9–BOB
Saxiy boʻlishga daʼvat
1 Sizlarga Xudoning Quddusdagi azizlari uchun beriladigan yordam haqida yozishimga hech hojat yoʻq. 2 Axir, bilaman–ku, sizlar yordam berishga tayyorsizlar, shuning uchun ham “Axaya hududidagi imonlilar oʻtgan yildan beri tayyor”, deb Makedoniyadagi imonlilarga sizlarni maqtab yuribman. Sizlarning saxiylik bilan berayotgan xayr–ehsonlaringiz ularni ham saxiylikka undadi. 3 Endi oʻsha maqtanganlarim bekor emasligini koʻrsatish uchun hamda men aytganimday tayyor boʻlib turishingiz uchun birodarlarni sizlarning oldingizga yuboryapman . 4 Yana Makedoniyaliklardan baʼzilari men bilan birga borsa–yu, sizlar tayyor boʻlmasangiz, sizlarga qattiq ishongan biz uyatga qolamiz, sizlar esa bizdan battar uyalib qolasiz. 5 Shu sababdan vaʼda qilgan hadyangizni oldindan tayyorlab qoʻyinglar deb, oʻzim bormasimdan avval sizlarning oldingizga birodarlarni yuborishni lozim koʻrdim. Shunda sizlarning hadyangiz norozilik bilan emas, sidqidildan berilgan hadya boʻladi.
6 Shuni unutmangki, oz ekkan oz oʻrib oladi, moʻl ekkan esa moʻl oʻrib oladi. 7 Har kim norozi boʻlib yoki majburiyat bilan emas, balki koʻnglida niyat etganini bersin. Axir, Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi koʻradi. 8 Xudo sizlarning hayotingizni har jihatdan inoyatga toʻldirib–toshtirishga qodirdir. Shunda har doim, har jihatdan, hamma ehtiyojingiz qondiriladi va sizlar yanada koʻproq har xil xayrli ishlar qilasizlar. 9 Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan:
“Boyligini muhtojlarga saxiylik ila taqsimlaydi,
Uning solihligi to abad davom etadi.”
10 Dehqonga ekish uchun urugʻ, hammaga yeyish uchun non beradigan Xudo sizlarning ekadigan urugʻingizni moʻl qiladi, solihligingizdan keladigan hosilni ham koʻpaytiradi. 11 Har doim saxiy boʻlishingiz uchun Xudo sizni har jihatdan boy qiladi. Shunday qilib, biz sizlarning hadyalaringizni muhtojlarga yetkazganimizda, ular Xudoga koʻp shukronalar aytadi.
12 Mana shu hadyangiz bilan koʻrsatgan yordamingiz nafaqat Xudoning Quddusdagi azizlarining ehtiyojlarini qondiradi, balki koʻpchilikning Xudoga koʻpdan–koʻp shukrona aytishiga sabab boʻladi. 13 Ularga hamda boshqalarga koʻrsatgan saxiyligingiz va Masihning Xushxabariga ishonib, itoatkorona yashayotganingiz tufayli koʻpchilik Xudoni ulugʻlaydi. Axir, hadyangiz bularning dalolati–ku! 14 Xudoning sizlarga koʻrsatgan cheksiz inoyati sababli ular mehr–muhabbat bilan sizlar uchun ibodat qiladilar. 15 Taʼrifiga til ojiz boʻlgan ajoyib hadyasi uchun Xudoga shukur!