1–BOB
Salom
1 Men — Iso Masihning quli boʻlgan Pavlusdan Rimdagi birodarlarimga salom! Men havoriylikka daʼvat etilganman, Xudoning Xushxabarini yoyish uchun tanlanganman. 2 Muqaddas bitiklarda yozilganday, Xudo bu Xushxabarni beraman deb, Oʻz paygʻambarlari orqali vaʼda bergan edi. 3 Bu Xushxabar Xudoning Oʻgʻli haqidadir. U jisman Dovud zurriyotidan kelib chiqqan edi. 4 Xudoning Oʻzi Rabbimiz Iso Masihni oʻlikdan tiriltirdi. Shu orqali Muqaddas Ruhning kuchiga toʻla boʻlgan Iso Masih Xudoning Oʻgʻli ekanligi isbotlandi . 5 Ana shu Iso Masih orqali Xudo menga inoyat koʻrsatib, havoriy boʻlish vazifasini berdi. Toki barcha xalqlar Xudoga ishonib, itoat etsinlar, shunda Iso Masihning nomi ulugʻlanadi. 6 Sizlar ham, oʻsha xalqlar qatori, Iso Masihga tegishli boʻlishga daʼvat etilgansizlar.
7 Men ushbu maktubimni sizlarga — Rimdagi birodarlarimga yozyapman. Xudo sizlarning hammangizni yaxshi koʻrib, Oʻzining aziz xalqi boʻlishga chorlagan. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
Pavlusning Rimga borish istagi
8 Avvalambor, Iso Masih sharofati ila barchangiz uchun Xudoyimga shukur qilaman, chunki butun dunyo sizlarning imoningiz haqida gapiryapti. 9 Xudoning Oʻgʻli haqidagi Xushxabarni yoyar ekanman, chin qalbimdan Xudoga xizmat qilaman. Xudo shohid, men doim sizlar uchun ibodat qilaman. 10 Ibodatlarimda, doim Xudodan: “Agar irodang boʻlsa, imkon ber, men borib, Rimdagi birodarlarimni koʻrib kelay”, deb soʻrayman. 11 Sizlarni rosa koʻrgim kelyapti, chunki sizlar bilan ruhiy inʼomlarni baham koʻrsam, deyman, shunda sizlar imonda yanada mustahkamroq boʻlardingiz. 12 Toʻgʻrirogʻi, koʻrishganimizda, bir–birimizning imonimizdan dalda olsak, deyman.
13 Birodarlar, bilib qoʻyinglar, men koʻp marta sizlarning oldingizga borishni rejalashtirgandim, ammo hech yoʻl ochilmadi. Boshqa xalqlar orasida Xushxabarni aytib, yaxshi natijalarga erishdim. Rimda ham shunday natijalarga erishishni istayman. 14 Mening burchim madaniyatliyu madaniyatsizlarga , ziyoliyu savodsizlarga Xushxabarni aytishdan iborat. 15 Shuning uchun men sizlarga, yaʼni Rimdagilarga ham Xushxabarni aytishga intizorman.
16 Men Xushxabardan or qilmayman, chunki Xudoning kuch–qudrati boʻlgan bu Xushxabar orqali unga ishonganlarning hammasi qutqariladi. Ishonadiganlar yahudiymi, gʻayriyahudiymi , farqi yoʻq! 17 Bu Xushxabarda oshkor qilinganki, Xudo insonlarni imon orqali, ha, faqatgina imon orqali oqlaydi , chunki Muqaddas bitiklarda: “Solih inson imon tufayli hayotga ega boʻladi” , deb yozilgan.
Insoniyatning gunohkorligi
18 Barcha fosiqligu adolatsizlik ustiga samodan Xudoning qahri yogʻiladi, chunki insonlar oʻz adolatsizliklari bilan haqiqatga toʻsqinlik qilyaptilar. 19 Xudo haqida nimaiki bilish mumkin boʻlsa, ularga ravshandir, Xudoning Oʻzi ularga zohir etgan. 20 Borliq yaratilgandan beri Xudoning koʻrinmas xususiyatlari, yaʼni abadiy qudrati va ilohiyoti ochiq koʻrinib turibdi. Xudoning ijodiga qarab, Uning xususiyatlarini tushunib olsa boʻladi. Shunday ekan, ular: “Xudoni bilmaymiz”, deb bahona qilolmaydilar. 21 Ular Xudoni bilsalar–da, Uni ulugʻlamadilar, Unga shukur qilmadilar. Aksincha, bemaʼni oʻy–xayollarga berilib ketdilar, ularning nodon onglari zulmatga choʻkdi. 22 Ular oʻzlarini aqlli deb hisoblaydilar, aslida esa nodondirlar. 23 Ular mangu, ulugʻvor Xudoga emas, balki oʻtkinchi inson, qush, chorva, sudraluvchi jonivorlar suratidagi butlarga sajda qildilar.
24 Shuning uchun Xudo ularni oʻz yuraklaridagi chirkin ehtiroslari ogʻushida qoldirdi. Shu sababdan ular bir–birlari bilan behayo ishlar qiladilar. 25 Ular Xudoning haqiqatini yolgʻon bilan almashtirib, Yaratuvchiga emas, balki yaratilganga sajda qilib, xizmat qiladilar. Yaratuvchi Xudogagina to abad hamdlar boʻlsin! Omin.
26 Haqiqatni rad qilganlari uchun Xudo ularni oʻzlarining behayo ehtiroslariga topshirdi. Hatto ayollar ham tabiiy jinsiy munosabatni notabiiy munosabatga almashtirib, bir–birlari bilan jinsiy aloqa qildilar. 27 Xuddi shuningdek, erkaklar ham ayollar bilan boʻladigan tabiiy jinsiy munosabatdan voz kechib, bir–birlariga nisbatan shahvoniy hirs bilan yondilar. Erkaklar bir–birlari bilan behayo ishlar qilib, qilmishlariga yarasha jazo tortyaptilar.
28 Bu odamlar Xudoni tanib–bilishni rad qilganlari uchun, Xudo ularni buzuq xayollarga topshirib qoʻydi, oqibatda ular qilish mumkin boʻlmagan ishlarni qiladilar. 29 Ular har turli adolatsizlik, yomonlik, ochkoʻzlik va yovuzlikka toʻlib, hasadgoʻylik, qotillik, janjalkashlik, firibgarlik va badfeʼllikka mukkasidan ketgandirlar. 30 Ular gʻiybatchi boʻlib, odamlarning orqasidan gapiradilar. Xudodan nafratlanadilar. Ular surbet, takabbur, maqtanchoqdirlar. Ular yovuz ishlar qilishning har xil yoʻllarini topadilar, ota–onalariga itoat qilmaydilar. 31 Ular nodondirlar, ularga ishonib boʻlmaydi, ularda mehr–shafqat yoʻq. 32 Xudoning qonunida, shunday ishlarni qiladigan odamlar oʻlimga loyiq, deb aytilganini biladilar. Shunday boʻlsa–da, ular nafaqat bu ishlarni oʻzlari qiladilar, balki oʻshanday ishlarni qiluvchilarni qoʻllab–quvvatlaydilar.