6–BOB
Dovud Ahd sandigʻini Quddusga olib keladi
1 Dovud Isroil lashkaridan yana oʻttiz ming saralangan odamlarini toʻpladi. 2 Dovud oʻz odamlari bilan Yahudodagi Baalax shahriga joʻnadi. Uning maqsadi ikki karub orasida taxt qurgan Sarvari Olam — Xudoning Sandigʻini olib kelish edi. 3-4 Xudoning Sandigʻi Abunadavning tepalikdagi uyida edi. Sandiqni yangi arava ustiga ortishdi. Abunadavning oʻgʻillari Uzzox bilan Oxyo Sandiq ortilgan aravani haydab ketishdi. Oxyo Sandiqning oldida borayotgan edi. 5 Dovud va jamiki Isroil xalqi Egamizning huzurida berilib oʻyin–kulgi qilayotgan edilar. Ular lira, arfa, childirma, shaqildoq va zillar chalib, qoʻshiqlar bilan bu voqeani bayram qilayotgan edilar.
6 Noxun degan odamning xirmoniga yetib borganlarida, hoʻkizlar qoqilib ketdi. Uzzox qoʻlini uzatib Xudoning Sandigʻini ushlab qoldi. 7 Lekin Uzzox hurmatsizlik qilgani uchun , Egamiz undan gʻazablanib, oʻsha yerdayoq Uzzoxni urib, jonini oldi. Uzzox Xudoning Sandigʻi yonginasida jon berdi. 8 Egamiz Uzzoxni nobud qilgani uchun, Dovud qattiq gʻazablandi. Oʻsha kundan buyon shu joy “Paraz–Uzzox” deb aytiladi.
9 Dovud oʻsha kuni Egamizdan qoʻrqib: “Qanday qilib Egamning Sandigʻini oʻzim bilan olib kela olar ekanman?” deb oʻyladi. 10 Egamizning Sandigʻini oʻzi bilan Dovud qalʼasiga olib borishni xohlamay, uni Gatlik Obidadomning uyiga tashlab ketdi. 11 Egamizning Sandigʻi u yerda uch oy turdi. Egamiz Obidadomga va uning butun xonadoniga baraka berdi.
12 “Egamiz Oʻzining Sandigʻi uchun Obidadomning butun xonadoniga, unga qarashli hamma narsaga marhamat qildi”, deb shoh Dovudga xabar yetkazishdi. Shunday qilib, Dovud borib, Obidadomning uyidan Xudoning Sandigʻini oʻz qalʼasiga katta tantana bilan olib keldi. 13 Egamizning Sandigʻini olib borayotganlar olti qadam yurishganda, Dovud bir buqa bilan bir boʻrdoqi buzoqni qurbonlik qildi. 14 Dovud Egamizning huzurida butun vujudi bilan oʻyinga tushardi. U oʻshanda ruhoniylarning muqaddas libosini kiyib olgan edi. 15 Dovud bilan butun Isroil xalqi sevinchli xitoblar, karnay sadolari ostida Egamizning Sandigʻini olib kelishardi.
16 Ular Egamizning Sandigʻini Dovud qalʼasiga olib kirishayotganda, Shoulning qizi Mixal derazadan qarab turgan edi. U Egamizning oldida sakrab oʻynayotgan shoh Dovudni koʻrdi–yu, oʻz koʻnglida uni past koʻrdi.
17 Dovud Egamizning Sandigʻi uchun bir chodir oʻrnatgan edi. Odamlar Sandiqni oʻsha chodirning ichkarisiga olib kirib, maxsus tayyorlangan joyga qoʻyishdi. Keyin Dovud Egamizga kuydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini keltirdi. 18 U qurbonliklar qilib boʻlgandan keyin, Sarvari Olam nomidan xalqni duo qildi. 19 Soʻng hammaga — erkagu ayolga, jamiki Isroil jamoasiga bir donadan gardish non, bir hovuchdan xurmo va bir hovuchdan mayiz tarqatdi. Shundan keyin xalq uy–uyiga tarqaldi.
20 Dovud oʻz oilasini duo qilgani uyiga kelganda, Shoulning qizi — Dovudning xotini Mixal peshvoz chiqib, Dovudga shunday dedi:
— Bugun Isroil shohi qanday ajoyib shuhratga erishdi–ya! Xuddi bemaʼni odamlarday, sen yarim yalangʻoch boʻlib, aʼyonlaringning choʻrilari oldida oʻzingni koʻrsatding!
21 — Men Egam oldida oʻynadim! — dedi Dovud. — U otang va uning butun xonadonidan meni ortiq koʻrgan, Oʻz xalqi Isroilga meni rahnamo qilib tanlagan. Ha, Egam oldida albatta oʻynayman, 22 bundan buyon oʻzimni yana ham pastroq tutaman, ularning oldida oʻzimni yanada ham kichik tutaman. Lekin bilib qoʻy, sen aytgan oʻsha choʻrilardan men sharaf topaman.
23 Shoulning qizi Mixal umrining oxirigacha befarzand oʻtdi.