr va qonunlarni xalq oʻrgansin deb yozdim.
13 Muso bilan uning shogirdi Yoshua otlanishdi. Muso Xudoning muqaddas togʻiga ketayotib, 14 oqsoqollarga aytdi:
— Yonlaringizga qaytib kelgunimizcha shu yerda — qarorgohda kutib turinglar. Horun bilan Xur sizlarning yoningizda qoladi. Kimning ishi boʻlsa, ularga murojaat etsin.
15 Muso toqqa chiqqanda, togʻni bulut qopladi. 16 Egamiz ulugʻvorligini zohir qilib, Sinay togʻiga tushdi. Olti kun davomida bulut togʻni qoplab turdi. Yettinchi kuni Egamiz bulut orasidan Musoni chaqirdi. 17 Egamizning ulugʻvorligi togʻ choʻqqisida lovullayotgan alanga kabi, Isroil xalqi koʻzi oʻngida zohir boʻlib turardi. 18 Muso bulut orasida yurib, togʻ choʻqqisiga chiqdi. Muso togʻda qirq kechayu qirq kunduz qoldi.