20–BOB
Dovud Rabba shahrini bosib oladi
1 Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham boʻldi. Yoʻab lashkarni jangga boshladi. Ular Ommon yurtini yakson qilib, Rabba shahrini qamal qilishdi. Dovudning oʻzi Quddusda qolgan edi. Yoʻab Rabbaga hujum qilib, shaharni qoʻlga kiritdi. 2 Dovud Rabbaga yetib borgach, Ommon shohining boshidagi tojini oldi. Qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, ogʻirligi ikki pud keladigan bu oltin toj Dovudning boshiga kiydirildi. Dovud shahardan katta miqdorda oʻlja ham yigʻdi. 3 U shahar aholisini arra, choʻkich va bolta bilan bajariladigan ishlarga majbur qildi. Dovud Ommon shaharlarining hammasida shu usulni qoʻlladi. Shundan keyin u jamiki lashkarini boshlab, Quddusga qaytib ketdi.
Filist pahlavonlariga qarshi jang
4 Shundan soʻng Gezer shahrida Filistlar bilan yana urush chiqdi. Xushalik Sibaxay bu urushda Sof degan odamni oʻldirdi. Sof Rafa xalqidan edi. Filistlar Isroil xalqiga boʻyin egdilar.
5 Koʻp oʻtmay Isroil lashkari bilan Filistlar oʻrtasida yana urush boʻldi. Yovir oʻgʻli Elxanon Gatlik Goʻliyotning ukasi Laxmini oʻldirdi. Goʻliyot nayzasining sopi toʻquvchining dastgohi xodasiday kelardi.
6 Soʻngra yana Gat shahrida urush boʻldi. U yerda ham Rafa xalqidan devday bir odam bor edi. Uning qoʻl–oyoqlari olti barmoqli edi, hammasi boʻlib yigirma toʻrtta barmogʻi bor edi. 7 Oʻsha odam Isroil lashkarini haqorat qilgan edi, Yoʻnatan uni oʻldirdi. Yoʻnatan Dovudning akasi Shimoning oʻgʻli edi.
8 Dovud va uning odamlari tomonidan oʻldirilgan oʻsha Filistlar Gatlik boʻlib, Rafa xalqidan edilar.